Taʼlim olganligini tashkil etish


Download 84.32 Kb.
bet4/6
Sana26.02.2023
Hajmi84.32 Kb.
#1232275
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Taʼlim olganligini tashxil etish

Tashxis jarayonida belgilanadigan har bir ta’lim oluvchi reytingi ko‘rgazmali, qiyosiy xarakterga ega. Oshkoralik tamoyili, shuningdek, baholarni e’lon qilish va motivatsiyalash-ni talab etadi. Ma’lumki, bugun ta’lim tizimida reyting nazoratidan keng foydalanilmoqda.

Reyting deganda baholash, tartibga keltirish, klassifikatsiyalash (tizimlashtirish, sinflash), bironta hodisani oldindan belgilangan shkala bo‘yicha baholash tushuniladi. Reyting nazorati ta’lim oluvchining ma’lum bir fandan reytingini aniqlaydi.

Shkalalash - aniq jarayonlarni raqamlar tizimi yordamida modellashtirish. Reyting nazoratida ta’lim oluvchilarning o‘quv faoliyatini nazorat qilishning yuqorida keltirilgan metodlari bilan birga test usulidan ham samarali foydaianilmoqda.

Test sinovlarining asosiy maqsadi: ham o‘tilgan darslarni o‘zlashtirish darajasi to‘g‘risida, ham navbatda o‘rganilishi lozim bo‘lgan dars hajmi to‘g‘risida o‘qituvchiga axborot berish; o‘qituvchiga o‘qitish uslubini tanlashda yordam berishdan iborat deb hisoblangan.

Ch.Rassel test sinovlarining natijalarini o‘rganishni davom ettirib, test sinovlarining maqsadi to‘g‘risidagi savolga javob berishga erishdi. Rasselning fikricha, test sinovlarining maqsadi talabalarning bilimlarini baholash yoki ularning aqliy rivojlanishi darajasini aniqlash bilan cheklanmaydi va testlarni quyidagi xollarda: qaysi materialdan boshlab o‘rganish zarurligini ta’minlashda; talabalarni guruhlarga taqsimlashda; o‘qitish jarayonida sodir bo‘ladigan qiyinchiliklarni oldindan aniqlashda; shuningdek, mamlakatning turli hududlaridagi o‘quv yurtlarida muayyan yosh davridagi yoshdagi talabalarning yutuqlarini taqqoslashda qo‘llash mumkin.

Ma’naviy-intellektual shakllanish sifatlarini zamonaviy metodlarini tarbiyaviy jarayonga samarali o‘zgartishlar kiritadi. O‘quvchi-yoshlarning, talabalarning ma’naviy-intellektual shakllanish sifatlaridagi yutuq kamchiliklarini rag‘batlantirish, tuzatish tarbiya mazmun metodlari va tashkiliy shakllarini yaxshilashga mos tuzatishlar kiritish . O‘qituvchidan katta mas’uliyat talab qiladi.


Download 84.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling