32-mavzu: Transport, turizm va ekologik muammolari (1 soat (A2+: 2 soat))
Transporti: temir yo‘l, avtomobil yo‘llari, daryo, dengiz, havo, quvur transporti. Dam olish va turizm hududlari. Atrof-muhitni muhofaza qilish va ekologik muammolar.
O‘quvchilarda shakllangan fanga oid umumiy kompetensiyalar:
Tabiiy, ijtimoiy-iqtisodiy jarayon hamda hodisalarni kuzatish, aniqlash, tushunish va tushuntirish kompetensiyasi:
A2
jahon siyosiy xaritasining xozirgi zamondagi holatini va eng yangi tarixiy davrda o‘zgarganligini; rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlarning asosiy guruhlari, o‘tish iqtisodiyotidagi davlatlarni; boshqaruv va davlat tuzilish shakllarini, tabiiy resurslar, davlatlarning resurslar bilan ta’minlanganligini; tabiiy resurslarning geografik tarqalish qonuniyatlariga oid ma’lumotlarni tushunadi va tushuntira oladi. Jahon xo‘jaligi va xalqaro mehnat taqsimoti jarayoni mohiyatini, fan-texnika inqilobi ta’sirida qanday o‘zgarganligini ma’lumotlar asosida izohlay oladi; jahon sanoat tarmoqlarining hududiy tarkibi, eng asosiy markazlarini; jahon qishloq xo‘jaligi tarmoqlarining hududiy tarkibi, markazlarini, rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarda qishloq xo‘jaligi, transport tarmoqlarining o‘ziga xos xususiyatlarini; Yevropa qit’asining geografik o‘rni, siyosiy xaritasi, tabiiy resurslari, aholisi, xo‘jaligining umumiy xususiyatlariga oid ma’lumotlarni tushunadi va tushuntira oladi.
A2+
geografik tarqalish qonuniyatlariga oid ma’lumotlarni tushunadi va tushuntira oladi. Geografik muhitning kengayishi, yangi yerlarning o‘zlashtirilishi, landshaft qobig‘ining antropogenlashuvini; rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarda ro‘y berayotgan demografik va migratsion, urbanizatsiya jarayonlarni kuzatadi va ma’lumotlar asosida tushunadi va tushuntira oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |