Ta’lim sohasi: 110000 – Pedagogika Ta’lim yo`nalishi
Download 4.13 Mb.
|
МТ Она тили
- Bu sahifa navigatsiya:
- II.GAPDA SO`ZLARNING GRAMMATIK-SEMANTIK ALOQAGA KIRISHUVI.
Moslashuv. Bunday bog`lanishda, asosan, ot bilan ot yoki olmosh bilan ot munosabatga kirishadi. Qaratqich bilan qaralmish moslashuv yo`li bilan birikkan birikmani hosil qiladi. Bu tipdagi bog`lanish usuli nashr qilingan qo`llanmalarda munosabatdorlashish(koordinatsiya) nomi bilan ham atalmoqda. Moslashuv aloqasi ega va kesim o`rtasida ham yuzaga chiqib, uning yordamida gap hosil qilishi mumkin: Biz tinchlik istaymiz. Bu gapda ega vazifasidagi «Biz» so`zi kesim vazifasida keluvchi «istaymiz» so`zi bilan shaxs va sonda moslashgan.
Boshqaruv. Bu aloqada hokim bo`lak tobe bo`lakning ma’lum formada kelishini talab qiladi. Boshqaruv aloqasida tobe komponent biror kelishik affiksini olgan holda yoki ko`makchi bilan birga keladi. SHunga ko`ra boshqaruv aloqasini quyidagicha klassifikatsiya qilish mumkin: a) kelishikli boshqaruv; Ish ustasidan qo`rqadi. (maqol). b) ko`makchili boshqaruv: Sut bilan kirgan jon bilan chiqadi. (maqol). Bitishuv. Bunday bog`lanishda ikki mustaqil so`z o`zaro hech qanday formal belgilarsiz munosabatga kirishadi. Bitishuv aloqasida komponentlarning hokim yoki tobeligi ma’nosi, tartibi hamda intonatsiya yordamida aniqlanadi: uchqur ot, tez yugurmoq, o`qigan bola. II.GAPDA SO`ZLARNING GRAMMATIK-SEMANTIK ALOQAGA KIRISHUVI. So`zlarning o`zaro sintaktik munosabatlari har bir tilda turli vositalar yordamida ifoda etildai. O`zbek tilida so`zlarni o`zaro sintaktik aloqaga kirishuvchi vositalar quyidagilar: Formal-grammatik qo`shimchalar. Bularga so`z o`zgartiruvchi affikslar-egalik, kelishik, shaxs-son qo`shimchalar kiradi. Har bir grammatik forma ma’lum bir ma’noni ifodalash uchun xizmat qiladi. Egalik affikslari qarashlilik ma’nosini bildiradi: sening kitobing, institut binosi. 2. Yordamchi so`zlar. Ko`makchilar, bog`lovchilar, yuklamalar so`zlarning sintaktik munosabatga kirishuvida alohida rolp o`ynaydi. Ko`makchilar gapda otning yoki otlashgan so`zlarning boshqa bir so`zga, ko`pincha, fe’lga bo`lgan tobeligini ifoda etadi: Ko`makchilar o`zi bilan bog`langan so`z bilan birgalikda so`z birikmasining bir komponenti hisoblanadi hamda gapda bir gap bo`lagi vazifasini bajaradi. 3. Bog`lamalar. «Men injener bo`laman.» So`z tartibi so`zlarning sintaktik munosabatini ifodalashda alohida o`rin tutadi. So`zlar morfologik qo`shimchalar oganda so`z tartibining o`zgarishi ularning sintaktik vazifasiga ta’sir etmaydi. 5. Pauza sintaktik vosita sifatida muhim o`rin tutadi. Gapda so`zlar orasidagi pauzalarning intonatsiyasini o`zgarishi bilan mazmun ham sintaktik holat ham o`zgarishi mumkin. Download 4.13 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling