Ta’lim sohasi: 110000 – Pedagogika Ta’lim yo`nalishi


Ko‘makchilarni tahlil qilish tartibi


Download 4.13 Mb.
bet89/396
Sana31.07.2023
Hajmi4.13 Mb.
#1664109
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   396
Bog'liq
МТ Она тили

Ko‘makchilarni tahlil qilish tartibi

  1. Turi.

  1. Qaysi kеlishikdagi so‘zga bog`langan?

  2. Qanday ma’noni ifodalagan?

  3. Qaysi so‘zni qaysi so‘zga bog`lagan?

  4. Sinonimi.

Namuna: Fеruza kuni bilan dars tayyorladi.
Bilan sof ko‘makchi, bosh kеlishikdagi so‘zga bog`langan, vaqt ma’nosini ifodalagan, otni fе’lga bog`lagan, bo‘yi – kun bo‘yi.


Bog`lovchilarni tahlil qilish tartibi
1. Qo`llanishiga ko`ra turi (yakka, takror).
2. Ma’no va vazifasiga ko`ra turi (tеng, ergashtiruvchi).
3. Bog`lash xususiyatiga ko`ra turi (gap bo`laklarini, qo`shma gap tarkibidagi sodda gaplarni).
4. Sinonimi.
Namuna: Agar topshiriqlarni o`z vaqtida bajarsang, sеni ta’tilda Buxoroga olib boraman.
Agar – bog`lovchi.
1. Yakka bog`lovchi.
2. Ergashtiruvchi bog`lovchi, shart bog`lovchisi.
3. Qo`shma gap tarkibidagi sodda gaplarni bog`lagan.
4. Agarda.
Yuklamalarni tahlil qilish tartibi

  1. Qaysi yuklamalr ishtirok etgan?

  1. Ma’no turi.

  2. Tuzilishiga ko`ra turi.

  3. Imlosi.

  4. Sinonimi.

Namuna: Iroda faqatgina arzimas narsalarga, faqatgina qandaydir ma’nosiz narsalarga osilib oladigan bo`lsa, u qaysarlikka aylanib qoladi (T.Malik).



  1. faqatgina, -dir

  1. faqatgina ayiruv va ta’kid yuklamasi, -dir gumon yuklamasi.

  2. so`z va qo`shimcha shaklidagi yuklamalar.

  3. so`z – yuklama ayrim yoziladi, qo`shimcha shaklidagi yuklama qo`shib yoziladi.

  4. faqatgina – yolg`iz, qandaydir – allaqanday.



Savol va topshiriqlar:
1. Yordamchi so`zlar turkumi deb nimaga aytiladi.
2. Ko`makchi nima?
3. Ko`makchining qanday turlari bor?
4. Ko`makchilar qanday qo`llanadi?
5. Bog`lovchi nima?
6. Bog`lovchining qanday turlari bor?
7. Yuklama deb nimaga aytiladi?
8. Yuklamaning qanday turlari bor?

Download 4.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   396




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling