Ta’lim sohasi: 110000 – Pedagogika Ta’lim yo`nalishi
Download 4.13 Mb.
|
МТ Она тили
Mavzu yuzasidan mashqlar
1-mashq. Sifatlarni topib, darajalari (oddiy, qiyosiy, ozaytirma, orttirma) bo‘yicha guruhlarga ajratib yozing. 1. Juda yaxshi qilibsiz. Onaning qadriga yetish kerak. (O.) 2. Yorug‘ bu dunyoda bormikan axir Shoir o‘limidan ortiqroq motam. (A.Oripov) 3. Qamalning ikkinchi kuni o‘rda tomiga chiqdi, eng keyingi ham eng pastarin chorani ko‘rmakchi edi bu xoqon! (A.Qod.) 4. Bo‘lmasa siz qattiqroq turing, bir ko‘raylik! – dedi Abror istehzo bilan. (P.Q.) 5. Talabalar moddiy va ma'naviy ahvolining shu tobda g‘oyat chatoqligi – barchamizning dilimizdagi jarohat. (O.) 6. Biroq salgina nojo‘ya so‘z eshitishsa yoki noo‘rin harakatni kuzatishsa bormi, ular ham pashshadan fil yasab, ne-ne qismatlarga duchor qilishlari mumkin...(O.Husanov) 7. – Juda qiyin, - dedi Yormat, - kim biladi... Men dastlab Yo‘lchidan shubhalangan edim. (O.) 8. Sakkiz mehmon ichida ikkisi benihoyat semiz edi. (O.) 9. Keluvchi daroz, yalang‘och ko‘krakli, oriq yuz, qirra burun, botiq ko‘zli, hakkari etikli ... bir yigit edi. (G‘.G‘.) 10. Bu qanday ulug‘vor, toza, dongdor oila...(O.) 11. Har qancha o‘ylasam ham aqlliroq bir reja fikrimga kelmayapti. (X.To‘xt.) 12. Samovarchining tutqazgan hassasi juda og‘ir edi. (G‘.G‘.) 13. Bu – Komilovning eng baxtiyor kunlaridan biri edi. (I.Sulton) 14. Odamzodga xos bo‘lgan eng pokiza fazilatni bulg‘aganlar, boshqa pastkashliklardan hazar qiladi, deb kim kafillik beradi? (T.Malik) 15. Hamma yoq jimjit, qorong‘i, odamlaringiz juda chapdast ekan. (O.) 2-mashq. Ozaytirma va kuchaytirma sifatlarni aniqlab, guruhlarga ajratib yozing. 1. Tabibchilikka ilm kerak, men esam g‘irt savodsizman...(G‘.G‘.) 2. Osmon esa shu qadar tiniq, bamisoli chuqur hovuzday! (I.Franko) 3. Avzning hayotidagi shuncha o‘zgarishlarga sabab bo‘lgan bu kelinchak bir qarashda u aytgan go‘zal ham emas. (P.Q.) 4. A'zam shu olib ketilganicha yeri, devorlari sement, deraza o‘rnida kichkinagina tuynugi bor katalakda bir hafta yotdi. (Sh.) 5. Achchiqqina qilsangiz to‘yib yeganga nima yetsin. (J.Abd.) 6. yer yorig‘idan bir bochka neftga o‘t ketganday tim qora, quyuq tutun osmonga o‘rlab chiqibdi. (G‘.G‘.) 7. Novdalar qaytadan gulga bezanib, Kurtaklar yam-yashil bargchalar yozib, Atrofda parvona shamol yeladi. (S.Zunnunova) 8. Qani endi, uni hozir shu topda ko‘rsam, o‘sha ko‘kimtir nur ichida bir ko‘rsam. (S.Ahm.) 9. Mana shu mehru muhabbat to‘la ko‘zlarga boqish Ozoda uchun qanchalar og‘ir. (S.Ahm.) 10. – Qani endi, tuzukkina bir ish bersalar, jon derdim. (O.) Download 4.13 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling