Ta’lim sohasi: 110000 – Pedagogika Ta’lim yo`nalishi
Foydalaniladigan adabiyotlar
Download 4.13 Mb.
|
МТ Она тили
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qo‘shimcha adabiyotlar
- Elektron ta’lim resurslari
- Mavzu bayoni:Frazeologiya
Foydalaniladigan adabiyotlar:
Asosiy adabiyotlar 1.Hamrayev M.,Muhamedova D.,Shodmonqulova D.,G‘ulomova X.,Yo‘ldosheva Sh. Ona tili. Toshkent, “Moliya-Iqtisod” 2007-yil. -300 bet. 2. Ikromova R., Muhamedova D., Hamrayev M. Ona tilidan mashqlar to‘plami. TDPU, Toshkent, 2009. -240 bet. Qo‘shimcha adabiyotlar: 1.Mirziyoyev Sh. Erkin va farovon, demokratik O`zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz.-Toshkent: “O`zbekiston” – 2016. 56 B. 2.Mirziyoyev Sh. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan quramiz.-Toshkent: “O`zbekiston” – 2016. 488 B. 3. Jamolxonov H. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. 2005, “Talqin” nashriyoti 4. Rahmatullayev Sh. Hozirgi adabiy o‘zbek tili. 2006,“Universitet” nashriyoti. 5. Yunusov R. O‘zbek tilidan praktikum. 1-qism, 2006, TDPU. Elektron ta’lim resurslari 1. www.tdpu.uz 2.www.pedagog.uz 3.www.Ziyonet.uz 4.www.edu.uz 5. tdpu-INTRANET.Ped 5.www.Google.uz 8-amaliy mashg’ulot Mavzu: Frazeologizmlarning turlari va lug‘at tiplarini aniqlash yuzasidan mashqlar va testlar. Reja: Frazeologiya haqida umumiy ma’lumot Iboralarning shakl va ma’nosiga ko`ra turlari. Lug`aviy birliklarning zamonaviyligi. Frazeologizmlar yuzasidan mashqlar Mavzu bayoni:Frazeologiya tilshunoslikning bir bo’limi bo’lib, u tilning lug’at tarkibidagi frazemalar (iboralar) haqida ma’lumot beradi. Frazema (ibora) ko’chma ma’noli turg’un konstruksiyadir. Masalan, zo’raymoq (leksema)-avj olmoq (frazema), qiynalmoq (leksema)-azob chekmoq (frazema) kabi. Demak, frazema ham leksema kabi lug’aviy birlik sanaladi, ammo o’zining ifoda va mazmun planlaridagi qator belgilari bilan leksemadan farqlanadi. Frazemaning ifoda plani deganda uning tovush tomoni, leksik tarkibi, birikmaga yoki gapga teng konstruksiyasi nazarda tutiladi. Masalan: ko’nglini olmoq (birikmaga teng), ko’zlari qinidan chiqib ketdi (gapga teng), boshi qotdi (gapga teng), ensasi qotdi (gapga teng) kabi. Frazemalar orasida qo’shma gapga teng qurilishli turg’un konstruksiyalar ham uchraydi: "g’or yog’ib, izlar bosildi" kabi. Frazemalar tarkibidagi so’zlarning bog’lanishi erkin birikma yoki gap tarkibidagi so’zlarning bog’lanishidan farq qilmaydi: ularning barchasida so’zlar tobelanish asosida bog’lanadi, biroq: a) erkin birikmadagi yoki gapdagi bog’lanish nutq jarayonida, nutq bilan bir paytda sodir bo’ladi; frazemadagi bog’lanish esa nutq paytidan ancha avval yuzaga kelib, turg’unlashib qoladi, inson xotirasida va tilda yaxlitligicha saqlanadi; b) erkin birikmadagi yoki gapdagi so’zlarni so’zlovchi o’z ixtiyori bilan almashtira oladi: "keng ko’cha" birikmasi o’rnida "tor ko’cha" birikmasini, "men o’qiyman" gapi o’rnida "men ishlayman" gapini qo’llashi mumkin, ammo "yulduzni benarvon urmoq"birikmasi o’rnida "yulduzni narvonsiz urmoq", "yulduzni shotisiz urmoq", "yulduzni beshoti urmoq" birikmalari qo’llanmaydi. Shuni ham ta’kidlash lozimki, har qanday turg’un birikma frazema bo’lavermaydi. Masalan, Birlashgan Milllatlar Tashkiloti birikmasi turg’un konstruksiyadir, ammo to’g’ri ma’noli turg’un konstruktsiya bo’lganligidan frazema hisoblanmaydi. Frazema yaxlit holda ko’chma ma’no ifodalashi shart. Frazemaning mazmun plani uning nimanidir nomlashi, ifodalashi, anglatishidir. Masalan, og’zi-qulog’ida frazemasining mazmun planida "xursand" ma’nosi ifodalangan. Frazemaning mazmun plani albatta ko’chma ma’noga asoslanadi, aks holda uning to’g’ri ma’noli turg’un birikmalardan (elektron hisoblash mashinasi, kvadrat uyalab ekish kabi sostavli terminlardan) farqi qolmaydi. Frazemaning mazmun planidagi ma’no frazeologik ma’no hisoblanadi. Qiyos qiling: leksemaning mazmun planida-"leksik ma’no"; frazemaning mazmun planida-"frazeologik ma’no". Frazeologik ma’no leksik ma’nodan murakkabroqdir, chunki u frazema tarkibidagi so’zlar bog’lanishidan kelib chiqadi va umumlashgan bo’ladi. Download 4.13 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling