4. Ergash gapli qo‘shma gapni aniqlang.
A) Bir xil talantga ega bo‘lgan ikki odam bir xildagi sharoitda ikki olam bo‘lib qolishi mumkin.
B) Xalqqa yaxshilikni o‘rgatib, o‘zini unutgan olim o‘zini yondirib, xalqqa yorug‘lik bergan shamga o‘xshaydi.
C) Detal pardoz emas, husn bo‘lib asarni ochishi kerak.
D) Tirik, ya’ni yurakdan chiqqan jo‘shqin nutq o‘likni tiriltirsa, o‘lik, ya’ni yurakdan chiqmagan sovuq nutq, darhaqiqat, o‘likka ham ozor etkazadi.
5. Ergash gapli qo‘shma gapni aniqlang.
A) Kim mehnatni sevsa, uning qadri baland bo‘ladi.
B) Muhabbat eski narsa, ammo har bir yurak uni yangilaydi.
C) Orzular buyukdir, umrlar qisqa.
D) Biz ko‘rgan, eshitgan, lekin e’tibor bermagan voqealarga san’atkorona baho beramiz.
Uyga vazifa:
1-topshiriq. O‘qing. Ravish va o‘xshatish ergash gapli qo‘shma gaplarni topib, ikkitadan gap ko‘chiring, ergash gaplarning tagiga to‘lqinli, bosh gapning tagiga to‘g‘ri chiziq chizing, bog‘lovchi vositani doiraga oling.
1. Qosh-qovog‘i uyulib, basharasidan zahar tomib turardi.(J.Abd.) Beda orasi issiq, go‘yo quyoshning butun olovi beda ichiga yashiringanday.(O.) Eshik ochilib, Saidiyning xayoli patday to‘zidi.(A.Q.) 3. Muz olov bilan chiqisholmaganday, bular ham o‘zlaridan qobiliyatliroq odamlar bilan chiqisholmaydi. (P.Q.) 4. Namozi asrga yaqin olomonning g‘azabi asta-sekin sovuna boshlab, bir qismi tarqaldi.(O.) 5. Yonbag‘irlarda xuddi birov ataylab savsar siyoh to‘kib yuborgandek, chuchmomalar shamolda silkinadi.(S.Ahm.) 6. Shundan so‘ng ayollar gurungi boshlanib, faqat ayollarga xos masalalar muhokama qilina boshladi.(T.Malik) 7. Bunday so‘zlarni eshitganida Asadbek qanday ajablangan bo‘lsa, hozir Manzura ham shunday taajjublandi.(T.Malik) 8. Sahroning bag‘ri yomg‘irga tashna bo‘lganidek, ko‘hna Xurosonning eli ham adolat va fazilat quyoshiga tashnadir.(O.) 9. Shuning bilan birga Tohir qanday tez maftun bo‘lgan bo‘lsa, ko‘ngil shunday tez sovidi.(M.Huseyn) .
Do'stlaringiz bilan baham: |