SAVOL-JAVOB ORQALI BILIMNI MUSTAHKAMLASH:
Orfoepiya nimani o`rganadi?
To`g`ri talaffuz qоidalari deganda nimani tushunasiz?
Grafika nimani o`rganadi?
O`zbek xalqi tarixida qanday yozuvlar bo`lgan?
Yangi o`zbek lotin yozuviga qachon o`tildi?
O`zbek tilining Asosiy imlo qoidalarini tushintiring.
MAVZUNI MUSTAHKAMLASH UCHUN TEST
1. Javoblarning qaysi birida unli tovushlar ko‘rsatilgan?
A) b, f, k, p, t B) a, u, o‘, i, o, e
C) i, e, a, o, u, o‘, y D) m, n, ng, r, l
2. Nutq tovushlarining yozuvda ifodalanish usullarini qaysi bo‘lim o‘rgatadi?
A) orfoepiya B) orfografiya C) grafika D) fonetika
3. Arab yozuvida bitilgan eng eski turkiy yodgorliklar nechanchi asrga taalluqli va ular qaysilar?
A) VII asrlarga, O‘rxun–Enasoy yodgorliklari
B) XXV asrlarga, A.Yugnakiyning “Hibatul haqoyiq”, Xorazmiyning “Muhabbatnoma” asarlari
C) XI – XIII asrlarga, Sakkokiy va Atoiyning ba’zi she’rlari
D) XI asrga, Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig” asarining Namangan va Kohira nusxalari, Maxmud Koshg‘ariyning “Devonu lug‘otit turk” asari
4. Lotin yozuvi asosidagi harflar tartibidan foydalanib, yurtimning so‘zi keltirib chiqarilgan qatorni toping.
A) 23,20,17,19,8,12,13,8,13. B)23,20,17,19,8,12,13,8,29
C) 23,17,19,8,12,13,8,29 D)22,19,17,18,8,12,13,8,29
5. Qaysi qatordagi so‘zlarda «ng» harfi bir tovushni ifodalamoqda?
A) tanga, jang, menga B) zang, ko‘ndalang, ingramoq
C) durang, onangiz, nonga D) kongress, menga, singil
Uyga vazifa:
Orfoepik tahlilni davom qildiring.
ORFOEPIK TAHLIL
Do'stlaringiz bilan baham: |