Ta’lim sohasi: 110000 – Pedagogika Ta’lim yo`nalishi
MAVZU YUZASIDAN TARQATMA MATERIAL
Download 4.13 Mb.
|
МТ Она тили
- Bu sahifa navigatsiya:
- MAVZUGA OID MASHQLAR. 1-mashq.
MAVZU YUZASIDAN TARQATMA MATERIAL
1-tarqatma material Bеrilgan ergash gapning turini aniqlang. Alam qiladigan еri shuki, bu qo`rg`оnni ko`z оldimizda tiklashdi. 2-Tarqatma matеrial Bеrilgan ergashgan qo`shma gapning turini aniqlang. 1.Hamma o`rnidan qo`zg`alib, ta’zim bajо kеltirib turarkan, Husayn Bоyqarо asta mag`rur yurib, bоshqa хоnaga o`tib kеtdi. 2. Ravish ergash gapli qo`shma gapga misоllar kеltiring. MAVZUGA OID MASHQLAR. 1-mashq.O‘qing. Ega va kesim ergash gapli qo‘shma gaplarni topib, ikkitadan gap ko‘chiring, ergash gaplarning tagiga to‘lqinli, bosh gapning tagiga to‘g‘ri chiziq chizing, bog‘lovchi vositani doiraga oling. 1. Alam qiladigan yeri shuki, bu qo‘rg‘onni ko‘z oldimizda tiklashdi. (T.Malik) 2. Eng yomoni shu ediki, u bu nohaq gapni o‘g‘lidan xilvatda emas, o‘g‘lining oldida aytardi.(M.Ism.) 3. Bo‘stonsaroyda kimki bor, hammamiz xizmatlaringizda bo‘lurmiz!(P.Q.) 4. Kimki boshqalar taqdiriga o‘z taqdiridek, boshqalar shodligi va qayg‘usiga o‘z shodligi va qayg‘usidek qarar ekan, u chinakam insondir.(M.Ism.) 5. Shunisi achinar-liki, ular g‘animat umrlarini g‘iybat bilan o‘tkazib, jamiiyat nafi uchun arzirli biron narsa qilmaydilar.(M.Ism.) 6. Kimiki buni unutibdi yo pisand qilmapti – pushaymonlik jabrini Mamadalidan so‘rasin.(M.Ism.) 7. Ajablanarli yeri shundaki, tor ko‘ngil daladan panoh izlamoqda edi.(T.Malik) 8. Yana shu ham sir emaski, mana shunday ko‘p bolali oilalarda ota-onalar o‘z farzandlariga ba'zan bir ko‘z bilan qaramay-dilar.(M.Ism.) 9. Yana eskidan udum shuki, to‘y sarpolarini hamma – qo‘ni-qo‘shni, uzoq-yaqin, qarindosh-urug‘larning bari kirib ko‘radi. (O‘.Usm.) 10. Bundan xulosa shuki, qadim zamonda hukm qat'iy bo‘lgan. (T.Malik) 11. Ikkinchisi shuki, xalq boshiga ko‘p ofat keltirgan Andijon zilzilasi Qorabuloqni suvdan mahrum qilib qo‘ydi.(M.Ism.) 12. Dunyoga kelgan odamki bor, u qadri hol xalq xizmatini qiladi. (M.Ism.) 2-mashq.O‘qing. To‘ldiruvchi va aniqlovchi ergash gapli qo‘shma gaplarni topib, ikkitadan gap ko‘chiring, ergash gaplarning tagiga to‘lqinli, bosh gapning tagiga to‘g‘ri chiziq chizing, bog‘lovchi vositani doiraga oling. 1. Murodxo‘ja domlaga shunday kishi uchradiki, unga o‘qish uchun emas, faqat ishlash uchun sharoit kerak.(A.Q.) 2. Bilasanmi, qancha yerim bor? (S.Ahm.) 3. Biz shunday kutubxona bino qilaylikki, butun el qoshida manzur va mo‘tabar bo‘lsin.(O.) 4. Kim mendan sir yashirsa, o‘shanga qiziqaveraman.(T.Malik) 5. Aql tabiatning insonga bergan bebaho in'omiki, u bilan hayotning hamma chigalliklari yechiladi.(Gippokrat) 6. Xurosonda bir davr yaratmoq lozimki, o‘zga xalqlar ibrat ola bilsinlar.(O.) 7. Bu shunday bir madrasa bo‘ladiki, ro‘yi zaminda uning tengi topilmaydi. (Mirm.) 8. Nodon o‘ylamabdiki, uyida u yo‘q bu yo‘qligiga eri aybdor emas.(M.Ism.) Ko‘rib turibsizki, u ertak kio‘imi emas, shu zamonda yashab turgan bir o‘smir.(M.Ism.) 9. Ishq-muhabbat moddiy narsa emaski, tarozida tortib yo metrda o‘lchab ko‘rsak.(M.Ism.) 10.Haqiqatan ham, biron xalq yo‘qki, uning tili madaniy saviyasidan past bo‘lsin.(M.Ism.) 11. Yaxshi fazilat shunday ulug‘ narsaki, uni odam hayotining ma'naviy xazinasi desa bo‘ladi.(M.Ism.) 12. Download 4.13 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling