Modal so‘zlarning tahlili
Ma’no turi.
Qaysi turkumdan o‘sib chiqqanligi.
Qo‘llanishiga ko‘ra turi.
Sinonimi.
Gapdagi vazifasi.
Namuna: --chindan-chindan: mundan so‘ng Toshkand bormayman, - dеgan javobni bеrar edi (A.Qodiriy).
Chindan – chindan – modal so‘z.
1. Fikr aniqligini ifodalovchi modal so‘z. Fikrning rostligi ta’kidlanyapti.
2. Sifatdan o‘sib chiqqan: chin+dan. chin - qanday so‘rog`iga javob bo‘ladi.
3. Takror holda qo‘llangan.
4. Rostdan, haqiqatdan.
5. Kirish so‘z.
Undovlarni tahlil qilish tartibi
Ma’no turi.
Qo‘llanishiga ko‘ra turi.
Otlashgan-otlashmaganligi.
Gap mazmuni bilan aloqasi va qo‘llanish o‘rni.
Sinonimi.
Gapdagi vazifasi.
Namuna: Oh, bеvafo dunyo! (P.Qodirov)
1.Holat undovi. Afsuslanish ma’nosini ifodalagan.
2.Yakkaholdaqo‘llangan.
3.Otlashmagan.
4.Gap mazmuniga mos. Gapning boshida kеlgan.
5.Eh.
6.Kirish so‘z.
Taqlid so‘zlarni tahlil qilish tartibi:
Ma’no turi.
Qo‘llanishiga ko‘ra turi.
Otlashgan – otlashmaganligi.
Gapdagi vazifasi.
Namuna: Uzoqdan duk-duk ovoz kеlardi.
Duk-duk – taqlid so‘z.
1.Tovushga taqlid. Jonsiz, qattiq jismlar tovushiga taqlid.
2.Takror holda qo‘llangan. Tovushning davomiyligini, takrorlanib turishini
anglatadi.
3.Otlashmagan.
4.Aniqlovchi vazifasida kеlgan.
Savol va topshiriqlar:
1.Modal so`z deb qanday so`zlarga aytiladi?
2. Modal so`zlarni ma`nosiga ko`ra qanday guruhlarga ajratamiz?
3. Mustaqil so`z turkumlaridan o`sib chiqqan modal so`zlarni izohlang.
4. Modal so`zni tahlil qilish tartibini tushuntiring.
5.Undov so`z deb qanday so`zlarga aytiladi?
6.Undov so`zlarni ma`nosiga ko`ra qanday guruhlarga ajratamiz?
7.Undov so`zlar qo`llanishiga ko`ra qanday bo`ladi.
8. Undov so`zni tahlil qilish tartibini tushuntiring.
9.Taqlid so`z deb qanday so`zlarga aytiladi?
10. Taqlid so`zlarni ma`nosiga ko`ra qanday guruhlarga ajratamiz?
11. Taqlid so`zlar gapdagi vazifasi qanday bo`ladi?
12. Taqlid so`zni tahlil qilish tartibini tushuntiring.
Do'stlaringiz bilan baham: |