Uyga vazifa:
1-topshiriq. Tinish belgilarining birgalikda qo‘llanish sabablarini izohlang.
1. B o y . O‘g‘lim, kim ila borasan!? (Behbudiy) 2. So‘ngra buzuq ovoz bilan zo‘rg‘a-zo‘rg‘a: - Bo‘g‘ma, bo‘g‘ma meni!.. – deb qichqirdi. (Ch.) 3. Siz butun xalqni gadoy, tilanchi qilmoqchimisiz?! – Yo‘lchi kinoya, istehzo bilan Abdishukurga tikildi.(O.) 4. Otamning piriday kap-katta sallalik domla o‘tiribdilar. Qanday qarayman?.. (Cho‘lpon)
2-topshiriq. Quyidagi gaplardagi tinish belgilarining qo‘yilish sabablarini izohlang.
1. Navoiy shahzodaning iltimosi bilan hammadan yuqori o‘tirdi.(O.)
2. – Mir janoblarining so‘zlari ma'qul... – dedi majlisga qarab qari sarkarda, sodda dag‘al tovush bilan. – Ammo ne asosda sulh yasalmog‘i kerak – bu jihatni bilsak yaxshi bo‘lur edi. (O.) 3. Egalik affiksining boshqa biror negiz bilan bog‘lanish tufayli qo‘shilishi uch xil:
1. Qaratqich kelishigidagi negiz bilan bog‘lanishda ishlatiladi. 2. Chiqish kelishigidagi negiz bilan bog‘lanishda ishlatiladi. 3. Bosh kelishikdagi negiz bilan bog‘lanishda ishlatiladi. (“O‘zbek tili grammatikasi” dan)
4. Terishga berildi 03.11.94. Bosishga ruxsat etildi 10.01.95. ( 10-11 sinf “Ona tili darsligi”dan ) 5. Agradan Humoyunga yordam kelmasligi aniqmi? (P.Q.) Ikromjon unga qarab qahr-g‘azab bilan qichqirardi:
- Xoin! Qochoq! Nomard! (S.Ahm.) 6. – Uf! - deydi pishqirib Xorud.(Sh.R.) – O‘tir! – deb buyurdi Ikromjon. (S.Ahm.) 7. Mehmoningiz edim, chidab eshitdim. Bizni o‘zbek (!) deydilar. (T.Malik).
Foydalaniladigan adabiyotlar:
Asosiy adabiyotlar
1.Hamrayev M.,Muhamedova D.,Shodmonqulova D.,G‘ulomova X.,Yo‘ldosheva Sh. Ona tili. Toshkent, “Moliya-Iqtisod” 2007-yil. -300 bet.
2. Ikromova R., Muhamedova D., Hamrayev M. Ona tilidan mashqlar to‘plami. TDPU, Toshkent, 2009. -240 bet.
Qo‘shimcha adabiyotlar:
1.Mirziyoyev Sh. Erkin va farovon, demokratik O`zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz.-Toshkent: “O`zbekiston” – 2016. 56 B.
2.Mirziyoyev Sh. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan quramiz.-Toshkent: “O`zbekiston” – 2016. 488 B.
3. Jamolxonov H. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. 2005, “Talqin” nashriyoti
4. Rahmatullayev Sh. Hozirgi adabiy o‘zbek tili. 2006,“Universitet” nashriyoti.
5. Yunusov R. O‘zbek tilidan praktikum. 1-qism, 2006, TDPU.
Do'stlaringiz bilan baham: |