Ta’lim sohasi: 110000 – Pedagogika Ta’lim yo`nalishi


Download 4.13 Mb.
bet68/396
Sana31.07.2023
Hajmi4.13 Mb.
#1664109
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   396
Bog'liq
МТ Она тили

3. Shart (istak) mayli. Bu mayldagi fe’l birinchidan, ma’lum ish-harakatning yuzaga chiqishi uchun undan oldin bajarilishi shart bo‘lgan ish-harakatni ifodalaydi. Bunda shart maylidagi fe’l ergash gapning kesimi vazifasida keladi. Masalan: Bolalaring senga qanday munosabatda bo‘lishini istasang, ota-onangga ham shunday munosabatda bo‘l (Tafakkur gulshani). Ikkinchidan, bu shakldagi fe’lning o‘zi orzu-istak, xohish, maslahat, iltimos kabi ma’nolarni ifodalaydi va sodda gapning yoki qo‘shma gaplarda bosh gapning kesimi vazifasida qo‘llanadi: Qani endi inqilob bo‘lsa-yu, mehnatkash xalq xonni ag‘ darib mamlakatni o‘zi idora qilsa, hamma erkin nafas olsa (N.SHaripov). Qani endi bu qirlarga ko‘klamda chiqsang. Onajon, shu suratni menga bersangiz (A.Q.)
Ko‘rinadiki, shart maylidagi fe’l kelasi zamon tushunchasini anglatib, shart-istak ma’nosi fe’lning buyruq-istak maylidan bosh shaklga –sa qo‘shimchasini qo‘shish va tuslash orqali shakllanadi: o‘qisam, o‘qisang, o‘qisa; o‘qisak, o‘qisangiz, o‘qisalar kabi.
SHart mayli formasidagi fe’l edi, ekan to‘liqsiz fe’llar bilan; kerak, bo‘lmoq, ehtimol kabi modal ma’noli so‘zlar bilan birga qo‘llanishi mumkin: o‘qisa edi, o‘qisa ekan; o‘qisa kerak, o‘qisa bo‘ladi kabi. Bunday shaklda kelgan fe’llar tilak, orzu, gumon, noaniqlik kabi ma’nolarni bildiradi: Nahotki Muqaddas shu yotoqxonada tursa? (O.YO.). bu erda sho‘r imoratning ofati bo‘lsa kerak (A.Q.). Xo‘sh, endi sizlarga nima sovg‘a bersam ekan (O.).
SHuningdek, shart maylidagi fe’l qo‘shma gapning bir necha turlarida ergash gapni bosh gapga bog‘lash uchun xizmat qiladi: Ertalab derazadan qarasam, hamma yoq oppoq... (O.). To‘tiqiz... dugonasini o‘ylasa, xolasi o‘z ko‘ksida panoh topgandek bag‘ riga kirib olgan jiyanini o‘ylar edi (M. Ismoiliy).
Fе’llarda shaxs-son
Fе’llarda ish-harakatning kim yoki kimlar tomonidan bajarilishi grammatik son qo`shimchalari orqali aniqlanadi. Ish-harakat bajaruvchisi bir kishi bo`lganda birlik, bir nеcha kishi bo`lganda ko`plik shakli qo`shimchasi ishlatiladi. Bu qo`shimchalar harakat bajaruvchisi – grammatik shaxsni ham ifodalaganligi uchun shaxs-son qo`shimchalari dеb yuritiladi. Fе’llarda uch shaxs mavjud:

Download 4.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   396




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling