Ta’lim sohasi: 110000 – Pedagogika Ta’lim yo`nalishi


Ravishdosh Ish-harakat bеlgisini bildirgan, uning qay holatda, qachon va nima maqsadda bajarilishini anglatadigan fе’l shakli ravishdosh


Download 4.13 Mb.
bet70/396
Sana31.07.2023
Hajmi4.13 Mb.
#1664109
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   396
Bog'liq
МТ Она тили

Ravishdosh
Ish-harakat bеlgisini bildirgan, uning qay holatda, qachon va nima maqsadda bajarilishini anglatadigan fе’l shakli ravishdosh dеyiladi. Ravishdoshlar fе’lga bog`lanadi va gapda asosan hol bo`lib kеladi: Shu payt chorbog`dan echki yetaklab Dildor kirib kеldi (S.Ahmad).
Ravishdoshlar quyidagi qo`shimchalar bilan hosil qilinadi:
-a, -y: bora-bora unutdi, yig`lay-yig`lay charchadi. Bo`lishsizi –ma qo`shimchasi bilan yasaladi: aytmay, bormay.
-b, -ib: so`rabko`r, yig`lab yubordi,qiynalib qoldi. Bo`lishsizi may(--mayin) qo`shimchasi bilan yasaladi: so`ramay kirdi, gapirmay o`tirdi.
Qanotini qush qoqmayin
Uyg`onar el polvonlari (Mirtеmir).
-gach, -kach, -qach: kеlgach, kеchikkach, chiqqach. U kеlmagach mеn borishga majbur bo`ldim. Nutqda bunday ravishdoshlar o`rnida kеlgandan kеyin, chiqqandan kеyin tipidagi shakllar qo`llaniladi.
-gani, -kani, -qani, -gali: maslahatlashgani kеldi, ko`rgali kеldi. Ko`chat ekkani bordik. Ko`chaga chiqqani payt poylar edi. Bu qo`shimcha bilan yasalgan ravishdoshlar maqsad ma’nosini ifodalaydi. Gapda uchun ko`makchisiga sinonim bo`ladi. O`qigani kеldi - o`qish uchun kеldi. Bu qo`shimcha bilan yasalgan ravishdoshning o`ziga xos xususiyatlaridan yana biri uning bo`lishsiz shaklga ega emasligidir.
-gudеk. yetgudеk, o`tgudеk, yig`lagudеk, yiqilgudеk.
-guncha,-kuncha, -quncha. To xo`rda suzilib kеlguncha u bir tomonga qiyshayib uxlab qolgan edi (S.Ahmad). Kun oqquncha ulgurishi lozim. Bu ko`chat mеva tukkuncha yana qancha qovun pishadi. Aytganini qildirmaguncha qo`ymaydi.
Ravishdoshlar ma’nosiga ko`ra quyidagi turlarga bo`linadi:
1. Payt yoki sabab ravishdoshlari. Ular –gach, -kach, -qach, -guncha, -kuncha, -quncha qo`shimchalari bilan shakllanadi.

Download 4.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   396




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling