SAVOL-JAVOB ORQALI MAVZUNI MUSTAHKAMLASH
Monosemiya hodisasi qanday lug`aviy birliklarga xos?
Polisemiyaning yuzaga kelishi qanday sodir bo`ladi?
Ko`p ma’nolilikka olib keluvchi lisoniy (lingvistik) va nolisoniy (ekstralingvistik) omillar haqida ma’lumot bering.
Ma’no taraqqiyotining qanday yo`llari bor?
Metafora yo`li bilan ma’noning ko`chishi?
Vazifadagi o`xshashlik asosida ma’noning ko`chirilishi?
Metonimiya yo`li bilan ma’noning ko`chirilishi?
Sinekdoxa yo`li bilan ma’noning ko`chirilishi?
MAVZUNI MUSTAHKAMLASH UCHUN TEST
1. Ko‘p ma’noli so‘z har bir ma’nosi bilan ayrim-ayrim so‘zlarga antonim bo‘lishi mumkinmi?
A) Ko‘p ma’noli so‘z faqat bir ma’nosi bilan boshqa bir so‘zga antonim bo‘lishi mumkin
B) bir ma’noli so‘zlargina antonim bo‘lishi mumkin
C) har bir ma’nosi bilan ayrim-ayrim so‘zlarga antonim bo‘lgan so‘zlar ko‘p ma’noli so‘z hisoblanmaydi
D) ko‘p ma’noli so‘z har bir ma’nosi bilan ayrimayrim so‘zlarga antonim bo‘lishi mumkin
2. Qurilishda men boshliqman, Bo‘riev. Mablag‘ ham, odamlar ham, jumladan, siz ham mening ixtiyorimdasiz. Ushbu gapdagi ixtiyor so‘zi o‘rnida quyidagi so‘zlarning qaysi birini sinonim sifatida qo‘llash mumkin?
A) mayl B) izn C) izm D) mayl, izn
3. Omonimiya quyida berilgan qaysi birliklar orasida voqe bo‘lmaydi?
A) ikki so‘z orasida B) ikki ibora va ikki tasviriy ifoda orasida
C) ikki qo‘shimcha orasida D) sanalgan barcha birliklar orasida omonimiya vujudga kelishi mumkin
4. Quyidagi hodisalarning qaysi biri uchun shakliy bir xillik xos?
A) ko‘p ma’noli so‘zlar uchun xos B) omonimlarga xos
C) paronimlarga xos D) A va B
5. Qaysi so‘zlar o‘zaro paronim emas?
A) yuvindi – yuvundi B) yoriq – yorug‘
C) charlamoq – chorlamoq D) archish – artish
Do'stlaringiz bilan baham: |