Ta’lim olganlikni tashhis etish referat
Download 32.3 Kb.
|
Ta’lim olganlikni tashhis etish referat
Vaqt omili-testning tezkor bo’lishi, topshiriqlarning funktsional ravishda ma’lum belgilangan vaqtda bajarish zarurligi: qaysi yo’l bilan, nimaga asoslanib vaqtni, baholash vaqtining sarflanish chegarasi belgilangan bo’lishligi.
Testlashtirishni tashkil etish usullariga esa umumiy, individual yoki juda kam qo’llaniladigan, lekin juda samarali hisoblangan alohida usuli ham tekshiriluvchilarning tashhischi bilan yuzma-yuz, holis (testlashtirishning EHM vositalaridagi individual dasturning zamonaviy varianti) turishi kabilar kiradi. Chet el pedagogikasi testlarining tahlili shuni ko’rsatadiki, ularni bizning milliy pedagogikamizga ko’r-ko’rona ko’chirib bo’lmaydi. Chunki, ko’pchilik chet el testlari yagona dastur bo’lmagan sharoit uchun tuzilgan. vositalaridagi individual dasturning zamonaviy varianti) turishi kabilar kiradi. Chet el pedagogikasi testlarining tahlili shuni ko’rsatadiki, ularni bizning milliy pedagogikamizga ko’r-ko’rona ko’chirib bo’lmaydi. Chunki, ko’pchilik chet el testlari yagona dastur bo’lmagan sharoit uchun tuzilgan. O’quv faoliyatini nazorat qilish turlari, shakl vametodlari. Tayanch iboralar: reyting tizimi, ta’limning tarkibiy qismi, bilim va malakalarini tekshirish, bilimini nazorat qilish. O’zbekisiton Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2010 yil 25 avgustdagi 333-sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim muassasalarida tinglovchilar bilimini nazorat qilish va baholashning reyting tizimi to’g’rsida”gi nizomda “Tinglovchilar bilimini nazorat qilish va reyting tizimi orqali baholashdan maqsad ta’lim sifatini boshqarish orqali raqobatbardosh kadrlar tayyorlashga erishish, tinglovchilarning fanlarni o’zlashtirishida bo’shliqlar hosil bo’lishini oldini olish, ularni aniqlash va bartaraf etishdan iborat. Reyting tizimining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: tinglovchilarda Davlat ta’lim standartlariga muvofiq tegishli bilim, ko’nikma va malakalar shakllanganligi darajasini nazorat qilish va tahlil qilib borish; tinglovchilar bilim, ko’nikma va malakalarini baholashning asosiy tamoyillari: Davlat ta’lim standartlariga asoslanganlik, aniqlik, haqqoniylik, ishonchlilik va qulay shaklda baholashni ta’minlash; fanlarning tinglovchilar tomonidan tizimli tarzda va belgilangan muddatlarda o’zlashtirilishini tashkil etish va tahlil qilish; tinglovchilarda mustaqil ishlash ko’nikmalarini tahlil rivojlantirish, axborot resurslari manbalarida samarali foydalanishni tashkil etish; tinglovchilar bilimini holis va adolatli baholash hamda uning natijalarini vaqtida ma’lum qilish; tinglovchilarning fanlar bo’yicha kompleks hamda uzluksiz tayyorgarligini ta’minlash; o’quvjarayonining tashkiliy ishlarini kompyuterlashtirishga sharoit yaratish”, deb ta’kidlanadi. Yuqorida keltirilgan hujjatdagi asosiy maqsaddan va qator vazifalardan quyidagi talablar kelib chiqadi. Ta’limning tarkibiy qismlari o’zaro bog’liq va aloqador bo’lib, u pedagogik jarayon hisoblanadi. Bu jarayonning samaradorligi ko’p jihatdan tashkil etilgan ta’lim vositalari tizimiga bog’liqdir. Bu vositalar butun ta’lim tizimining tarkibiy qismi deb qaralgandagina o’z ahamiyatini yo’qotmaydi va ta’limning umumiy vazifalarini muvaffaqiyatli hal etishda yordam beradi. Ma’lumki, ta’lim jarayonining muhim tarkibiy qismlaridan biri- nazorat va hisobga olishdir. Bu tushunchalar o’ziga xos mohiyat va xususiyatlarga ega. Ta’lim beruvchi nazorat va hisobga olishni to’g’ri tashkil etsa, ta’lim jarayonining samaradorligi ortadi. Buning uchun ta’lim beruvchi ta’lim oluvchining o’quv materiallarini o’zlashtirish darajasini aniqlab borishi lozim. Nazorat (ta’lim jarayonida) ta’lim oluvchining bilim, ko’nikma va malakalari darajasini aniqlash, o’lchash va baholash jarayonini anglatadi. Aniqlash va o’lchash esa tekshirish deb ataladi. Download 32.3 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling