Ta’lim sohasi: 110000 – Pedagogika Ta’lim yo`nalishi


Mavzu: O‘zbek tili morfem tarkibini, uning xususiyatlarini bilish, so‘zlarni morfemalarga ajrata bilish yuzasidan tahlil qoliplari, mashqlar va testlar


Download 4.13 Mb.
bet184/396
Sana31.07.2023
Hajmi4.13 Mb.
#1664109
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   396
Bog'liq
МТ Она тили

Mavzu: O‘zbek tili morfem tarkibini, uning xususiyatlarini bilish, so‘zlarni morfemalarga ajrata bilish yuzasidan tahlil qoliplari, mashqlar va testlar.
Reja:
1. So`zning morfem tarkibi.
2. Morfema va uning turlari.
3. Affiks mоrfеmalarning tasnifi va turlari
4. Morfemika yuzasidan mashqlar.
Mavzu bayoni:Morfema– so‘zning ifoda qilinishi jihatidan tovushdan keyin turadigan semantik–morfologik birlik bo‘lib, so‘zning eng kichik ma’noli qismidir. Morfema so‘zning qayta bo‘linmaydigan eng kichik ma’noli qismi sifatida leksik ma’noni ham, grammatik ma’noni ham anglatadi. Masalan, Mehnatkashlarimizning so‘zi mehnat-, -kash, -lar, -imiz, -ning qismlaridan tarkib topgan. Bu qismlarning har biri shu tarkibda o‘ziga хos ma’lum ma’nosida qatnashgan.
Leksik ma’no anglatish yoki anglatmasligiga ko‘ra morfemalar 2 turga bo‘linadi: 1. O‘zak morfema. 2. Affiksal morfema.
Masalan, uzumzor, mevali, bog`bon, ishchi, ishla, ishdan, borgan, bordi, bolalar so‘zlarininguzum, meva, bog`, ish, bor, bola qismlari o‘zak morfemalar, -zor, -li, -bon, -chi, -la, -dan, -gan, -di, -larqismlari affiksal morfema hisoblanadi.
So‘z morfemalarini aniqlash uchun ularning hozirgi tilimizda xoh leksik, xoh grammatik ma’no anglata olishi hisobga olinadi.Masalan,ishchilar so‘zining ish+chi+lar kabi morfemalarga ajratishga asos shuki, o‘zak deb olingan ishso‘zi o‘z ma’nosida qatnashgan, keyingi so‘zning yasalishi uchun asos bo‘lib turibdi, turli so‘zlar tarkibida kela oladi: ishga, ishchan, ishli, ishsiz, ishlakabi; -chi, affiksal morfema bo‘lib boshqa so‘zlar tarkibida ham gulchi, xizmatchi, traktorchi kabi shaxs oti yasab kela oladi; -lar, ham morfema sifatida turli so‘zlar tarkibida ko‘plik ma’nosini ifodalab kela oladi: kitoblar, bolalar, binolarkabi.
O‘zak morfema so‘zda albatta ishtirok etadigan, leksik ma’noni beruvchi qismdir. O‘zak morfema yangi so‘z yasalishi uchun ham shakl yasalishi uchun ham asos bo‘la oladi.Masalan, mevali, mevasiz, sermeva kabi tarkibli so‘zlarda meva so‘z yasalishi uchun asos bo‘lsa; mevani, mevamiz, mevalar tarkibli so‘zlarda meva shakl yasalishi uchun asos bo‘ladi.
O‘zak morfema so‘zning leksik ma’nosini bildiruvchi asosiy qism bo‘lganligi uchun asosiy morfema, affikslar shu o‘zak bilan birgalikda, shu orqali qo‘llanganligi uchun ergash morfema yoki yordamchi morfema terminlari bilan ham ataladi.

Download 4.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   396




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling