Lokal (modul) texnologiya o’quv tarbiya jarayonining mahsus bo’limlariga texnologiyani tatbiq qilishni ifoda qiladi. Bu texnologiya hususiy didaktik va tarbiyaviy vazifalarni hal qilishga qaratiladi. Pedagogikada o’qitish texnologiyalari bilan birga ta’limiy texnologiyalar ham o’rin olgan. Ta’limiy texnologiyalar mazmun-axborot aspektni bildirsa, o’qitish texnologiyasi jarayonga aloqador deb hisoblanadi, ya’ni ular orasida hali ham aniq farklar belgilanmagan. Pedagogik texnologiya talabalarning tayyorgarlik darajasiga, ularning axborotlar bilan tanishgashshk va amaliy tayyorgarligiga moslangan bo’lishi lozim. Kasbiy ta’lim tizimida o’qitish texnologiyalari fundamental va amaliy bilimlarning o’zlashtirilishini, harakatlarning reflektivligani aks ettiradi va o’z kasbiy faoliyatini shakllantiradi. Pedagogik vazifani belgilashda quyidagilarni inobatga olish maqsadga muvofiqdir: 1. Ta’lim maqsadlarini hal etish asosida o’quv predmeti mazmunini aniqlash; 2. O’quv predmeti axborot tuzilmasini ishlab chiqish va uni o’quv unsurlari tizimi ko’rinishida ifodalash; 3.O’quvchilarning o’quv unsurlarini o’zlashtirish darajalarini avvaldan belgilash; 4.O’quvchilarning dastlabki bilim darajasini aniqlash ( bu ko’rsatkich o’quv predmetining mazmuni asoslanadigan o’quv materialini o’zlashtirganlik darajasidan kelib chiqadi); 5.Moddiy baza hamda ta’limning tashkiliy Shakllariga qo’yilgan chegaralarni belgilash.
Interfaol metodlar bosqichlari
- Bu bosqichda tahsil oluvchilarni faollashtirish, mavzuining mazmun-mohiyatiga kirib borish, uni anglab etish jarayoniga tayyorlash maqsadi ko’zda tutiladi.
Chaqiriq bosqichi.
- Bu usul darsning boshlanishida yoki istalgan joyida qo’llanilishi mumkin. Bu bosqichda muammo tahsil oluvchilarga fikriy hujum yo’li bilan beriladi va ularning fikrlari orqali olinadi
Fikriy hujum
- Mavzuga oid hulosaviy fikrlar eshitiladi va o’qituvchi tomonidan yangi fikrlar tomonidan to’ldiriladi.
Anglash bosqichi
Do'stlaringiz bilan baham: |