Ta’lim sohasi: 110000 – Pedagogika Ta’lim yo`nalishi


Elektron ta’lim resurslari


Download 4.13 Mb.
bet253/396
Sana31.07.2023
Hajmi4.13 Mb.
#1664109
1   ...   249   250   251   252   253   254   255   256   ...   396
Bog'liq
МТ Она тили

Elektron ta’lim resurslari
1. www.tdpu.uz
2.www.pedagog.uz
3.www.Ziyonet.uz
4.www.edu.uz
5. tdpu-INTRANET.Ped
5.www.Google.uz
3-amaliy mashg’ulot
Mavzu: Gap, uning ifoda maqsadiga ko‘ra turlarini ajratish, yig‘iq va yoyiq gaplarni, ikki bosh bo‘lakli va bir bosh bo‘lakli gaplarni aniqlash bo‘yicha tahlil qoliplari, mashqlar va testlar.
Reja:

  1. Gap haqida umumiy ma’lumot.

  2. Gapning ifoda maqsadiga ko’ra turlari.

  3. Yig’iq va yoyiq gaplar.

  4. Ikki va bir bosh bo’lakli gaplar.

  5. Gap va uning ifoda maqsadiga ko’ra turlari yuzasidan mashqlar.

Mavzu bayoni: Gap ham mustaqil so`zlarning grammatik-semantik munosabatidan tashkil topadi. Lekin gap predikativ Harakterdagi qo`shilmadan iborat bo`lib, komunikativ vazifasini bajaradi, boshqacha qilib aytganda, uning mazmunidan biron bir predmet, voqea-hodisa haqtidagi xabar anglashiladi.
Gapning bir so`zdan iborat bo`lishi mumkinligi ham uning so`z birikmasidan farq qilishini ta’minlovchi bir belgidir.
Aloqa-aralashuv vositalarning eng kichik birligi gapdir. Gap nutq birligi sanaladi.
O`zbek tilida gaplar quyidagi belgilarga ko`ra taslif qilinadi.
1.Ifoda maqsadga ko`ra turlari.
Har bir gap o`zida so`zlovchining yoki yozuvchining shu gapini aytishidan maqsadini ham ifoda etadi. SHu gap orqali muallif bir fikrni aytmoqchi yoki so`ramoqchi bo`lsa yoxud o`zining xohish yoki iltimosini bayon qiladi. SHunga ko`ra gaplar uchga bo`lib o`rganiladi.
a)darak gap
b)so`roq gap.
v) buyruq gap
DARAK GAP
Ob’ektiv borliqdagi biror voqea – hodisa haqida xabar berish, uningmavjudligini qayd etish uchun qo`llangan gaplar darak gap deyiladi. Masalan: Bahor kelganiga qaramay, kunlar hali ancha sovuq.
Darak gaplar darak intonatsiyasi bilan aytiladi. Odatda gap bo`laklari normal holatda joylashadi. Darak gaplarning kesimi ko`pincha aniq mayldagi fe’llardan iborat bo`ladi. Darak gaplar nutqda eng ko`p qo`llanuvchi gap turi hisoblanadi. Hatto katta-katta matnlar faqat darak gaplardan tuzilishi mumkin.

Download 4.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   249   250   251   252   253   254   255   256   ...   396




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling