Ta’lim sohasi: 110000 – Pedagogika Ta’lim yo`nalishi


Bog‘lovchisiz qo‘shma gap berilgan qatorni aniqlang


Download 4.13 Mb.
bet309/396
Sana31.07.2023
Hajmi4.13 Mb.
#1664109
1   ...   305   306   307   308   309   310   311   312   ...   396
Bog'liq
МТ Она тили

1. Bog‘lovchisiz qo‘shma gap berilgan qatorni aniqlang.
A) Mehnat qilmasang, rohat yo‘q.
B) Chang chiqsin uchun, derazalarni ochdi.
C) Xizmatkor undan haq talab qilganda, u biror bahona topadi.
D) Orzigul darvozadan ichkariga kirdi, darvoza o‘z-o‘zidan bekildi.
2. Qaysi qo‘shma gap tarkibidagi sodda gaplar o‘zaro faqat mazmun va tobelik ohangi bilan birikkan?
A) Safarov qo‘liga endi piyolani olgan edi, Shodiev gap boshladi.
B) Vaqting ketdi - baxting ketdi.
C) Bag‘rida nur borki, qarimas quyosh.
D) Bular ketmoqchi bo‘lib qo‘zg‘algan paytda, O‘rmonjon kirib keldi.
3. Yordamchilarsiz bog‘langan qo‘shma gap qaysi qatorda berilgan?
A) Ulug‘ odam o‘z zamonasidan o‘tib ketadi, aqlli odam esa har qanday sharoitda ham zamonasi bilan qadam-baqadam boradi, ayyor undan foydalanib qolishga urinadi, tentak zamona yo‘liga to‘g‘anoq bo‘ladi.
B) Baxt topilmas hech bir zamonda, El qul bo‘lsa, bo‘lsa yalang‘och, Jannatlarni yaratgan odam Natijada o‘zi qolsa och.
C) Ilm boshqalarga o‘rgatish uchungina qo‘lga kiritilsa, odam undan biron foyda ko‘rmasa, u suvidan hamma foydalanadigan, lekin undan o‘zi bebahra bo‘lgan buloqqa o‘xshaydi.
D) Hijron shunday og‘ir yukki, uni hamma ham ko‘tara olmaydi, visol shunday shirin sharbatki, hech kim uni oxirigacha ichishga muvaffaq bo‘lmaydi.
4. Botirlari kanal qazadi, Shoirlari g‘azal yozadi. Gapning turini toping.
A) ergash gapli qo‘shma gapning bog‘lovchisiz turi
B) bog‘langan qo‘shma gapning bog‘lovchisiz turi
C) yoyiq sodda gap
D) murakkablashgan sodda gap.
5. Bog‘lovchisiz bog‘langan qo‘shma gap qaysi qatorda berilgan?
A) Hijron shunday og‘ir yukki, uni hamma ham ko‘tara olmaydi, visol shunday shirin sharbatki, hech kim uni oxirigacha ichishga muvaffaq bo‘lmaydi.
B) Ilm boshqalarga o‘rgatish uchungina qo‘lga kiritilsa, odam undan biron foyda ko‘rmasa, u suvidan hamma foydalanadigan, lekin undan o‘zi bebahra buloqqa o‘xshaydi.
C) Baxt topilmas hech zamonda, el qul bo‘lsa, bo‘lsa yalang‘och, Jannatlarni yaratgan odam, Natijada o‘zi qolsa och.
D) Tashqarida chaqmoq yaltirar, momaqaldiroq borliqni larzaga keltirar, bahor yomg‘iri salobatli shovullardi.
Uyga vazifa:
O‘qing. Quyidagi bog‘lovchisiz qo‘shma gaplarni bog‘langan, ergashgan qo‘shma gaplarga sinonim bo‘ladigan va bog‘lovchili qo‘shma gaplarga sinonim bo‘lmaydigan guruhlarga ajrating va har bir turiga bittadan gap ko‘chiring.

1. Saidiy sukut qilgan edi, Abbosxon picha yon berdi.(A.Q.) 2. Shu orada qo‘ng‘iroq urildi, ichkariga kirdik.(G‘.G‘.) 3. Ona o‘limidan keyin Umid qarindoshlari qo‘lida qoldi; taqvodor bo‘lsa ham, achaobodlik buvisi unga juda mehribon edi.(Mirm.) 4. Shart shu: bundan keyin har xususda men bilan yaktan bo‘lib ishlasangiz...(O.) 5. Ertaga nima bo‘ladi, uni sira-sira qiziqtirmaydi.(S.Ahm.) 6. Uy egasi o‘rtaga bir kir dasturxon yozdi, fotiha o‘qishdilar.(G‘.G‘.) 7. Ko‘zimga allanima ko‘rindi, o‘zimni bosishga harakat qildim.(Gi de Mopassan) 8. Bu qishloqning suvi toza, zamini unumli, havosi yoqimli, dehqonlarining qo‘li barakali ekan.(G‘.G‘.).



Download 4.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   305   306   307   308   309   310   311   312   ...   396




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling