Ta’lim sohasi: 110000 – Pedagogika Ta’lim yo`nalishi


Download 4.13 Mb.
bet180/396
Sana31.07.2023
Hajmi4.13 Mb.
#1664109
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   396
Bog'liq
МТ Она тили

Frazeologik monosemiya – frazemaning semantik tarkibida bitta frazeologik ma’noning bo’lishidir. Chunonchi, ko’ngliga qo’l solmoq frazemasining semantik tarkibida "yashirin fikr-o’yini bilishga harakat qilmoq" ma’nosidan boshqa frazeologik ma’no yo’q: Frazeologik polisemiya– frazemaning semantik tarkibida ikki yoki undan ortiq frazeologik ma’noning bo’lishi. Masalan: boshi(m) aylandi frazemasining semantik tarkibida ikkita frazeologik ma’no bor: 1) "Behud bo’lmoq" ma’nosi: "stol yoniga kelguncha uning boshi aylanib ketdi. "Muncha darmonsiz bo’lmasam",- o’yladi u". (S.Z.); Frazemalarning semantik turlari. Frazema ma’nosi bilan uning tarkibida qo’llangan leksemalar ma’nosi o’rtasidagi munosabat asosida frazemaning ikki semantik turi farqlanadi:
1. F r a z e o l o g i k b u t u n l i k. Bunday frazemaning umumlashgan ko’chma ma’nosi frazema tarkibidagi leksemalar ma’nosi bilan izohlanadi. Masalan, tepa sochi tikka bo’lmoq frazemasi yaxlit holda "g’azablanmoq" ma’nosini –umumlashgan ko’chma ma’noni anglatadi. Bunday ko’chma ma’noga esa kishi darg’azab bo’lganida uning badanidagi tuklarning sezilar-sezilmas harakatga kelishi (psixo-fiziologik holat) asos bo’lgan, demak, frazemaning ko’chma ma’nosini frazema tarkibidagi so’zlarning o’z ma’nolari bilan izohlash mumkin. Ya n a: Ona suti og’zida frazemasi yaxlit holda "hali yosh", "tajribasiz" ma’nosini anglatadi, bunday ko’chma ma’noni esa frazema tarkibidagi so’zlar ma’nosi bilan izohlash mumkin: "Mahmadona, shumsan-da. Ona suting og’zingda-yu, soqolimning oqiga qaramay aql o’rgataman deysan".(O.)
2. F r a z e o l o g i k ch a t i sh m a. Bunday frazema ifodalagan ko’chma ma’no frazema tarkibidagi so’zlar anglatgan leksik ma’nolar bilan izohlanmaydi. Masalan, ikki qo’lini burniga tiqib frazemasi "quruqdan quruq, evaziga hech narsa olmay" ma’nosini ifodalaydi, bu ma’noni frazema tarkibidagi so’zlarning ma’nolari bilan izohlab bo’lmaydi: "Kelmagandan keyin, domlaga "ozodlik" olib kelish kerak-da. Bu bo’lsa shumshayib, ikki qo’lini burniga tiqib keldi". (P.T.) "...Senga ish yo’q!"-deb, bizni quvib yubordi. Katta o’g’lim bilan ikki qo’limizni burnimizga suqib o’z uyimizga bordik". (S.A.)

Download 4.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   396




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling