SAVOL-JAVOB ORQALI TALABALAR BILIMINI MUSTAHKAMLASH
Gap va uning asosiy belgilari.
Darak gaplar haqida so‘zlang.
So‘roq gap va uning turlari haqida so‘zlang.
So‘roq gaplar qanday vositalar yordamida shakllanadi?
Buyruq gap va uning turlari haqida so‘zlang.
His hayajon gaplar haqida so‘zlang.
His-hayajon gaplarda tinish belgilarining qo‘lla¬nishi haqida gapiring.
MAVZUNI MUSTAHKAMLASH UCHUN TESTLAR
1. Kimda qanday taklif bor? So‘roq gap qaysi vosita yordamida tuzilgan?
A) Faqat qanday so‘roq so‘zi yordamida. B) Faqat kim so‘roq olmoshi bilan. C) So‘roq yuklamasi vositasida. D) So‘roq olmoshlari ishtirokida.
2. 1. Darak gap. 2. So‘roq gap. 3. Buyruq gap. Gapning ifoda maqsadiga ko‘ra ushbu turlaridan qay biri dialogik nutqda ko‘proq ishlatiladi?
A) 1 B) 2 C) 3 D) 1,2
3. Quyidagi gaplardan qaysi birida so‘zlar o‘rnini almashtirsak, gap yo‘qoladi?
1. So‘rading sen. 2. Biz studentmiz. 3.O‘ttiz kun–bir oy. 4. Zamira yozgan. 5. Havo toza.
A) 1,2,3,4 B) 1,4,5 C) 4,5 D) 4
4. mi, -chi, -a, -ya yuklamalari yordamida qanday gap tuziladi?
A) buyruq gap B) his-hayajon gap C) darak gap D) so‘roq gap
5. Qaysi gapni so‘roq olmoshi yordamida ritorik gapga aylantirish mumkin?
A) Tog‘ orqasidan shamol ko‘tarildi. B) Osmonda yulduzlar chamani porlaydi. C) Tinch uyda janjal bo‘lishini istaydi. D) Siz odamlarni yaxshi bilasiz.
D) bitishuv yoki boshqaruv yo‘li bilan
Uyga vazifa:
So‘roq gaplarni sof va ritorik so‘roq gaplarga ajratib yozing.
1. Pulni olmaganimni, vijdonim pokligini kim bilib o‘tiribdi? (T.Malik) 2. Axir ular mardikor emas, hasharchi hisoblansa... mehnatidan azob topib, norozi bo‘lib ketishi kerakmi? (T.Malik) 3. Bu ahvolda suvga tushgan bo‘lka nonga o‘xshab cho‘kib o‘tirganingdan ruhi ranjimaydimi? (S.Ahm.) 4. O‘sha lim-lim daryoni ayyuhannos solgan bilan orqaga qayirib bo‘larkanmi? (O‘.Usm.) 5. Mayli, tanasi boshqa dard bilmas, deganlaridek, uning dardu hasratlarini bilmaganlar nimalar demaydi? (O.Yo.) 6. Urush qurbonlariga yodgorlik o‘rnatishdan savob ish bormi? (O.Yo.) 7. – Men seni ket deyapmanmi? Yaxshi odam bo‘lsang, o‘zingga foyda! Yoshing yigirma beshdan oshdi.(P.Q.) 8. U chiqadigan vagondan keyingisining qarshisidagi gazeta-jurnal sotish do‘konchasi yonida G‘ulom aka turardi. Mohidilni kutyaptimikin? Xuddi shu bugun, shu soatda kelishini qayoqdan bildiykin u? (J.Abd.)
Do'stlaringiz bilan baham: |