Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi 1- savol


Download 48.13 Kb.
bet1/4
Sana19.06.2023
Hajmi48.13 Kb.
#1608665
  1   2   3   4
Bog'liq
ТСНҚБ саволлари


Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi


1- savol. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi ta’lim sifatini nazorat qilaish davlat inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish to‘risidagi qarori qachon qabul qilingan?


Javob. O‘zbekistob Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 18-iyuidagi 515-son qarori.


2- savol. Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limining asosiy vazifalarini sanab o‘ting.
Javob.

  • taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklarning davlat taʼlim standartlari (DTS), malaka talablari, oʻquv rejalari va fan dasturlari, ishchi oʻquv rejalar va fanning ishchi dasturlari bilan taʼminlanganligi hamda oʻzaro muvofiqligini tahlil etish;

  • taʼlim jarayoni sifatini, uning oʻquv adabiyotlari va oʻquv-uslubiy materiallar bilan taʼminlanganlik darajasini oʻrganish;

  • talabalar bilimini baholash jarayonlarida kuzatuvchi sifatida ishtirok etish;

  • talabalar bilimini baholash jarayonlari va natijalarining xolisligi va shaffofligini oʻrganish;

  • talabalar bilimini tanlanma asosida aniqlash uchun qoʻshimcha ravishda nazorat ishlarini oʻtkazish (mazkur nazorat natijasi talabaning oʻzlashtirish koʻrsatkichida aks etmaydi), natijalarni tahlil qilish, taʼlim sifatiga taʼsir koʻrsatgan omillarni aniqlash jarayonlarini tashkillashtirish;

  • o‘quv bo‘limi tomonidan shakllantiriladigan dars jadvallarini optimallashtirishda ishtirok etish;

  • har bir fan boʻyicha dars mashgʻulotlarini tahlil qilish va ma’muriyatga maʼlumotlar berib borish;

  • baholash natijalari boʻyicha tahliliy maʼlumotlar tayyorlash va ularning natijalari yuzasidan prdagofik kengashda hisobotlar berib borish;

  • bitiruvchilarning bilim darajasini oʻrganish maqsadida yakuniy davlat attestatsiyasi komissiyalari hujjatlari bilan tanishish;

  • tashkiliy-huquqiy va metodik koʻrsatmalar asosida taʼlim va kadrlar tayyorlash sifati monitoringini olib borish va nazorat qilishni tashkil etish;

  • ta’lim muassasalarini tarkibiy tuzilmalarida pedagog xodimlarning kasbiy malakasi holatini, shuningdek oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlim hamda malaka oshirish va qayta tayyorlash yoʻnalishlaridagi sifat darajasini aniqlash maqsadida ichki monitoringni oʻtkazish, tahliliy maʼlumotlarni tayyorlash, aniqlanagan kamchilik va muammolarni bartaraf etish boʻyicha rahbariyatga takliflar kiritish;

  • ta’lim muassasasi professor-oʻqituvchilari tayanch maʼlumotlarining tegishli dars beradigan fan(lar)iga mosligini tahlil qilish yoki ularning qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qayta tayyorlashdan oʻtganligini yoki mos ixtisoslik boʻyicha ilmiy unvon, darajaga ega ekanligini oʻrganish va xulosalarni rahbariyatga maʼlum qilish;

  • taʼlim jarayoni moddiy-texnik bazasi holatini tahlil qilish, uni rivojlantirish va takomillashtirish boʻyicha takliflar berish;

  • ta’lim muassasida talabalar amaliyotining taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklarni inobatga olgan holda tashkil etilganligi va uning samarasini nazorat qilish;

  • bitiruvchilarning taʼlimni keyingi bosqichiga oʻqishga kirishi yoki ishga joylashishlarini tahlil qilishda ishtirok etish;

  • respublika va xorijiy davlatlardagi taʼlim sifatini nazorat qilishga oid yangiliklarni doimiy oʻrganib borish va ularni taʼlim jarayoniga tatbiq etish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqish;

  • ta’lim muassasini reytingini xalqaro darajaga koʻtarishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish va uning ijrosini taʼminlashda faol ishtirok etish;

  • pedagogic Kengashda, davra suhbatlari va anjumanlarda TSNQ boʻlimi tomonidan taʼlim sifatini oshirishga oid amalga oshirilgan oʻrganish va monitoring natijalari toʻgʻrisida maʼlumotlar berib borish;

  • taʼlim sifati holatini oʻrganish natijalariga asoslanib tegishli takliflarni rahbariyatga taqdim etish.



3-savol. “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi ta’lim sifatini nazorat qilish -Davlat inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 18-iyuldagi 515-sonli qarorining 14-bandida………… Jumlani davom ettiring.

Download 48.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling