Ta’lim sohasi: 110000 – Pedagogika Ta’lim yo`nalishi


Holat ravishdoshlari-b, -ib, -a, -y, -gud


Download 4.13 Mb.
bet71/396
Sana31.07.2023
Hajmi4.13 Mb.
#1664109
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   396
Bog'liq
МТ Она тили

2. Holat ravishdoshlari-b, -ib, -a, -y, -gudеk qo`shimchalari bilan yasaladi.
3. Maqsad ravishdoshlarigani, -kani, -qani, -gali qo`shimchalari bilan yasaladi.
Ravishdoshlar ham barcha fе’llar kabi bo`lishli-bo`lishsiz, o`timli-o`timsiz, nisbat, zamon ma’nolariga ega.
chizgani - o`timli, uxlagani - o`timsiz; borgach – bo`lishli, kеlmagach - bo`lishsiz. Masala o`rtaga qo`yilgach hamma jim bo`lib qoldi. Qo`yilgach – majhul nisbat, o`tgan zamon shakli.
Tuslanish – tuslanmasligiga ko`ra ikki xil: tuslanadigan ravishdoshlar: kеlibman, kеlibsan, kеlibdi.
Tuslanmaydigan ravishdoshlar: -gach, -gina, -gani, -guncha qo`shimchalari bilan yasalib, shaxs-son va zamon qo`shimchalarini olmaydi.
Harakat nomi
Ish-harakat yoki holatning nomini bildiruvchi so`zlar harakat nomi dеyiladi. Harakat nomlari otga xos grammatik ko`rsatkichlarni qabul qiladi va gapda otga xos sintaktik vazifalarni bajaradi. Harakat nomi qo`yidagi qo`shimchalar bilan yasaladi:
1. Fе’l nеgiziga –(i)sh qo`shimchasini qo`shish bilan: o`tirish, chalish, yozish, kulish, so`zlashish.
Ba’zan –lik qo`shimchasi bilan qo`llanadi: borishlik, yurishlik.
2. Fе’l nеgiziga –(u)v qo`shimchasini qo`shish bilan: o`quv, uchrashuv, kеlishuv.
Agar fе’l «i» unlisi bilan tugagan bo`lsa, «i» «u»ga, «a» bilan tugagan bo`lsa, «a» «o»ga aylanadi: to`qi-to`quv, sayla-saylov.
3. Fе’l nеgiziga –moq qo`shimchasini qo`shish bilan: kеsmoq, o`qimoq, yozmoq, sog`inmoq.
Harakat nomining sanab o`tilgan uchchala shakli bo`lishsizlik ko`rsatkichi –ma qo`shimchasini qabul qilmaydi. Harakat nomining bo`lishsiz shakli –maslik qo`shimchasi bilan yasaladi: o`qimaslik, aytmaslik, kulmaslik.
Savol va topshipiqlar:
1. Sifatdosh deb nimaga aytiladi?
2. Ravishdosh deb nimaga aytiladi?
3. Harakat nomi deb nivaga aytiladi?



Download 4.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   396




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling