Ta’lim sohasi: 110000 – Pedagogika Ta’lim yo`nalishi


Milliy til va uning tarkibiy qismlari


Download 4.13 Mb.
bet154/396
Sana31.07.2023
Hajmi4.13 Mb.
#1664109
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   396
Bog'liq
МТ Она тили

Milliy til va uning tarkibiy qismlari. Ma’lumki, o‘zbek xalqi Markaziy Osiyoning qadimgi xalqlaridan biri bo‘lib, uning tili XI-XII asrlarda ma’lum ijtimoiy-tarixiy sharoitlarga ko‘ra xalq tili sifatida shakllana boshladi va asta-sekinlik bilan rivojlanib keldi.
Qayerda yashashidan qat’i nazar o‘zbek millatiga mansub barcha odamlar tomonidan ishlatiladigan til milliy (umumxalq) o‘zbek tili deb yuritiladi. Milliy til o‘z tarkibiga adabiy til, sheva, so‘zlashuv nutqi, jargonlar, vulgarizm (so‘kish, qarg‘ish so‘zlari), varvarizm (tilda o‘rinsiz ishlatilgan chet so‘zlar) kabi guruh so‘zlarni qamrab oladi.
Jamiyatning muayyan tarixiy rivojlanish sharoitida xalqlar (elatlar) taraqqiy qilib, millatga, xalq tillari esa milliy tillarga aylandi. Demak, milliy til millatning paydo bo‘lishi bilan birga yuzaga keladi.
Milliy til millat uchun umumiy bo‘lgan tildir. Milliy til tushunchasi juda keng bo‘lib, u mahalliy dialektlarni (lahja)larni va barcha shevalarni o‘z ichiga oladi. Sheva bir millatga mansub bo‘lib, lekin turli hududlarda yashaydigan odamlar tomonidan ishlatiladigan milliy til ko‘rinishidir. Sheva adabiy tildan quyidagi xususiyatlariga ko‘ra farq qiladi:
1. Fonetik (ya’ni tovush) jihatdan: yo‘q (ad.) – jo‘q (sheva), keldi (ad.) – geldi (sheva), bahor(ad.) – bohor(sheva).
2. Leksik (ya’ni so‘z) jihatdan: ota (ad.) - ada(sheva), chumchuq(ad.) – secha(sheva), sigir(ad.) – inak(sheva).
3. Grammatik (ya’ni, qo‘shimchalar va gap qurilishi) jihatdan: kelyapti (ad.) – kevotti – kelopti – kelutti.
Xalq shevalarining faqat og‘zaki shakli mavjud.
Shevalarning bir-biriga yaqin bo‘lgan guruhlari lahja deb ataladi (dialekt so‘zi sheva va lahja tushunchalarini birgalikda ifodalaydi.). Jumladan, o‘zbek milliy tilining uchta lahjalar (dialektlar) guruhi mavjud:
1. Qarluq lahjasi (janubiy-sharqiy guruh).
2. Qipchoq lahjasi (janubiy-g‘arbiy guruh).
3. O‘g‘uz lahjasi (shimoliy-g‘arbiy guruh).
Tillarning tasnifi. Olimlarning taxmin qilishlaricha, yer yuzida 5000 dan ortiq til bor. Bu tillar tarqalishi va ijtimoiy vazifalariga ko‘ra ham, fonetik, leksik va grammatik xususiyatlariga ko‘ra ham o‘zaro farq qiladi. Jahon tillarining ko‘pchiligini milliy tillar va xalq tillari tashkil qiladi, tillarning ayrimlari esa qabila tillari, hatto urug‘ tillari hisoblanadi.
Milliy tillar o‘zining tarqalish hududi jihatidan hamda ulardan foydalanuvchi aholining miqdori, soni jihatdan bir xil emas: ayrim tillarda kichik hududdagi oz miqdorli aholi gaplashadi, ba’zi tillar esa juda katta hududlardagi ko‘p sonli aholi orasida tarqalgan. Bunday tillarga ingliz, fransuz, nemis, ispan, xitoy, hind, arab, rus va shu kabi tillar kiradi.
Jahon tillarini tasniflash, ularning psixologiyasini ishlab chiqish umumiy tilshunoslikning vazifasiga kiradi.
Yer yuzidagi tillarni o‘rganish XVIII asrdan boshlandi. XIX asrning birinchi yarmida tillarni bir-biriga qiyoslab tekshirish keng tus oldi. Natijada tillarni tekshirishda qiyosiy usul vujudga keldi; bunda tillarning fonetik, morfologik, leksik xususiyatlari bir-biriga solishtiriladi. Bu usul bilan tillarning faqat hozirgi holatigina emas, balki ularning tarixiy holati ham o‘rganiladi. Shuning uchun ham o‘rganishning bu yo‘li qiyosiy-tarixiy usul deb yuritiladi. Tillarni shu yo‘l bilan o‘rgangan va o‘zlarining ilmiy asoslari bilan jahonga tanilgan tilshunoslar sifatida daniyalik Rasmus Rask (1787-1832), olmoniyalik Frans Bopp (1791-1967) va Yakob Grimm (1785-1863), rus olimi Aleksandr Vostokov (1781-1864) kabi buyuk tilshunoslarni ko‘rsatish lozim.
Tilshunoslikda tillarning qator tasniflari mavjud:
1) tillarning geneologik tasnifi; 2) tillarning morfologik tasnifi;
3) tillarning areal (geografik) tasnifi; 4) tillarning funktsional tasnifi.



Download 4.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   396




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling