MAVZUGA OID MASHQLAR
1-mashq.O‘qing. Ajratib ko‘rsatilgan so‘zlarning negizini topib, namunadagidek yozing.
N a m u n a : xizmatkorxonaga, ...
1. Daladan biron yumush bilan qaytgan xizmatkorlar bunda qo‘nar edi. (O.) 2. Buni qarangki, uyam futbolgohga tushgan ekan. (N.Aminov) 3. Piyola sinsa, chegalab ishlatish mumkin, ammo siniqning izi yo‘qolmaydi. (T.Malik) 4. Bu narsada hazillashib bo‘lmaydi. (T.Malik) 5. – Yo‘q, madaniyatsizlik bo‘lmasin, avval bu kishini.(Sh.) 6. Barglarda ilinib qolgan tomchilar javhar singari yaltillaydi. (T.Malik) 7. Toshkentda ishchilarimizning faoliyati kundan kun oshganini fahmlayman. (O.)
2-mashq.Gaplardagi murakkab qo‘shimchasi bor so‘zlarni aniqlab, yozing.
1. Fashist qanchalab onalarga, kelinlarga qora kiydirdi.(S.Ahm.)2. Endi ancha qiyinchilik bo‘ladi. Boshga tushgandan keyin iloj qanchalik. (A.Q.) 3. Sultonmurod boshini ko‘targanda, podsho ancha uzoqlashgan edi.(O.) 4. Bu odamlar Saidiyga mavzular berar va yozishda ko‘maklashishga tayyor ekanini bildirar edi.(A.Q.) 5. Ayvondagi o‘choq oldida o‘tirgan ayol o‘rnidan turdi-da, hovliga yuz o‘girdi. (P.T.) 6. Obodonchilik boshqar-masining vakili issiqda terlab ketgan, ko‘zoynagi ham hovurdan xira tortgan edi.(P.Q.) 7. Bu so‘zlarni eshitganida Asadbek qanday ajab-langan bo‘lsa, hozir Manzura ham shunday taajjublandi. (T.Malik)
3-mashq.Qo‘shimchalar yordamida yasalgan so‘zlarni aniqlab, ko‘chiring.
1. Uning Asadbek bilan yaqinligi, garchi do‘stlik libosida ko‘rinsa-da, aslida odam bolasiga xos samimiylikdan yiroq, faqat bir maqsad yo‘lidagi majburiy birlashuv edi.(T.Malik) 2. Shu choq Bektemir so‘l tomonda, pastlikda, o‘nlab jangchilarimizning oldinga qarab yugur-ganini ko‘rdi.(O.) 3. Ko‘pdan beri kutgan, ammo shu lahzada ro‘yobga chiqi-shidan bexabar quvonchdan Ummatali shoshib qoldi.(Sh.) 4. Shu asnoda yumaloq, xushchaqchaq, mirishkor, vazifashunos dehqon katta tarvuzni qorniga qo‘yib kirib keldi.(O.) 5. Qiz shunaqangi xandon otib kuldiki, kulgisi ham shunday beg‘ubor, shunday samimiy ediki, nazarimda uningyuzida hozirgina ochilgan anvoyi gullar to‘lqin urayotgandek edi. (X.T.) 6. Bu oqshom, garchi tevarak tinch bo‘lsa ham, kechagidan ko‘ra qo‘rqinchli-roq, ezuvchanroq tuyular edi.(O.) 7. Bundan oldingi so‘fi Ismoilboy o‘ta dindor va nashavand kishi bo‘lib, ...o‘tgan ramazonda jannati bo‘lgan edi.(G‘.G‘.)
Do'stlaringiz bilan baham: |