Ta’lim sohasi: 110000 – Pedagogika Ta’lim yo`nalishi


Download 4.13 Mb.
bet242/396
Sana31.07.2023
Hajmi4.13 Mb.
#1664109
1   ...   238   239   240   241   242   243   244   245   ...   396
Bog'liq
МТ Она тили

3-mashq. Modal so‘zlarni ma'no jihatdan guruhlarga ajratib yozing.
N a m u n a : aytmoqchi – eslash ma'nosida.
1. Ha, aytgancha, nimasi ko‘p ularning, tug‘ishi ko‘p. (S.Ahm.) 2. Ko‘pga kelgan to‘y ekan, qandoq qilay, qirq yil qirg‘in bo‘lsa, ajali yetgan o‘ladi, ishqilib, yolg‘izim sog‘-omon kelsin. (S.Ahm.) 3. Shuningdek, yer islohoti natijasida mamlakatimizning iqtisodiyati ko‘tarilishini kim bilmaydi! (A.Q.) 4. Xurosonda bir davr yaratmoq lozimki, o‘zga xalqlar ibrat ola bilsinlar. (O.) 5. Kishi katta bo‘lib, qanday mas'ul mansabni egallamasin, yoshlikda bilim bergan o‘z muallimini unutmasligi kerak. (Mirm.) 6. Nishonga tegmagan o‘qning kimga nafi bor? (O‘.Usm.) 7. Yo‘q, kengash ilg‘orlar bilan bo‘lgan qarorni ilg‘orlarga mo‘ljallab qabul qilishgan. (O‘.Umarbekov) 8. Hadeb buzilaverganidan keyin u yog‘ini kovlaydi, bu yog‘ini kavlaydi, xullas, ichida nimasi bo‘lsa, barini bilib oladi. (S.Ahm.) 9. Nihoyat, Bashor opa kabinasi derazasidan boshni chiqarib, ovozi boricha baqirishga majbur bo‘ldi. (J.Abd.) 10. Kim bilsin, ehtimol, u ham o‘z taqdirini “oshpichoq”ning qo‘liga topshirib qo‘yganidan pushaymon chekib, ko‘p yillardan beri ich-ichidan zil ketib yurgandir. (O.Yo.) 11. Tasodifan Pardavoyning ham ko‘zlari namlanganday bo‘ldi, bu Qudratga ham ta'sir qildi, shekilli, etlari chumoli o‘rmalaganday jimirlab ketdi. (J.Abd.) 12. Kim biladi, balki, yigit otasiga o‘xshamagandir... (O.) 13. To‘g‘ri, uning qachon bo‘lmasin, kelishini bilishardi. (S.An.) 14. – Qanday so‘z eshitmay, har qachon so‘zlaydir, albatta, men eshitaman. (A.Qod.) 15. Saidiy, haqiqatan, talabalik vaqtida ko‘p she'rlar yozgan, bularning ko‘pchiligi devoriy gazetalarda bosilgan. (A.Q.) 16. Hasanali, Otabekning har bir siriga mahram hisoblanganlikdan, darhaqiqat, Otabekka mahram bo‘lishga loyiq bir mehribonlikka ega bo‘lganlikdan bek bilan ochiq so‘zlashish fikriga keldi. (A.Qod.) 17. Qosimovning tajribalari ham, chamasi, shuning uchun tilga tushib qoldi, shekilli. (O‘.Usm.)


SAVOL-JAVOB ASOSIDA TALABALAR BILIMINI ANIQLASH VA MUSTAHKAMLASH:
1.Modal so`z deb qanday so`zlarga aytiladi?
2. Modal so`zlarni ma`nosiga ko`ra qanday guruhlarga ajratamiz?
3. Mustaqil so`z turkumlaridan o`sib chiqqan modal so`zlarni izohlang.
4. Modal so`zni tahlil qilish tartibini tushuntiring.
5.Undov so`z deb qanday so`zlarga aytiladi?
6.Undov so`zlarni ma`nosiga ko`ra qanday guruhlarga ajratamiz?
7.Undov so`zlar qo`llanishiga ko`ra qanday bo`ladi.
8. Undov so`zni tahlil qilish tartibini tushuntiring.
9.Taqlid so`z deb qanday so`zlarga aytiladi?
10. Taqlid so`zlarni ma`nosiga ko`ra qanday guruhlarga ajratamiz?
11. Taqlid so`zlar gapdagi vazifasi qanday bo`ladi?
12. Taqlid so`zni tahlil qilish tartibini tushuntiring.

Download 4.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   238   239   240   241   242   243   244   245   ...   396




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling