Ta’lim sohasi: 110000 – Pedagogika Ta’lim yo`nalishi
Foydalaniladigan adabiyotlar
Download 4.13 Mb.
|
МТ Она тили
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qo‘shimcha adabiyotlar
- Elektron ta’lim resurslari
- Mavzu bayoni
Foydalaniladigan adabiyotlar:
Asosiy adabiyotlar 1.Hamrayev M.,Muhamedova D.,Shodmonqulova D.,G‘ulomova X.,Yo‘ldosheva Sh. Ona tili. Toshkent, “Moliya-Iqtisod” 2007-yil. -300 bet. 2. Ikromova R., Muhamedova D., Hamrayev M. Ona tilidan mashqlar to‘plami. TDPU, Toshkent, 2009. -240 bet. Qo‘shimcha adabiyotlar: 1.Mirziyoyev Sh. Erkin va farovon, demokratik O`zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz.-Toshkent: “O`zbekiston” – 2016. 56 B. 2.Mirziyoyev Sh. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan quramiz.-Toshkent: “O`zbekiston” – 2016. 488 B. 3. Jamolxonov H. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. 2005, “Talqin” nashriyoti 4. Rahmatullayev Sh. Hozirgi adabiy o‘zbek tili. 2006,“Universitet” nashriyoti. 5. Yunusov R. O‘zbek tilidan praktikum. 1-qism, 2006, TDPU. Elektron ta’lim resurslari 1. www.tdpu.uz 2.www.pedagog.uz 3.www.Ziyonet.uz 4.www.edu.uz 5. tdpu-INTRANET.Ped 5.www.Google.uz 2-amaliy mashg’ulot Mavzu: So‘z birikmasi, uning turlari, birikma tarkibidagi so‘zlarning o‘zaro sintaktik munosabatini aniqlash ustida tahlil qoliplari, mashqlar va testlar. Reja : So’z birikmasi haqida ma’lumot. So’z birikmasining tiplari. So’z birikmasining tuzilishiga ko’ra turlari. So’z birikmasi yuzasidan mashqlar. Mavzu bayoni:So`z birikmalari haqidagi bilim sintaktik ta’limning tarkibiy qismlaridan biridir. So`z birikmasi so`zlarining ma’lum bir mantiqiy va grammatik qoidalar asosida birikishidan hosil bo`ladigan erkin sintaktik butunlik hisoblanadi. Biror so`z turkumiga oid birdan ortiq so`zlarning semantik va grammatik jihatdan o`zaro birikuvchi so`z birikmalarini yuzaga keltiradi: tong shabodasi, chiroyli shahar, astoydil o`qish kabi. Frazeologik birikmalar ham gapda bir bo`lak vazifasini bajaradi. Ammo bu hollarda frazeologik birikma bilan ajralmas gap bo`lgagi vazifasida keluvchi so`z birikmalarini bir hodisa deb qarash to`g`ri bo`lmaydi. Chunki frazeologik birikmalar leksik holda , ya’ni u til birligidir – u tilda tayyor holda mavjud, so`z birikmasi esa sintaktik hodisa bo`lib, u nutq birligidir: Otabek uyaluv aralash Qutidorga qaradi (Qodiriy) U besh yil o`qidi. Qurilmalarda «uyaluv aralash , «besh yil» so`z birikmalari ajralmas holda bir bo`lak vazifasini (Ravish holi va payt holi) bajaradi va shu o`rinda boshqa bir so`z birikmasining bir komponenti bo`lib qolishi mumkin. «Uyaluv aralash qaradi» yoki «besh yil o`qidi» kabi. Bunday paytlarda bir butun so`z birikmasi tobe komponent hisoblanadi. Demak, so`z birikmasi sintaktik so`z birikmasi jihatidan gap bo`lagiga teng bo`lishi yoki teng kelmasligi mumkin. So`z birikmasi, qo`shma so`z, turg`un birikmalar hamda gapdan bir qator belgilari bilan farq qiladi. So`z predmet , belgi ish-harakatining o`zigina ifodalash uchun xizmat qilsa, so`z birikmasi ana shu predmet, belgi-harakatining boshqalardan ajratib ko`rsatadi. Unga qo`shimcha ma’no beradi. Qiyoslaymiz: dala, keng – keng dala. kulmoq, gapirmoq – kulib gapirmoq. So`z birikmasi qo`shma so`zlardan ham keskin farq qiladi. Qo`shma so`zlarning komponentlari o`rtasida ham grmmatik munosabati yo`q(tarixan bo`lgan bo`lish mumkin.) Lekin hozir bu aloqa yo`qolgan. Qo`shma so`z komponentlari o`z leksik semantik mustaqilliklarini yo`qotib, bir bosh urg`u bilan aytiladi. Leksik jihatidan bir so`z hisoblanadi va gapda bir sintaktik vazifani bajaradi. So`z birikmasining komponentlari mustaqil leksemaga ega, ular o`rtasida sintaktik munosabat mavjud bo`lib, har bir komponent boshqa-boshqa gap bo`lagi vazifasini bajaradi. Qiyoslaymiz 1. Men kecha Kattaqo`rg`ondan keldim. Frazeologik birikmalar butunligicha yaxlit holda qo`llanib, til birligi sanalsa, so`z birikmasi nutq protsessidagina shakllandi. So`z birikmasi tarkibidagi so`zlar o`z leksik ma’nosini saqlaydi.Turg`un birikma tarkibiga kiruvchi so`zlar esa butunicha o`z ma’nosidan ko`chgan yoki komponentlarning biri o`z ma’nosini o`zgartirgan bo`ladi: Hujjatga qo`l qo`ydi. – turg`un birikma. Hujjatga qo`lini qo`ydi. – so`z birikmasi. Tarvuzi qo`ltig`idan tushdi – ko`chma ma’noda turg`un birikma. Kitobi qo`ltig`idan tushdi. – gapida esa qo`ltig`idan tushdi so`z birikmasi . So`z birikmasi hosil qilish uchun hamisha ikkita mustaqil ma’noli so`z (yordamchi so`zlar o`zi qo`llangan mustaqil so`z bilan birga so`z birikmasining bitta komponenti hisoblanadi) bo`lishi, shu so`zlar semantik-grammatik jihatdan erkin munosabatga kirisha olishi; hosil bo`lgan qo`shilma ochiq konstruktsiyani tashkil etishi, nominativ vazifa ifodalashi lozim. So`z birikmasining nominativ Harakterdagi ochiq konstruktsiyasidan iborat bo`lishi uni gapdan farqlashda ahamiyatlidir. Download 4.13 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling