Geografik ob’ektlar, joy nomlarini to‘g‘ri qo‘llay olish kompetensiyasi:
A2
O‘zbekistondagi yirik sanoat rayonlarini, yirik transport magistral nomlarini, dam olish maskanlari va turistik shaharlar; iqtisodiy rayonlar, ulardagi iqtisodiy markazlar, korxonalar, diqqatga sazovor ob’ektlarning nomlarini to‘g‘ri aytadi va yoza oladi.
A2+
O‘zbekistondagi dam olish maskanlari va turistik shaharlar haqida referatlar, albomlar tayyorlay oladi.
Globus, geografik atlas va xaritalardan amaliyotda foydalana olish kompetensiyasi:
A2
O‘zbekiston xaritasidan yirik transport magistrallarini ko‘rsata oladi; transport xaritalarini o‘qiy oladi va yozuvsiz xaritaga tushira oladi. O‘quv atlasidan ijtimoiy sohalar xaritalarini o‘qiy oladi va yozuvsiz xaritaga tushira oladi; tashqi savdo aloqalarining diagrammalarini o‘qiy oladi. Hududlarning umumiqtisodiy xaritalari yordamida mintaqalar xo‘jiligining tarkibi va joylashuviga tavsif bera oladi, umumiqtisodiy xaritalarni yozuvsiz xaritasini ishlay oladi.
A2+
O‘quv atlasidan foydalanib O‘zbekistondagi yirik sanoat markazlariga tavsif yoza oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |