Ta’lim sohasi: 110000 – Pedagogika Ta’lim yo`nalishi
Download 4.13 Mb.
|
МТ Она тили
Tilning tuzilishi. Til tuzilishiga ko‘ra murakkab hodisa bo‘lib, u bir-biri bilan uzviy bog‘langan quyidagi qismlardan iborat:
1. Tovushlar tizimi. 2. Lug‘at boyligi yoki leksika. 3. Grammatik qurilishi. Ma’lumki, inson tili tovush tilidir. Har bir tilning o‘z tovushlar tizimi mavjud. Tovushlar so‘zlarni, iboralarni, grammatik shakl va ko‘rsatkichlarni shakllantiradi. Tovushlardan iborat bo‘lgan so‘z va iboralar yig‘indisi tilning lug‘at boyligini tashkil qiladi. Lug‘at boyligidagi so‘z va iboralar fikrni ifodalovchi gap uchun qurilish materiali bo‘lib xizmat qiladi. Gap, uni qurish qonun-qoidalarini tilning grammatik qurilishi belgilaydi. Demak, tilning tarkibiy qismlari sanalmish tovushlar tizimi, lug‘at boyligi, grammatik qurilishi o‘zaro chambarchas bog‘langan bo‘lib, biri ikkinchisining bo‘lishini talab qiladi. Har bir konkret til o‘zining ana shu uzvlari bilan bir butun tizimni, sistemani, til tizimini tashkil etadi. Til – taraqqiy qilib, o‘zgarib boruvchi hodisa. Til to‘xtovsiz ravishda o‘zgarib turuvchi, taraqqiy etib boruvchi ijtimoiy hodisadir. Til taraqqiyoti jamiyat taraqqiyoti bilan bevosita bog‘liq. Tilning taraqqiyoti birinchi navbatda uning lug‘at boyligida o‘z aksini topadi. Kishilar hayotidagi o‘zgarishlar, ilm-fan va madaniyatning taraqqiyoti leksikani boyitib boradi. Tilning tovushlar tizimi va grammatik qurilishi esa juda sekinlik bilan o‘zgaradi. Buni til tarixini o‘rganish orqaligina sezish mumkin. O‘zbek tili - o‘zbek millatining tili, o‘zbek tili - O‘zbekiston Respublikasining davlat tili. Davlat tili sifatida o‘zbek adabiy tilining mavqei beqiyos darajada o‘sdi, xizmat doirasi kengaydi, lug‘at tarkibi boyidi, fonetik tizimi, grammatik qurilishning takomillashuvida katta o‘zgarishlar yuz berdi. O‘zbek milliy tili hozirgi o‘zbek millatiga mansub bo‘lgan barcha kishilarning umumiy va yagona tilidir. U o‘zbek millatining shakllanishi bilan bevosita bog‘liq. O‘zbek millati shakllangunga qadar u urug‘ tili, qabila tili va xalq (elat) tili tarzida yashab, rivojlanib keldi. Download 4.13 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling