Ta’lim sohasi: 110000 – Pedagogika Ta’lim yo`nalishi
Bog`lovchilarni tahlil qilish tartibi
Download 4.13 Mb.
|
МТ Она тили
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yuklamalarni tahlil qilish tartibi
- Mavzu yuzasidan tarqatma materiallar 1.Tarqatmamaterial Yordamchi so`zlar turkumini aniqlang.
- 2.Tarqatma material Quyidagi gaplar tarkibidagi ko‘makchilarning qaysi kelishik qo‘shimchalari o‘rnida almashib kelishi mumkinligini aniqlab yozing.
Bog`lovchilarni tahlil qilish tartibi
1. Qo`llanishiga ko`ra turi (yakka, takror). 2. Ma’no va vazifasiga ko`ra turi (tеng, ergashtiruvchi). 3. Bog`lash xususiyatiga ko`ra turi (gap bo`laklarini, qo`shma gap tarkibidagi sodda gaplarni). 4. Sinonimi. Namuna: Agar topshiriqlarni o`z vaqtida bajarsang, sеni ta’tilda Buxoroga olib boraman. Agar – bog`lovchi. 1. Yakka bog`lovchi. 2. Ergashtiruvchi bog`lovchi, shart bog`lovchisi. 3. Qo`shma gap tarkibidagi sodda gaplarni bog`lagan. 4. Agarda. Yuklamalarni tahlil qilish tartibi Qaysi yuklamalr ishtirok etgan? Ma’no turi. Tuzilishiga ko`ra turi. Imlosi. Sinonimi. Namuna: Iroda faqatgina arzimas narsalarga, faqatgina qandaydir ma’nosiz narsalarga osilib oladigan bo`lsa, u qaysarlikka aylanib qoladi (T.Malik). faqatgina, -dir faqatgina ayiruv va ta’kid yuklamasi, -dir gumon yuklamasi. so`z va qo`shimcha shaklidagi yuklamalar. so`z – yuklama ayrim yoziladi, qo`shimcha shaklidagi yuklama qo`shib yoziladi. faqatgina – yolg`iz, qandaydir – allaqanday. Mavzu yuzasidan tarqatma materiallar 1.Tarqatmamaterial Yordamchi so`zlar turkumini aniqlang. 1.Olim bilan botirning qo`llari sevgi sadoqatining kuchi va samimiyligi bilan mahkam birlashdi. 2. Baxtli yoshligimiz uchun davlatimizga minnatdorchilik bildiramiz. 3. Egma- bukma kamonlarni qiz oldi-yu, g`orga eltdi o`g`lonni. 2.Tarqatma material Quyidagi gaplar tarkibidagi ko‘makchilarning qaysi kelishik qo‘shimchalari o‘rnida almashib kelishi mumkinligini aniqlab yozing. N a m u n a : qalam bilan – qalamda. 1. Quvonchim olamga sig‘maydi, ikki yil bo‘yi aka-ukaday bo‘lib qolgan o‘rtoqlarim bilan ajralish juda qiyin. (G‘.G‘.) 2. – Sadag‘asi ketay, - kampir xaltani ushlagisi kelmay, qo‘l uchi bilan tutib gapirdi, - koyib nima qilar edi, bechora. (O.) 3. – Ertaga hammamiz botir qiz Shura uchun normani ikki hissa ortiq bajaramiz, nima deysizlar? (O.) 4. Stansiyagacha qancha yo‘l bosib, undan keyin poezd kutib vaqt o‘tkazgandan ko‘ra, avtobus bilan to‘ppa-to‘g‘ri shaharga g‘izillab borib kelaverishga nima yetsin! (J.Abd.) Testlar 1. Yordamchi so‘zlarni aniqlang. A) Inson go‘zallik uchun intiladi, yorqin ufqlar sari oshiqadi. B) Zokir ota shubhasiz, tajribali paxtakor, qo‘li gul odam. C) Eh, bugun toqqa ketamiz! D) Xotin yaktakni olib yoniga qo‘ydi, aftidan, hozir tikmoqchi emas edi. 2. Yordamchi so‘zlarni toping. A) Asablarning sog‘lom bo‘lishi uchun badantarbiya bilan shug‘ullanish lozim. B) O, qanday chin baxtga to‘lg‘in bu onlar! C) Munofiqlik va soxtalik do‘stlik uchun yotdir. D) A,C. 3. Aziz ham bu savolni kutmaganligi uchun hatto ancha vaqtga qadar javob berolmay qolgan edi. Ushbu gapda mustaqil lug‘aviy ma’no anglatmaydigan nechta so‘z bor? A) 4 ta B) 3 ta C) 6 ta D) 5 ta 4. Ko‘makchilar qaysi kelishiklar qo‘shimchalariga sinonim sifatida qo‘llanishi mumkin? A) qaratqich va jo‘nalish B) jo‘nalish va o‘rin-payt C) o‘rin-payt va chiqish D) chiqish, jo‘nalish va o‘rin-payt 5. Maqsad ma’nosini anglatgan uchun ko‘makchisi qatnashgan gapni aniqlang. A) Anvar yuzidagi kulgini yashirish uchun chetga qaradi. B) Daftarni ukam uchun keltirdim. C) G‘o‘za erta ekilgani uchun hosil mo‘l bo‘ldi. D) Yig‘ilish uchun imkon yaralmadi. 6. Ko‘makchilar, asosan, quyidagi qaysi so‘zlardan keyin kelmasligi mumkin? A) ot, olmosh B) harakat nomi, sifatdosh C) ravishdosh, otlashmagan so‘zlar D) A, B. 7. Qaysi bog‘lovchilar teng bog‘lovchilarga mansub emas? A) zidlov bog‘lovchilar B) ayiruv bog‘lovchilar C) bog‘lovchi-yuklamalar D) sabab bog‘lovchilar 8. Bog‘lovchilar vazifasiga ko‘ra... A) teng va ergashtiruvchi bog‘lovchilarga bo‘linadi. B) biriktiruv, zidlov, ayiruv bog‘lovchilariga bo‘linadi. C) birik-tiruv, zidlov, ayiruv, ergashtiruvchi bog‘lovchilarga bo‘linadi. D) takrorlanadigan va yakka holda qo‘llanadigan bog‘lovchilarga bo‘linadi. 9. Gar shul eshitganim bo‘lmasa ro‘yo... Ushbu misradagi bog‘lovchini toping. A) gar B) ro‘yo C) shul D) bog‘lovchi berilmagan 10. Gumon yuklamasi qaysi qo‘shimcha bilan shakldosh? A) –miz, -siz qatorida turuvchi 3-shaxs qo‘shimchasi bilan B) –man, -san qatorida turuvchi 3-shaxs qo‘shimchasi bilan C) fe’llardagi orttirma nisbat qo‘shimchasi bilan D) B va C. 11. Quyidagi yuklamalardan qaysilari so‘zga qo‘shib yoziladi? 1) -ku; 2) -u(-yu); 3) -da; 4) -oq(-yoq); 5) -mi; 6) –a (-ya); 7) -chi; 8) -gina. A) 1,2,4,5,8 B)2,3,5,6 C) 3,4,5,8 D) 4, 5,8 12. Quyida berilgan qaysi turkumga oid birliklarning ba’zilari o‘zlari birikib kelgan so‘zdan chiziqcha(defis) bilan ajratib yozilishi mumkin? A) bog‘lovchilar B) ko‘makchilar C) yuklamalar D) A, C Download 4.13 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling