Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi 1- savol


–savol. Nazorat turlarini baholash tartibi va mezonlari qanday? Javob


Download 48.13 Kb.
bet4/4
Sana19.06.2023
Hajmi48.13 Kb.
#1608665
1   2   3   4
Bog'liq
ТСНҚБ саволлари

15–savol. Nazorat turlarini baholash tartibi va mezonlari qanday?
Javob. O‘quvchining har bir modul bo‘yicha egalagan bilim malaka ko‘nikmalari, shuningdek o‘quv semester mobaynidagi har bir modul bo‘yicha o‘zlashtirishi 100 ballik tizim asosida butun sonlar bilan baholanadi. Oraliq nazoratga modul bo‘yicha to‘planishi mumkun o‘lgan maksimal balning 40 foiz (40 ball)gacha. Yakuniy nazoratga modul bo‘yicha to‘planishi mumkun bo‘lgan maksimal balning 40 foiz (40 ball )gacha, oraliq nazorati belgillanmagan taqdirda 100 foiz (100 ballgacha ajratiladi)
16- savol. Ta’lim olish shakllarini aytib bering.
Javob. Ta’lim olish shakllari quyidagilardan iborat:

  • ishlab chiqarishdan ajralgan holda ta’lim olish (kunduzgi);

  • ishlab chiqarishdan ajralmagan holda ta’lim olish (sirtqi, kechki, masofaviy);

  • dual ta’lim;

  • oilada ta’lim olish va mustaqil ta’lim olish;

  • katta yoshdagilarni o‘qitish va ularga ta’lim berish;

  • inklyuziv ta’lim;

  • eksternat tartibidagi ta’lim;

  • mudofaa, xavfsizlik va huquqni muhofaza qilish faoliyati sohasida kadrlar tayyorlash.



17-savol. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining ta’lim sohasidagi vakolatlari Ta’lim to‘g‘risidagi qonunning qaysi moddasida berilgan?
Javob. Ta’lim to‘g‘risidagi qonunning 24- moddasida berilgan.
18-savol. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 7-avgustdagi 466-sonli qarori bilan tasqiqlangan nizom haqida aytib bering.
Javob. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 7-avgustdagi 466-sonli qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida uzluksiz boshlangʻich, oʻrta va oʻrta maxsus professional taʼlim toʻgʻrisida nizom bilan professional taʼlim muassasalarida taʼlim sifatini nazorat qilish usullari belgilandi.
20-savol. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 7-avgustdagi 466-sonli qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida uzluksiz boshlangʻich, oʻrta va oʻrta maxsus professional taʼlim toʻgʻrisida nizom bilan professional taʼlim muassasalarida taʼlim sifatini nazorat qilish qanday usullari belgilandi?
Javob.

  • Ichki nazorat-Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish boʻyicha davlat inspeksiyasi tomonidan tasdiqlanadigan tartib asosida professional taʼlim muassasasi tomonidan amalga oshiriladi. Ichki nazoratni tashkil etish uchun professional taʼlim muassasalarida byudjetdan tashqari mablagʻlar hisobiga shtat birliklari ajratilishi mumkin;

  • tashqi nazorat-Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan tartib asosida amalga oshiriladi;

  • davlat-jamoat nazorati-taʼlimni boshqarish boʻyicha vakolatli davlat organi va u bilan kelishgan holda nodavlat notijorat tashkilotlari va kadrlarga talabgorlar tomonidan amalga oshiriladi;

  • yakuniy davlat attestatsiyasi — professional taʼlim muassasalarida tashkil etiladigan yakuniy davlat attestatsiya komissiyalari tomonidan amalga oshiriladi. Professional taʼlim muassasalarida yakuniy davlat attestatsiyasini oʻtkazish tartibi, agar qonun hujjatlarida boshqacha holatlar koʻzda tutilmagan boʻlsa, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish boʻyicha davlat inspeksiyasi bilan kelishgan holda tasdiqlanadi.

21-savol. GPA (Grade Point Average) haqida nimalarni bilasiz?

Javob. GPA (Grade Point Average)–ta’lim oluvchining dastur bo‘yicha o‘zlashtirgan ballari o‘rtacha qiymati bo‘lib, u quyidagi formula yordamida hisoblanadi:


K – har bir fan/modulga ajratilgan kreditlar miqdori;


U – har bir fan/modulь bo‘yicha talaba to‘plagan ball.


Bunda, o‘quvchi faqat fan/modulni muvaffaqiyatli yakunlagan taqdirda, ushbu fan/modul bo‘yicha kredit beriladi.
Download 48.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling