Ta’lim sohasi: 110000 – Pedagogika Ta’lim yo`nalishi


-mavzu: Alohida olingan so`zlar turkumi: mоdal so`zlar, undov so`zlar, taqlid so`zlar. Ularning ma’no va grammatik xususiyatlari, sintaktik vazifalari


Download 4.13 Mb.
bet90/396
Sana31.07.2023
Hajmi4.13 Mb.
#1664109
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   396
Bog'liq
МТ Она тили

20-mavzu: Alohida olingan so`zlar turkumi: mоdal so`zlar, undov so`zlar, taqlid so`zlar. Ularning ma’no va grammatik xususiyatlari, sintaktik vazifalari.


REJA:
1.Mоdal so`zlarning lеksik va grammatik хususiyatlari.
2. Undоv so`zlarning ma’nо va tuzilishiga ko`ra turlari.
3.Taqlid so`zlarning ma’nо va tuzilishiga ko`ra turlari


Tayanch atama va iboralar: modal so`zlar, undov so`zlar, holat undovlari, xitob undovlari, ko‘rsatish va ta’kid undovlari, taqlid so‘zlar.


Modal so`zlar. So‘zlovchining o‘z fikriga bo‘lgan munosabatini bildira¬digan so‘zlar modal so‘zlar deyiladi: Ehtimol, bugun etib kelar.
Modal so‘zlar ma’no jihatidan quyidagi turlarga bo‘linadi:
1. Fikrning aniqligini ifodalaydigan modal so‘zlar:
1) fikrning rostligi tasdiqlanadi: darhaqiqat, haqiqatan, haqiqatda, filhaqiqat (arx.); 2) fikrning qat’iyligi ta’kid¬lanadi: shubhasiz, shaksiz, so‘zsiz 3) ishonch: albatta 4) ang¬latilayotgan voqelikning yuzaga kelishi tabiiy ekanligini bildiradi: tabiiy, o‘z-o‘zidan, 5) fikrning chinligi eslatiladi: to‘g‘ ri, xoynaxoy, muhaqqaq (arxaik), aslida, darvoqe, rostdan.
2. Fikrning noaniqligini ifodalaydigan modal so‘zlar:
1) fikrning taxminiyligini bildiradi: shekilli, chamasi, cho¬g‘i;
2) fikrning gumonli ekanligini bildiradi: ehtimol, balki;
3) fikrning tusmolli ekanini bildiradi: aftidan;
4) fikrning chinligiga gumon ham, ishonch ham bildiradigan: har holda, har qalay.
3. Fikrning tartibi: avvalo, avvalambor, birinchidan, ikkinchidan.
4. Fikrning dalillanishi: masalan, jumladan.
5. Xulosa: xullas, demak, nihoyat, xullas kalom.
6. Achinish: afsus, attang, esiz.
7. Zaruriyat: kerak, zarur, lozim.
8. Quvonch: xayriyat.
9. Mavjudlik va mavjud emaslik: bor, yo‘q.
Bulardan tashqari: binobarin, zero, holbuki, vaholanki kabi modal so‘zlar ham mavjud.
Modal so‘zlarning ko‘pchiligi mustaqil so‘zlardan o‘sib chiqqandir.
1) ot turkumidan: aftidan, haqiqatan, mazmuni, ehtimol, darhaqiqat; 2) sifatdan: yaxshi(ki), to‘g‘ ri, so‘zsiz, shubhasiz, tabiiy; 3) ravishdan: albatta; 4) fe’ldan: xoyna-xoy (tojikcha xohi-naxohi so‘zidan); 4) bog‘lovchidan: balki; 5) so‘z birikmasidan: har qalay, har hol¬da; 6) gapning modal so‘zga aylanishi: holbuki (Hol buki); 7) so‘z tushirish natijasida hosil bo‘lgan: o‘z-o‘zidan (aniq so‘zi tushib qoladi).
Modal so‘zlar sof va vazifadosh modal so‘zlarga bo‘linadi. Haqiqatan, darhaqiqat, afsuski, attang, albatta, shekilli, avvalo, xullas, masalan, umuman, taxminan so‘zlari sof modal so‘zlar hisoblansa, modal ma’noda ham qo‘llanadigan aftidan, chamasi, balki, ehtimol, shubhasiz kabi so‘zlar vazifadosh modal so‘zlar hisoblanadi.
Modal so‘zlar gap tarkibidagi so‘zlardan vergul bilan ajratiladi va ko‘pincha kirish so‘z vazifasini bajarib keladi.

Download 4.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   396




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling