MAVZUNI MUSTAHKAMLASH UCHUN TESTLAR
Ergashgan qo‘shma gap tarkibidagi sodda gaplarning yordamchilarsiz birikishiga qaysi qatorda misol berilgan?
Tashqaridan kelgan oyoq tovushi bahona bo‘ldi-da, Aziza o‘rnidan turdi.
Yomg‘ir ko‘p yog‘di, ko‘katlar gurkirab o‘sdi.
Kasalning kelishi oson, ketishi ancha qiyin.
Yaxshida gina bo‘lmas, yomon gina ketmas.
Ergash gapli qo‘shma gapni aniqlang.
Bir xil talantga ega bo‘lgan ikki odam bir xildagi sharoitda ikki olam bo‘lib qolishi mumkin.
Xalqqa yaxshilikni o‘rgatib, o‘zini unutgan olim o‘zini yondirib, xalqqa yorug‘lik bergan shamga o‘xshaydi.
Detal pardoz emas, husn bo‘lib asarni ochishi kerak.
Tirik, ya’ni yurakdan chiqqan jo‘shqin nutq o‘likni tiriltirsa, o‘lik, ya’ni yurakdan chiqmagan sovuq nutq, darhaqiqat, o‘likka ham ozor etkazadi.
Ergash gapli qo‘shma gapni aniqlang.
A) Kim mehnatni sevsa, uning qadri baland bo‘ladi.
B) Muhabbat eski narsa, ammo har bir yurak uni yangilaydi.
C) Orzular buyukdir, umrlar qisqa.
D) Biz ko‘rgan, eshitgan, lekin e’tibor bermagan voqealarga san’atkorona baho beramiz.
Uyga vazifa:
Ergashgan qo‘shma gaplarni aniqlab, ergash va bosh gaplarning tagiga tegishlicha chizing va bog‘lovchi vositalarni alohida belgilang.
1. Ko‘zlari ich-ichiga tortib, rangi ham bir oz siniqqan edi. (J.Abd.)
2. Baxtiyor odam o‘z baxtini sezmaganday, sen ham hayotda tutgan mavqyeingni sezmayapsan, shekilli. (J.Abd.) 3. Dadam o‘sha Alibekni ham qattiqroq tergasa, oyim darrov tarafini olib taltaytirar edi.(P.Q.) 4. Fosiq afandi mojarodan xabardor bo‘lsa kerak, turqida hyech qanday ajablanish alomatlari yo‘q edi.(M.Ism.) 5. Abror bir narsa deguncha bo‘lmay, Vazira qizini yana jerkidi.(P.Q.) 6. Bu oqpadar o‘g‘il bilmaydiki, o‘zi jerkib, yerga urayotgan kishisi - otasi! (M.Ism.)
Do'stlaringiz bilan baham: |