Taʼlim olganligini tashkil etish
Download 84.32 Kb.
|
Taʼlim olganligini tashxil etish
6. Nazoratni xususan baholash funksiyasi. Nazorat natijasida sifat o‘zgarishlarining me’yori aniqlanadi. Nazorat jarayonida uning yozma, og‘zaki va amaliy usullaridan keng foydalanilmoqda. Bu jarayonda og‘zaki so‘rash orqali o‘zlashtirishni nazorat qilish keng tarqalgan. Bu asosan savol - javoblar orqali olib boriladi. Bunda yakka so‘rash, frontal surash kabi turlari qo‘llaniladi.O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning "O‘zbekiston kelajagi buyuk davlat" va "O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li", "Istiqlol va ma’naviyat" kabi asarlarida mustaqil O‘zbekistonning ma’naviy hayotining kelajagi haqida asosiy yo‘nalishlar belgilab berilgan. Jumladan, mutaxassislar tayyorlashda ularni intellektual rivojlantirish zarurligini alohida qayd qilingandi.Yoshlarni tarbiyalash jarayoni ma’naviy - intellektual rivojlanish sifatlarini aniqlashning aniq maqsadi va vazifalari ishlab chiqilgan. Boshlang‘ich sinfdan boshlab o‘quvchidagi bor imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarish ustida muntazam ishlansa, bolaning intellektual imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishga asos solinadi.. O‘quvchilar tafakkurini rivojlantirishning eng samarali yo‘li o‘quvchilarda ongli bilim, mustahkam ko‘nikma va malakalarni shakllanish jarayonini ularning tarbiyasi bilan birga tashkil etishdir. Buning uchun o‘qituvchi tinimsiz izlanishi, o‘qitishning yangi texnologiyalaridan samarali foydalanishi lozim. O‘quvchilarning intellektual imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarish ularning bilim faoliyatining psixologo-pedagogik qonuniyatlarini chuqur bilishni taqozo etadi.Nazorat (ta’lim jarayonida) ta’lim oluvchining bilim, ko‘nikma va malakalari darajasini aniqlash, o‘lchash va baholash jarayonini anglatadi. Aniqlash va o‘lchash esa tekshirish deb ataladi.Tekshirish - nazoratning tarkibiy qismi bo‘lib, uning asosiy didaktik vazifasi ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchilar o‘rtasida aloqani ta’minlash, ta’lim beruvchi tomonidan o‘quv materialini o‘zlashtirish haqida obyektiv axborot olinishi hamda bilimlardagi kamchilik va nuqsonlarni o‘z vaqtida aniqlashdir.Download 84.32 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling