Ta’lim sohasi: 110000 – Pedagogika Ta’lim yo`nalishi
Download 4.13 Mb.
|
МТ Она тили
Mavzu yuzasidan mashqlar.
1-mashq. O‘qing. Gaplar tarkibidagi taqlid so‘zlarni toping. 1. “Gur” etib ko‘tarilgan qarsakdan nimaligini bilib bo‘lmadi. (O‘.Umarbekov) 2. Kallai saharlab guzarda qo‘sh karnay g‘at-g‘uti yangradi...(H.G‘.) 3. Bezgak xuruj qilganday lablari pir-pir uchardi. (J.Abd. ) 4. Qachon qarama, hiring-hiring kulaveradi. (J.Abd.) 5. Uyda g‘ij-g‘ij bo‘lib yotgan bu pashshalarning qaysi biri o‘sha? (A.Q.) 6. Men apil-tapil uzumni qo‘ynimga solib ko‘chaga yugurdim. (O‘.Umarbekov) 7. Kun qaytishga borib g‘ishtin devorlar ham qizib ketardi; semizlar suvdan chiqib qolgan baliqdek kappa-kappa og‘iz ochishar edilar. (Mirm.) 8. Choyxonachi boshini sarak-sarak qilib qo‘ydi. (O‘.Umarbekov) 9. Nimaga ovora bo‘larkanman – samolyotga o‘tirdim-u lip etib uchdim-keldim! (E.A'z.) 10. Kimdir yugurib kelib bolaning yuzidan “cho‘lp” etib o‘pdi. (O‘.Umarbekov) 2-mashq. Undov so‘zlarni ma'no jihatdan guruhlarga ajratib yozing. 1. Rahmat, jiyan, yo‘qlab kelibsan. Qalay, onang baquvvatmi? (O.) 2. Bizdan nimaiki yordam kerak bo‘lsa, marhamat. (Sh.) 3. Balli, o‘g‘lim, shunqor qancha baland uchmasin, baribir o‘z uyasiga qaytadi. (O.) 4. O, qani, bir yutum suv, bir hidlam muzdek toza havo!.. (O.) 5. Eh-ha, bu bolalar qachon ulg‘ayadi-yu, qachon o‘zining nonini topib yeydigan bo‘ladi. (G‘.G‘.) 6. – Xo‘-o‘sh, bu ish ham bitdi, endi bu yog‘i qanday bo‘ldi...? (O.Yo.) 7. Bola “Chuh!” deya otni haydaydi, arava g‘ijirlab, chang ko‘tarib balandlikka toba tarmanadi. (O.) 8. – Do‘stlar! – deya peshvoz peshvoz yurdi jinglaksoch. – Keling, avvalo o‘tmishga bir sayohat qilaylik! (T.Murod) 9. Qo‘y sog‘ish, ovqat pishirish o‘shaning bo‘yniga tushadi, a? (P.Q.) 10. Uff, nima qilsam ekan. Har qancha o‘ylasam ham aqlliroq bir reja fikrimga kelmayapti. (X.T.) 11. Ajab, uyga qachon, kim bilan qaytdi ekan? (T.M.) 12. – Iya, taqsir, - dedi, - bu ko‘rayotganlarim tushimmi, o‘ngimmi? 13. – Tavba! Eshon “gardkam” deb oshiq otadimi, a? (O.) 14. – Yo ollo, bu qanday mashmasha! (O.) 15. – Ha, ha, shu taqlid qiziq voqyealar ko‘p, - papirosni tashladi Akaskin. (O.) 16. Bor-ye, deb biror yoqqa ketvoray desang, yana ilojing yo‘q – o‘zingdan qochib qayoqqa ham bora olarding? (J.Abd.) 17. Kim qornini to‘yg‘azsa bo‘ldi, pish-pish, deya boshini silasa bo‘ldi, ketidan ergashib keta beradi. (T.Murod) 18. Ibrohim Do‘lday otni niqtab, zarda bilan chu-chulay boshladi: “Chu, jonivor, chu!” (Mirm.) 19. Tarlonni tinchlantirdim: - Bo‘ldi. Tak-tak-tak! Tak deyman. Safar aka, ana, aytmadimmi, to‘rig‘ingiz odam emas deb! (T.Murod) 20. Tabiatan birovning mushugini pisht deyolmaydigan, ko‘ngilchan Ummatalining yotig‘i bilan qilgan barcha urinishlari bekor ketdi. (Sh.) Download 4.13 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling