Ta’lim sohasi: 110000 – Pedagogika Ta’lim yo`nalishi


TESTLAR Test topshiriqlarining qiyinlik darajasi mezoni


Download 4.13 Mb.
bet366/396
Sana31.07.2023
Hajmi4.13 Mb.
#1664109
1   ...   362   363   364   365   366   367   368   369   ...   396
Bog'liq
МТ Она тили

TESTLAR


Test topshiriqlarining qiyinlik darajasi mezoni.
Test topshiriqlarining qiyinlik darajasi mezoni o‘rganilayotganob'ektning xususiyatlarini o‘zida to‘liq aks ettirib, u tahsil oluvchilartomonidan mazkur xususiyatlarni aniqlash uchun bajaradigan aqliyoperatsiyalariga ko‘ra:
 Reproduktiv daraja;
 Produktiv daraja;
 Qisman-izlanishli daraja;
 Ijodiy (kreativ) darajada bo‘lishi mumkin.
Reproduktiv darajadagi test topshiriqlari tahsil oluvchilarningtomonidan yodda saqlangan bilim, ko‘nikma va malakalarni tanish odatiyvaziyatda axborotlarni qayta ishlamasdan javob qaytarishni talab etadi. Budarajada tuzilgan testlar tahsil oluvchilar tomonidan o‘zlashtirgan bilim,ko‘nikma va malakalarni aniq baholash imkonini bermaydi.
Produktiv darajada tuzilgan test topshiriqlari tahsil oluvchilartomonidan o‘rganilgan ob'ektlarni qiyoslash, o‘xshashlik va farqlarni aniqlash,umumiy xulosa chiqarish orqali javob berishni talab etadi.
Qisman-izlanishli darajadagi test topshiriqlari tahsil oluvchilartomonidan o‘rganilgan ob'ektlarning xususiyatlarini boshqa ob'ektga ko‘chirish,mazkur ob'ektlarni taqqoslab, keyingi ob'ektning o‘ziga xos xususiyatlarihaqida xulosa chiqarish, qisman izlanish olib borishni talab etadi. Tahsiloluvchilar tomonidan mazkur darajadagi test topshiriqlariga javob berishdaavval o‘zlashtirilgan bilimlar yangi vaziyatlarga ko‘chiriladi.
Ijodiy (kreativ) darajada tuzilgan test topshiriqlari tahsiloluvchilar tomonidan ijodiy fikr yuritish ko‘nikmalariga ega bo‘lish, mazkur test topshiriqlarini bajarish jarayonida tahsil oluvchilar tomonidan avval o‘zlashtirilgan bilim, ko‘nikma va malakalarni yangi kutilmagan vaziyatlardaqo‘llashni talab etadi.Dastlabki reproduktiv va produktiv darajadagi test topshiriqlari o‘quvfan bo‘yicha tasdiqlangan DTS ining minimal darajasiga, qisman-izlanishliva ijodiy (kreativ) darajadagi test topshiriqlari DTSining maksimaldarajasiga mos tuzilishi zarur.
1.Arxaizm va istorizmga oid so‘zlarni jadvalning o‘ng tomoniga raqamlar bilan yozing: 1) dudoq; 2) cho‘ri; 3) mingboshi; 4) sallox; 5) o‘ron; 6) botmon; 7) yonoq; 8)omoch; 9) yog‘iy; 10) partkom;



Istorizm va arxaizmlar



Javob raqamlar

Arxaizm






Istorizm






Javoblar:



Istorizm va arxaizmlar



Javob raqamlar

Arxaizm



1,4,5,7,9.



Istorizm



2,3,6,8,10.



Savollarni javoblarga moslashtiring.



Istorizm

A

Fan-texnika, xalq xo‘jaligi, qishloq xo‘jaligiga doir ilmiy tushunchalarni aniq ifodalaydigan so‘zlar.

Arxaizm

V

Kundalik hayotimizdagi yangi narsalarni, ularning belgilarini, yangicha munosabatlarni, umuman yangi tushunchalarni ifoda etish ehtiyoji bilan yuzaga kelgan so‘zlar.

Atamalar

C

Tilda sinfiy ayirmalikni ko‘rsatib turadigan so‘zlar «sinfiy dialektning so‘zlari».

Neologizmlar

D

Hozir mavjud bo‘lgan narsa-hodisalarning eskirib qolgan nomlari.

jargon

E

o‘tmishdagi narsa va hodisalarning nomi bo‘lgan, ammo hozir eskirib qolgan so‘zlar.

2.Quyida keltirilgan parchada muallif zajigalka so‘zining o‘rnida qaysi so‘zni qo‘llagan. Nuqtalar o‘rniga kerakli neologizmni topib yozing. “Bek akang ko‘rinmay qoldiku? – dedi kesak polvon labiga sigaret qistirib. Xumkalla cho‘ntagidan chaqqonlik bilan .......olib unga olov tutdi...”
Javob: yoqqich.

3. Nuqtalar o‘rniga kerakli so‘zlarni topib yozing. Dialektizm – grekcha so‘z bo‘lib, dialektos – «tilning ...................» demakdir.


Javob: mahalliy ko‘rinishidir.
4. Nuqtalar o‘rniga kerakli so‘zlarni topib yozing. Tilda sinonimi mavjud bo‘lib, o‘zi eskirib qolgan so‘zlar .............. so‘zlar deyiladi. Nuqtalar o‘rniga kerakli so‘zni qo‘ying.
Javob: arxaik so‘zlar.
5. Nuqtalar o‘rniga kerakli so‘zlarni topib yozing. O‘tmishdagi narsa va tushunchalarning nomi bo‘lib, hozirgi kunda eskirib qolgan so‘zlar yaqin o‘tmishga xos bo‘ladi va ular .............. deb ataladi.
Javob: istorizmlar.
3.Dilni o’rtar hamon g’am-u g’urbatlari,
Yot ellarda qolib ketdi turbatlari,
“Fig’onkim…”deb o’tdi qancha furqatlari,
Yorkentlarda ko’zi jayron yurt edi bu.
(S.Sayyid)
She’riy parchada qo’llangan turbatlari so’zining ma’nosini belgilang.
A)uy-joy,davlat B)armon,orzu
C)tosh,tuproq D)tuproq,yer,ziyoratgoh

6. Qaysi qatorda arxaik so’zlarga misollar berilgan?


A) elig, ponsodboshi, amir *B) talim, o’kush, budun
C) batsiq, o’z, gavora
D) ellikboshi, mingboshi, parvonachi
7. Faqat ma’lum sotsial guruh hamda ma’lum bir hudud doirasidagina qo‘llanib, umumxalq tiliga xos bo‘lmagan so‘zlarni bildiruvchi atama qaysi javobda ko‘rsatilgan?
*A) chegaralangan so‘zlar B) shevaga xos so‘zlar
C) neytral leksika D) jargon va argolar.
8.Faqat ma’lum sotsial hamda ma’lum bir hudud doirasidagina qo’llanib, umumxalq tiliga xos bo’lmagan so’zlarni bildiruvchi atama qaysi javobda ko’rsatilgan?
A)neytral leksika
B)shevaga xos so’zlar
C)jargon va argolar
D)chegaralangan so’zlar
2.Eski o’zbek tiliga xos o’ko’sh ,ta’lim so’zlarning ma’nosini aniqlang .
A)o’ko’sh-nihoyatda,ta’lim-kam
B)o’ko’sh-maktab,ta’lim-bilim
C)o’ko’sh-ko’p,ta’lim-bir qancha
D)o’ko’sh-o’qish,talim-ta’lim
3.Dilni o’rtar hamon g’am-u g’urbatlari,
Yot ellarda qolib ketdi turbatlari,
“Fig’onkim…”deb o’tdi qancha furqatlari,
Yorkentlarda ko’zi jayron yurt edi bu.
(S.Sayyid)
She’riy parchada qo’llangan turbatlari so’zining ma’nosini belgilang.
A)uy-joy,davlat B)armon,orzu
C)tosh,tuproq D)tuproq,yer,ziyoratgoh
4.Sog’lomlik ma’nosini anglatuvchi eskirgan so’zni belgilang.
A)qopungda B)huvaydo
C)behbud D)pasha
5.Eski o’zbek adabiy tiliga xos “kilk” so’zining ma’nosi to’g’ri qayd etilgan javobni belgilang.
A)qo’shin B)ilik
C)tulki D)qamish qalam
6.Eski turkiy tildagi “art”so’zi qanday ma’nono ifodalaydi?
A)san’at B)urug’, zot
C)tepa,dovon D)ko’p,cheksiz
7.Eski o’zbek adabiy tiliga xos bo’lgan “huvaydo”so’zining ma’nosini aniqlang.
A)ayon, ravshan B)mard,botir
C)toza,musaffo D)oshiq ,xushtor
8.Eski o’zbek adabiy tiliga xos bo’lgan behbud so’zining ma’nosini aniqlang.
A)sog’lomlik B)odoblilik
C)tug’ma tabiat D)baxtiyorlik
9.Aylamang bekaslig`imni ta’na bir kun bor edi,
Menda ham bir nozanin chobuksuvor,ey do’stlar.
Baytda keltirilgan “chobuksuvor”so’zi qaysi javobda to’g’ri izohlangan?
A)go’zal,yor B)ishva qiluvchi
C)chavandoz D)haddidan oshgan
11.Ulus,bitik,dudoq kabi so’zlar qaysi qatorga tegishli?
A)shevalarga xos so’zlar
B)kasb-hunarga oid so’zlar
C)umumxalq ishlatadigan so’zlar
D)arxaizmlar
12.Eskirib qolgan so’zlar qatorini ko’rsating.
A)baynalminal,vazir,qalam
B)qadim ,viloyat,muhr
C)qit`a,charx,chig’iriq
D)paranji,charx,chig’iriq
13.Eskirib qolgan so’zlar qatorini ko’rsating.
A)A)mahsido’zlik,etikdo’zlik,nosvoy
B)sahhoflik,bazzozlik,sarroflik
C)kulolchilik,chegachilik,dukchilik
D)chinnifurushlik,attorlik,namat
14.Bo’zchi belboqqa yolchimas, kulol mo’ndiga.
Ushbu maqoldagi “mo’ndi” so’zi ishlatilish davriga ko’ra qanday so’zlar deyiladi?
A)atamalar B)shevaga xos so’zlar
C)eskirib qolgan so’zlar D)yangi so’zlar
15)Quyidagi sinonimik qatordagi so’zlarning qaysi biri eskirgan?
A)osmon B)samo C) gardun D)falak


  1. Download 4.13 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   362   363   364   365   366   367   368   369   ...   396




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling