66-mavzu: Qoraqalpog‘iston Respublikasi (1 soat (A2+: 2 soat))
Hududi, chegaralari, ma’muriy-hududiy tuzilishi. Iqtisodiy-geografik o‘rni qulayligi. Tabiiy resurslari va ularning iqtisodiy ahamiyati. Aholisi, uning joylanishi va tarkibining o‘ziga xosligi. Xo‘jalik ixtisoslashuvi. Sanoati. Qishloq xo‘jaligi tarkibi va geografiyasi. Ekologik muammolari. Shaharlari.
67-mavzu: Amaliy mashg‘ulot. Nazorat ishi (1 soat (A2+: 3 soat))
O‘zbekiston iqtisodiy rayonlariga qiyosiy-geografik tavsif berish.
68-mavzu: Umumlashtiruvchi dars (1 soat (A2+: 1 soat))
Kurs davomida o‘tilgan mavzular yuzasidan berilgan savol va topshiriqlarni bajara oladi.
Mavzularni o‘rganish uchun- 68 soat (A2+: 102 soat))
O‘quvchilarda shakllangan fanga oid umumiy kompetensiyalar:
Tabiiy, ijtimoiy-iqtisodiy jarayon hamda hodisalarni kuzatish, aniqlash, tushunish va tushuntirish kompetensiyasi:
A2
sanoat tuguni, sanoat punkti, sanoat markazi va sanoat rayoni tushunchalarini tushunadi va tushuntira oladi; O‘zbekistondagi yirik sanoat rayonlari (Angren-Olmaliq, Toshkent-Yangiyo‘l, Navoi-Zarafshon, Farg‘ona-Marg‘ilon) va respublikada barpo etilgan erkin industrial-iqtisodiy zonalarni aytib bera oladi. transport tarmoqlarini ajrata oladi; transportning rivojlanishi va joylanishining omil, shakl va qonuniyatlarini, aholiga xizmat ko‘rsatish tarmoqlarini, aholiga xizmat ko‘rsatish turlari haqida tushunadi va tushuntira oladi; tashqi iqtisodiy aloqalar statistik ko‘rsatkichlarini tahlil qiladi va hisoblay oladi. Hududiy mehnat taqsimoti, hudud ixtisoslashuvi, iqtisodiy rayon, hududiy ishlab chiqarish majmuasi tushunchalarini biladi va farqlay oladi. Iqtisodiy rayon va viloyatlarga kompleks iqtisodiy-geografik tavsif bera oladi.
A2+
aholi joylashuvi, xo‘jaligi ixtisoslashuvi va hududiy tarkibiga ta’sir etuvchi geografik omillarni anglaydi va izohlay oladi, hududlar xo‘jaligining rivojlanish istiqbollari haqida aytib bera oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |