Ta’lim sohasi: 110000 – Pedagogika Ta’lim yo`nalishi


Download 4.13 Mb.
bet185/396
Sana31.07.2023
Hajmi4.13 Mb.
#1664109
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   396
Bog'liq
МТ Она тили

Affiksal morfema. So‘zning tarkibida o‘zakdan keyin kelib, so‘zning leksik va grammatik ma’nolarini shakllantiradigan morfemadir. Affiksal morfema o‘zicha mustaqil qo‘llana olmaydi va ma’no ham anglatmaydi.
So‘z tarkibida affiksal morfemalar bir nechta bo‘lishi mumkin. Ular o‘zbek tilida o‘zakka birin-ketin, ma’lum tartibda qo‘shiladi. Masalan, paxtakorlarimizdanpaxta+kor+ lar+imiz+dan.
Affiksal morfemaning ma’nosi har bir konkret so‘z tarkibi asosida belgilanadi. har bir qo‘llanishda u konkret ma’no ifodalaydi. Masalan, suv-chi, gul-chi, traktor-chi, o‘quv-chi; daftar-im, aql-im, halq-im, ko‘z-im, o‘z-imkabi so‘z tarkiblarida affiksal morfemalardan (u xoh so‘z yasovchi, xoh shakl yasovchi bo‘lsin) o‘ziga xos konkret ma’nolarda kelgan, ular bir-biriga butunlay teng emas. Fonetik o‘zgarishlar so‘zning o‘zak qismida ham qo‘shimchada ham yuz beradi. Bunday o‘zgarishlar turli sabablarga ko‘ra bo‘ladi. O‘zakdagi o‘zgarishlar, asosan qo‘shimchalarning qo‘shilishi bilan bog`liqdir, Masalan, ong+la-angla, son+a-sana, ikki+ov-ikkov kabi.
Bunday o‘zgarishlar ko‘proq affiks morfemda yuz beradi. Qo‘shimchadagi o‘zgarishlar o‘zak-negizning fonetik tarkibiga bog`liqdir.Masalan, qishloq+ga- qishloqqa, terak+ga- terakka kabi.
Affikslar tuzilishiga ko‘ra ikki xil bo‘ladi:
Sodda affikslar.
Qo‘shma affikslar.
Sodda affikslar mustaqil morfema bo‘la oladi. Masalan, ishlashdi – ish+la+sh+di, lug`atchilik – lug`at+chi+lik, misgarlik – mis+gar+lik kabi.
Qo‘shma affikslar yaxlit holda bitta affiksal morfema sanaladi. Masalan, kosibchilik – kosib+chilik, odamgarchilik –odam+garchilik, yordamlash – yordam+lash kabi.
Qo‘shimcha morfemalarning turlari
So‘zning leksik va grammatik ma’nolarini ifodalashiga ko‘ra qo‘shimchalar 2 turga bo‘linadi:
1. So‘z yasovchi qo‘shimchalar;
2. Shakl yasovchi qo‘shimchalar.
So‘z yasovchi qo‘shimchalar yangi leksik ma’noli so‘z hosil qiladigan qo‘shimchalardir. Masalan, ishla, ishchi, ishchan, ishli, ishsiz kabi so‘zlarda ish o‘zagidan la, -chi, -chan, -li, -siz so‘z yasovchi qo‘shimchalari yordamida ot, sifat, fe’l turkumlariga oid yangi so‘zlar yasalgan. So‘z yasovchi qo‘shimchalarning o‘ziga xos xususiyatlari qo‘llanmaning “So‘z yasalishi” bobida batafsil o‘rganiladi.

Download 4.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   396




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling