Ta’lim sohasi: 110000 – Pedagogika Ta’lim yo`nalishi
Download 4.13 Mb.
|
МТ Она тили
- Bu sahifa navigatsiya:
- BUYRUQ GAPLAR
SO`ROQ GAP
Tinglovchidan yoki o`quvchidan biror ma’lumot olish uchun, narsa-hodisani so`rab olish uchun qo`llaniladigan gaplarga so`roq gap deyiladi. Masalan: Bahorgi sessiya qachon tugaydi? So`roq gaplarda sof so`rash mazmunidan tashqari tasdiq, buyruq ma’nolarini ham ifodalashi mumkin. SHunga ko`ra so`roq gaplarning 3 ga bo`lib o`rganiladi: a) sof so`roq gaplar. Bunday gaplar mazmunidan haqiqiy so`rash ma’nosi anglashiladi va tinglovchidan albatta javob kutiladi. Masalan: Tashqarida yomg`ir yog`ayotganga o`xshaydi-a? b) ritorik so`roq gaplar. Bunday gaplarda so`rash shakli orqali xabar beriladi. Ular javob talab qilmaydi. Javob so`roqning o`zidan anglashilib turadi. Ritorik so`roq gaplarda ularning javobi shu gapdagi biror bo`lak yoki ha, yo`q so`zlari orqali berilishi mumkin. Masalan: Bu ishni kechiktirib bo`ladimi? d) so`roq buyruq gaplar. Bunday gaplar so`rash bilan birga buyurish, undash mazmunini ham ifodalashi mumkin. BUYRUQ GAPLAR Adresatni biror ish bajarishga undash, buyurish maqsadida qo`llanadigan gaplar buyruq gaplar deyiladi. Masalan: Ehtiyot bo`ling! Ko`zingga qarab yur. Temirni qizig`ida bos. Buyruq gaplarda sof buyurish mazmunidan tashqari maslahat, iltimos, g`azab, do`q – po`pisa kabi ma’nolar ifodalanishi ham mumkin. Masalan: Topshiriqni o`z vaqtida bajaring. (Sof buyruq gap) Tur o`rningdan (do`q). Chiq uydan (g`azab). Misollardan ko`rinadiki, buyruq gaplarning mazmun doirasi keng bo`ladi. Ular quyidagi xususiyatlarga ega: a) kesimi buyruq fe’li bilan ifodalanadi. Qo`lingga qurol ol. b) buyruq gaplarda ko`pincha undov va undalmalar ishtirok etadi. Karimaxon, kitobingizni berib turing. v) buyruq gaplar oxirida nuqta yoki undov belgisi qo`yiladi. Ba’zan boshqa mayldagi fe’llar ham buyruq gapning kesimi bo`lib kelishi mumkin. Arzimni bir tinglasalar. Emotsionallikka ko`ra gap turlari: Gaplar o`zida kishining ichki his-tuyg`ularini ifodalashi yoki ifodalanmasligiga qarab ikkiga bo`lib o`rganiladi. a) emotsional gaplar b) emotsional bo`lmagan gaplar. Emotsional gaplar maktab darsliklarida undov gaplar deb yuritiladi. Emotsional gaplar kimning ichki xis-tuyg`ularini ifodalab ko`tarinki rux bilan talaffuz qilinadi. Masalan: Eh, qanday go`zal manzara. Gapning istalgan turini his-hayajon bilan aytib undov gapni aylantirish mumkin. Shunga ko`ra darak undov, so`roq undov, buyruq undov gaplarni hosil qilish mumkin. a) darak undov. Xayriyat, eson-omon etib olishibdi! b) so`roq undov. Ikki oy dalada yurish osonmi?! d)buyruq undov. Buyruq undov gaplarda shodlik, quvonch, taajjub, mamnunlik, tashakkur, rag`batlantirish kabi ma’nolar ifoda etiladi. Masalan: Ilg`or talabalar rag`batlantirilsin! Undov gaplar quyidagi xususiyatlarga ega: Uning tarkibida ko`pincha undov so`zlar, undalmalar, kuchaytiruvchi yuklamalar qatnashadi. Uh, qanday dahshat! 2. Undov gaplarda gap bo`laklarining tartibi ba’zan o`zgarishi mumkin Yashasin tinchlik! Gapning voqelikka munosabati jihatidan turlari. Gapning struktura asosiga (tuzilishiga)ko`ra quyidagicha gupuhlash mumkin: Sodda gaplar. Bundaygaplarbirstrukturaasosidan,ya’nibiregavabirkesimmarkazidantashkiltopadi. Ikkinchidarajalibo`laklaresaanashu 2 markazatrofidajamlanadi. Masalan: Bog`da bulbul sayraydi. Qo`shma gaplar. Ikki struktura asosidan, ikki predikativ birlikdan tashkil topadi. Masalan: Bog`da bulbul sayraydi, ko`nglim guldek yayraydi. Murakkab qo`shma gaplar. Download 4.13 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling