2-mashq.Gaplar tarkibidagi murakkab so‘z birikmalarini aniqlab yozing.
1. Aziz Qosimov yaratgan bu yangi navga o‘zi nafaqat sherik, balki qonuniy mualliflardan biri ekanini qat'iyat bilan miyasiga quya boshladi. (O‘.Usm.) 2. Birin-ketin ishga tushgan mexanizmlarning ovozi quloqqa chalinganday bo‘ldi. (J.Abd.) 3. Barxanlar orasidan bosh ko‘targan quyosh nurlari osmon ufqini loladay qizartirdi. (J.Abd.) 4. Bizning maydonchaga yana bir yo‘lovchi chiqdi. (A.Nesin) 5. Boshiga guldor qizil durra o‘ragan, egniga bo‘zdan bo‘lsa ham, o‘ziga yarashgan qizil ko‘ylak kiygan bu qiz katta-katta hurkak ko‘zlarini qayoqqa yashirishini bilmay, “lov” etib yonib ketar edi.(O.Yo.) 6. Tohira yelkasida qalin guldor ro‘mol, ariq bo‘yida mung‘ayib o‘tirardi.(O.Yo.)
SAVOL-JAVOB ORQALI BILIMNI MUSTAHKAMLASH
So’z birikmasi nima?
So’z birikmasida so’zlar qanday aloqaga kirishadi.
So’z birikmasi qanday so’zlardan tuziladi.
So’z birikmasi qanday tartibda tahlil qilinadi?
MAVZU YUZASIDAN TESTLAR.
1. Egri tayoqning butog‘i burunni yirtar. Ushbu maqolda so‘zlarning o‘zaro aloqasi qanday yo‘l bilan amalga oshgan?
A) gapda so‘zlar teng va tobe bog‘langan B) boshqaruv va moslashuv yo‘li bilan C) faqat boshqaruv yo‘li bilan D) moslashuv, bitishuv va boshqaruv yo‘li bilan
2. Sanjar bilan Sherzod bog‘ tomon yurdilar. Ushbu gapdagi bog‘ tomon yurdilar birikmasi o‘zaro qanday yo‘l bilan bog‘langan?
A) ko‘makchili boshqaruv yo‘li bilan B) moslashuv yo‘li bilan
C) kelishikli boshqaruv yo‘li bilan D) teng bog‘lanish yo‘li bilan
3. So‘z birikmalarida ergash so‘z ravish yoki sifatlar bilan ifodalansa, ular bosh so‘zga asosan qanday yo‘l bilan birikadi?
A) moslashuv yo‘li bilan B) bitishuv yo‘li bilan
C) boshqaruv yo‘li bilan D) bitishuv yoki boshqaruv yo‘li bilan
4. Boshqaruvli bog‘lanishda qaysi kelishiklar so‘zlarni o‘zaro bog‘laydi?
A) qaratqich, tushum va jo‘nalish B) tushum, jo‘nalish va o‘rin-payt
C) jo‘nalish, tushum,o‘rin-payt va chiqish D) qaratqich, tushum, jo‘nalish,o‘rin-payt va chiqish
Do'stlaringiz bilan baham: |