Ta’lim sohasi: 110000 – Pedagogika Ta’lim yo`nalishi
TESTLAR Test topshiriqlarining qiyinlik darajasi mezoni
Download 4.13 Mb.
|
МТ Она тили
- Bu sahifa navigatsiya:
- Reproduktiv darajadagi test topshiriqlari
- Produktiv darajada
- Ijodiy (kreativ) darajada
TESTLAR
Test topshiriqlarining qiyinlik darajasi mezoni. Test topshiriqlarining qiyinlik darajasi mezoni o‘rganilayotganob'ektning xususiyatlarini o‘zida to‘liq aks ettirib, u tahsil oluvchilartomonidan mazkur xususiyatlarni aniqlash uchun bajaradigan aqliyoperatsiyalariga ko‘ra: Reproduktiv daraja; Produktiv daraja; Qisman-izlanishli daraja; Ijodiy (kreativ) darajada bo‘lishi mumkin. Reproduktiv darajadagi test topshiriqlari tahsil oluvchilarningtomonidan yodda saqlangan bilim, ko‘nikma va malakalarni tanish odatiyvaziyatda axborotlarni qayta ishlamasdan javob qaytarishni talab etadi. Budarajada tuzilgan testlar tahsil oluvchilar tomonidan o‘zlashtirgan bilim,ko‘nikma va malakalarni aniq baholash imkonini bermaydi. Produktiv darajada tuzilgan test topshiriqlari tahsil oluvchilartomonidan o‘rganilgan ob'ektlarni qiyoslash, o‘xshashlik va farqlarni aniqlash,umumiy xulosa chiqarish orqali javob berishni talab etadi. Qisman-izlanishli darajadagi test topshiriqlari tahsil oluvchilartomonidan o‘rganilgan ob'ektlarning xususiyatlarini boshqa ob'ektga ko‘chirish,mazkur ob'ektlarni taqqoslab, keyingi ob'ektning o‘ziga xos xususiyatlarihaqida xulosa chiqarish, qisman izlanish olib borishni talab etadi. Tahsiloluvchilar tomonidan mazkur darajadagi test topshiriqlariga javob berishdaavval o‘zlashtirilgan bilimlar yangi vaziyatlarga ko‘chiriladi. Ijodiy (kreativ) darajada tuzilgan test topshiriqlari tahsiloluvchilar tomonidan ijodiy fikr yuritish ko‘nikmalariga ega bo‘lish, mazkur test topshiriqlarini bajarish jarayonida tahsil oluvchilar tomonidan avval o‘zlashtirilgan bilim, ko‘nikma va malakalarni yangi kutilmagan vaziyatlardaqo‘llashni talab etadi.Dastlabki reproduktiv va produktiv darajadagi test topshiriqlari o‘quvfan bo‘yicha tasdiqlangan DTS ining minimal darajasiga, qisman-izlanishliva ijodiy (kreativ) darajadagi test topshiriqlari DTSining maksimaldarajasiga mos tuzilishi zarur. 1.Arxaizm va istorizmga oid so‘zlarni jadvalning o‘ng tomoniga raqamlar bilan yozing: 1) dudoq; 2) cho‘ri; 3) mingboshi; 4) sallox; 5) o‘ron; 6) botmon; 7) yonoq; 8)omoch; 9) yog‘iy; 10) partkom;
Javoblar:
Savollarni javoblarga moslashtiring.
2.Quyida keltirilgan parchada muallif zajigalka so‘zining o‘rnida qaysi so‘zni qo‘llagan. Nuqtalar o‘rniga kerakli neologizmni topib yozing. “Bek akang ko‘rinmay qoldiku? – dedi kesak polvon labiga sigaret qistirib. Xumkalla cho‘ntagidan chaqqonlik bilan .......olib unga olov tutdi...” Javob: yoqqich. 3. Nuqtalar o‘rniga kerakli so‘zlarni topib yozing. Dialektizm – grekcha so‘z bo‘lib, dialektos – «tilning ...................» demakdir. Javob: mahalliy ko‘rinishidir. 4. Nuqtalar o‘rniga kerakli so‘zlarni topib yozing. Tilda sinonimi mavjud bo‘lib, o‘zi eskirib qolgan so‘zlar .............. so‘zlar deyiladi. Nuqtalar o‘rniga kerakli so‘zni qo‘ying. Javob: arxaik so‘zlar. 5. Nuqtalar o‘rniga kerakli so‘zlarni topib yozing. O‘tmishdagi narsa va tushunchalarning nomi bo‘lib, hozirgi kunda eskirib qolgan so‘zlar yaqin o‘tmishga xos bo‘ladi va ular .............. deb ataladi. Javob: istorizmlar. 3.Dilni o’rtar hamon g’am-u g’urbatlari, Yot ellarda qolib ketdi turbatlari, “Fig’onkim…”deb o’tdi qancha furqatlari, Yorkentlarda ko’zi jayron yurt edi bu. (S.Sayyid) She’riy parchada qo’llangan turbatlari so’zining ma’nosini belgilang. A)uy-joy,davlat B)armon,orzu C)tosh,tuproq D)tuproq,yer,ziyoratgoh 6. Qaysi qatorda arxaik so’zlarga misollar berilgan? A) elig, ponsodboshi, amir *B) talim, o’kush, budun C) batsiq, o’z, gavora D) ellikboshi, mingboshi, parvonachi 7. Faqat ma’lum sotsial guruh hamda ma’lum bir hudud doirasidagina qo‘llanib, umumxalq tiliga xos bo‘lmagan so‘zlarni bildiruvchi atama qaysi javobda ko‘rsatilgan? *A) chegaralangan so‘zlar B) shevaga xos so‘zlar C) neytral leksika D) jargon va argolar. 8.Faqat ma’lum sotsial hamda ma’lum bir hudud doirasidagina qo’llanib, umumxalq tiliga xos bo’lmagan so’zlarni bildiruvchi atama qaysi javobda ko’rsatilgan? A)neytral leksika B)shevaga xos so’zlar C)jargon va argolar D)chegaralangan so’zlar 2.Eski o’zbek tiliga xos o’ko’sh ,ta’lim so’zlarning ma’nosini aniqlang . A)o’ko’sh-nihoyatda,ta’lim-kam B)o’ko’sh-maktab,ta’lim-bilim C)o’ko’sh-ko’p,ta’lim-bir qancha D)o’ko’sh-o’qish,talim-ta’lim 3.Dilni o’rtar hamon g’am-u g’urbatlari, Yot ellarda qolib ketdi turbatlari, “Fig’onkim…”deb o’tdi qancha furqatlari, Yorkentlarda ko’zi jayron yurt edi bu. (S.Sayyid) She’riy parchada qo’llangan turbatlari so’zining ma’nosini belgilang. A)uy-joy,davlat B)armon,orzu C)tosh,tuproq D)tuproq,yer,ziyoratgoh 4.Sog’lomlik ma’nosini anglatuvchi eskirgan so’zni belgilang. A)qopungda B)huvaydo C)behbud D)pasha 5.Eski o’zbek adabiy tiliga xos “kilk” so’zining ma’nosi to’g’ri qayd etilgan javobni belgilang. A)qo’shin B)ilik C)tulki D)qamish qalam 6.Eski turkiy tildagi “art”so’zi qanday ma’nono ifodalaydi? A)san’at B)urug’, zot C)tepa,dovon D)ko’p,cheksiz 7.Eski o’zbek adabiy tiliga xos bo’lgan “huvaydo”so’zining ma’nosini aniqlang. A)ayon, ravshan B)mard,botir C)toza,musaffo D)oshiq ,xushtor 8.Eski o’zbek adabiy tiliga xos bo’lgan behbud so’zining ma’nosini aniqlang. A)sog’lomlik B)odoblilik C)tug’ma tabiat D)baxtiyorlik 9.Aylamang bekaslig`imni ta’na bir kun bor edi, Menda ham bir nozanin chobuksuvor,ey do’stlar. Baytda keltirilgan “chobuksuvor”so’zi qaysi javobda to’g’ri izohlangan? A)go’zal,yor B)ishva qiluvchi C)chavandoz D)haddidan oshgan 11.Ulus,bitik,dudoq kabi so’zlar qaysi qatorga tegishli? A)shevalarga xos so’zlar B)kasb-hunarga oid so’zlar C)umumxalq ishlatadigan so’zlar D)arxaizmlar 12.Eskirib qolgan so’zlar qatorini ko’rsating. A)baynalminal,vazir,qalam B)qadim ,viloyat,muhr C)qit`a,charx,chig’iriq D)paranji,charx,chig’iriq 13.Eskirib qolgan so’zlar qatorini ko’rsating. A)A)mahsido’zlik,etikdo’zlik,nosvoy B)sahhoflik,bazzozlik,sarroflik C)kulolchilik,chegachilik,dukchilik D)chinnifurushlik,attorlik,namat 14.Bo’zchi belboqqa yolchimas, kulol mo’ndiga. Ushbu maqoldagi “mo’ndi” so’zi ishlatilish davriga ko’ra qanday so’zlar deyiladi? A)atamalar B)shevaga xos so’zlar C)eskirib qolgan so’zlar D)yangi so’zlar 15)Quyidagi sinonimik qatordagi so’zlarning qaysi biri eskirgan? A)osmon B)samo C) gardun D)falak Download 4.13 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling