Ta’lim sohasi: 110000 – Pedagogika Ta’lim yo`nalishi


MAVZUNI MUSTAHKAMLASH UCHUN TESTLAR


Download 4.13 Mb.
bet247/396
Sana31.07.2023
Hajmi4.13 Mb.
#1664109
1   ...   243   244   245   246   247   248   249   250   ...   396
Bog'liq
МТ Она тили

MAVZUNI MUSTAHKAMLASH UCHUN TESTLAR
1. Shoshmasdan bajarmoq, to‘g‘riga yurmoq kabi birikmalardagi so‘zlar o‘zaro qanday yo‘l bilan bog‘langan?
A) moslashuv usuli bilan B) ko‘makchili boshqaruv usuli bilan C) bitishuv usuli bilan D) kelishikli boshqaruv usuli bilan
2. Boshqaruvli birikmani toping.
A) yaqinda keldi B)chindan aytdi
C)kecha keldi D)boshqaruvli birikma mavjud emas.
3. Bitishuv yo‘li bilan hosil bo‘lgan so‘z birikmasini aniqlang.
A) bolalar haqida g‘amxo‘rlik B) maktab hovlisi
C) qaytadan yozmoq D) gapirishga oson
4. Moslashuvli birikmalarda so‘z o‘zgartuvchi qo‘shimchalardan qaysilari faol qatnashadi?
A) shaxs-son qo‘shimchasi B) egalik qo‘shimchasi
C) kelishik qo‘shimchasi D) A, B
5. Egri tayoqning butog‘i burunni yirtar. Ushbu maqolda so‘zlarning o‘zaro aloqasi qanday yo‘l bilan amalga oshgan?
A) gapda so‘zlar teng va tobe bog‘langan B) boshqaruv va moslashuv yo‘li bilan C) faqat boshqaruv yo‘li bilan D) moslashuv, bitishuv va boshqaruv yo‘li bilan
6. Sanjar bilan Sherzod bog‘ tomon yurdilar. Ushbu gapdagi bog‘ tomon yurdilar birikmasi o‘zaro qanday yo‘l bilan bog‘langan?
A) ko‘makchili boshqaruv yo‘li bilan B) moslashuv yo‘li bilan
C) kelishikli boshqaruv yo‘li bilan D) teng bog‘lanish yo‘li bilan
7. So‘z birikmalarida ergash so‘z ravish yoki sifatlar bilan ifodalansa, ular bosh so‘zga asosan qanday yo‘l bilan birikadi?
A) moslashuv yo‘li bilan B) bitishuv yo‘li bilan
C) boshqaruv yo‘li bilan D) bitishuv yoki boshqaruv yo‘li bilan
Uyga vazifa:
Gap tarkibidagi so‘z birikmalarini namunadagidek to‘liq tahlil qiling.
erg. so‘z bosh so‘z
N a m u n a : pastga tushib ketdiboshqaruv usuli bilan
bog‘langan, fe'lli so‘z bir., sodda so‘z bir.
1. Qiz yugurganicha pastga tushib ketdi. (J.Abd.). (Sh.) 2. Bu mahal mashina gavjum ko‘chalardan o‘tib, chetroqdagi bir do‘kon bo‘sag‘asida to‘xtadi
3. Yarim soatgacha maktab qo‘ng‘irog‘i jaranglab turdi.(S.Barnoev) 4. Unsin shu tarzda olti kun qamalib yotdi.(O.) 5. Uzoq yillik tajribadan u bir narsani bilardi. (O‘.Umarbekov) 6. Boshida ular juda inoq ishlashadi. (S.Ahm.) 7. Bu yog‘ini Ummatali hali-hali tiniq eslolmaydi. (Sh.)
8. Undagi xastalik hamon o‘z kuchini ko‘rsatmoqda edi.(J.Abd.) 9. Fotih so‘nggi so‘zlarini go‘yo qattiq kuyunib aytdi.(O.Yo.) 10. Birdan oldinda kattakon ko‘l ko‘rinadi.(J.Abd.) 10. Kunora nazoratchilar tushib turadilar bu yerga.(X.T.) 11. Ana shunda Tilovberdi polvon epchillik bilan Abray polvon bilagidan ushladi.(T.Murod) 12. Muzaffarning lo‘ppi yuzidagi achinish alomati xushnud tabassum bilan almashdi.(O.Yo.) 13. Mayingina shabada yer nafasini ufurib, yengil esadi.(J.Abd.)



Download 4.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   243   244   245   246   247   248   249   250   ...   396




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling