Taʼlim olganligini tashkil etish
Download 84.32 Kb.
|
Taʼlim olganligini tashxil etish
Ta’lim oluvchilarning bilim va malakalarini tekshirish quyida ‘ko‘rsatilgan mantiqiy ketma-ketlikda olib boriladi: ta’lim oluvchilarning bilim darajasini oldindan aniqlash; mavzuni o‘zlashtirishni joriy tekshirish; bilim, ko‘nikma va malakalarni egallanganJigi-ning takroriy tekshirish; yaxlit bo‘lib yoki kursning alohida mavzu-si bo‘yicha davriy tekshirish; ta’lim jarayonining barcha bosqichlarida egatlangan bilim, ko‘nikma va malakalarini yakuniy tekshirish va hisobga olish.Bilimlarning natijalarini baholashda pedagogik testlarning roli Ta’lim olganlikni tashxis etishning mohiyati. Tashxis - bu didaktik jarayon kechadigan barcha sharoitlarni oydinlashtirish, uning natijalarini belgilash demakdir.Tashxissiz didaktik jarayonni samara-li boshqarish, mavjud sharoit uchun optimal natijalarga erishish mumkin emas. Bunga sabab ta’lim olganlikni tashxislash orqali erishilgan natijalar va ta’lim olganlik ajratib olinadi. Tashxislash, nazorat, tekshirish, baholash, statistikma’lumotlar to‘plash, ularni tahlil qilish, dinamika, tendensiyalarni (an’analarni) aniqlash, voqealarning keyingi rivojini taxminlashni o‘z ichiga oladi.Olimlarning ta’kidlashicha, demokratlashgan ta’lim tizimida yuzaki (formal) nazorat boimasligi lozim. Ta’lim olganlikni nazorat qilish va tashxislash tamoyillari Pedagogikada ta’lim oluvchilarning ta’lim olganligini tashxislash va nazorat qilish tamoyillarining tizimi ishlab chiqilgan. Ulardan eng muhimlari xolis (obyektiv)lik, tizimli (sistemali)lik, ko‘rgazmali (oshkora)lik sanaladi. Xolis (obyektivlik tashxis test (topshiriq, savol)lari, tashxis jarayoni mazmunining ilmiy asoslanganligi, pedagogning barcha ta’lim oluvchilarga do‘stona munosabati hamda bilim, malakalarni baholashning aniq ko‘rinishda belgilangan mezonlaridan iborat.Tizimli (sistemali)lik tamoyilining talabi shundan iboratki, tashxislash nazoratini ta’lim jarayonining barcha bosqichlarida - bilimlarni boshlang‘ich idrok etishdan to amalda qo‘llashgacha boigan bosqichlarida olib borish kerak. Ko‘rgazmali (oshkora)lik tamoyili avvalo barcha ta’lim oluvchilarni aynan bir xil mezonlar bo‘yicha ochiq sinovdan o‘tkazishni anglatadi.Download 84.32 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling