Geografik ob’ektlar, joy nomlarini to‘g‘ri qo‘llay olish kompetensiyasi:
A2
O‘zbekistonga qo‘shni davlatlar, mamlakatimiz a’zo bo‘lgan xalqaro tashkilotlar, viloyatlar va ularning ma’muriy markazlar, katta, yirik, juda yirik va millioner shaharlarning nomlarini yirik konlarni, yirik sanoat korxonalari va ular joylashgan manzilgohlar nomlarini to‘g‘ri aytadi va yoza oladi.
A2+
O‘zbekistonga qo‘shni davlatlarni, mamlakatimizning a’zo bo‘lgan xalqaro tashkilotlarni nomlarini to‘g‘ri qo‘llay oladi.
Globus, geografik atlas va xaritalardan amaliyotda foydalana olish kompetensiyasi:
A2
Jahon siyosiy xaritasidan O‘zbekistonni geografik o‘rnini tavsiflay oladi. O‘zbekistonning siyosiy-ma’muriy xaritasidan mamlakatimiz chegaralari, qo‘shni mamlakatlar, respublika viloyatlari va ularning markazlarini ko‘rsatadi va yozuvsiz xaritaga tushiradi. Atlas xaritalaridan foydalanib aholi manzilgohlarini, yirik konlarni, sanoat, qishloq xo‘jalik korxonalar joylashgan hududlarni aniqlaydi va yozuvsiz xaritaga tushira oladi.
A2+
Xaritalardan foydalanib o‘zi yashaydigan xududda joylashgan xalq xo‘jaligi tarmoqlarini aytib bera oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |