Ta‟lim texnologiyalari


Download 1.96 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/101
Sana05.01.2022
Hajmi1.96 Mb.
#228249
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   101
Bog'liq
'МАЪРУЗА

1-masalaning  bayoni:  Odatda,  yosh  gо‗dakning  ilk  sо‗zi  «ona»  iborasini 
aytish  bilan  boshlanadi.  U  hamma  tilda  birdek  jaranglaydi.  Vatan  sо‗zi  ham  xuddi 
shunday  aks-sado  beradi.  Shu  tufayli  bu  ikki  sо‗zning  juft  yozilishi,  qorishiq 
ohanglarda  bir-birini  tо‗ldirishi  va  boyitib  borilishida  katta  hikmat  bor.    Zero,  ota-
bobolarimiz  ta‘kidlaganlaridek,  bu  kalomlar  iymon  sо‗zi  bilan  ham  baqamti  va 
mushtarakdir.  Shuning  uchun  bо‗lsa  kerak,  boshqa  xalqlarning  emas,  aynan 
musulmonlar  hikmatlaridagina  «Vatanni  sevmoq  iymondandur»  deyilgan.    Har  bir 
komil insonda Vatanga muhabbat iymon tuyg‗usi bilan yо‗g‗rilmog‗i zarur. 
 
Ma‘rifatparvar  shaxslardan  biri    Alixontо‗ra  Sog‗uniy  о‗z  esdaliklarida 
shunday  yozadi:  «...  Dunyoda  yashaydigan  har  bir  kishining  ayamlik,  qizg‗anib 
saqlaydigan besh narsasi bordir, birinchisi- joni, keyingilari – dini, moli, oilasi va 
ona Vatanidir»
3
  
                                                                 
3
 Мурод Хўжа. Биз Ватанни қанчалик севамиз. Ўзбегим нашри,1992, №1, 28-бет  


 
Fuqarolarda  Vatan  tuyg‗usini,  xalq,  millat,  Vatan  manfaatini  о‗z 
manfaatlaridan ustun qо‗ya olish fazilatini hamda yurt tinchligi uchun mas‘ullikni 
shakllantirish  uchun  ham    eng  avvalo  milliy  g‗oyani  rivojlantirish  zarur.  Chunki, 
milliy  g‗oya    inson  tafakkurining  mazmunini,    uning  miqyosini  va  madaniyatini 
belgilaydigan  ijtimoiy  hodisadir.    Jamiyatdagi  yakka  shaxslarning    dunyoqarashi 
asosida  jamiyatning  umumiy  milliy  g‗oyasi  yuzaga  keladi.  Shu  о‗rinda  yana  bir 
karra milliy g‗oya tushunchasining mazmun va mohiyatiga tо‗xtalib о‗tish  zarur. 
 
Milliy  g‗oya-  jamiyat  a‘zolarining.  mushtarak  maqsadlari,  orzu  va 
intilishlari,  manfaat  va  muddaolarini  birlashtirib  turgan  umumiy  g‗oyalar  tizimi 
bо‗lib,  u jamiyat taraqqiyotida muhim ahamiyat  kasb etadi. Shu bilan bir qatorda, 
u  kishilarning olam  va  uning о‗zgarishi,taraqqiyot istiqboli,  odamlarning  turmush 
tarzi va aqidalari haqidagi ilmiy-falsafiy, siyosiy-huquqiy, axloqiy, estetik, diniy va 
boshqa qarashlar va  tasavvurlar majmuidir.  
Demak,  milliy  g‗oya  ham,  mamlakatimizda  yashaydigan  barcha 
fuqarolarning  mushtarak  manfaatlarini  belgilaydigan  va  umumiy  qarashlarini 
birlashtiradigan,  e‘tiqodlariga  aylangan  g‗oyaviy  yaxlitlik  bо‗lishi  lozim.  Milliy 
mustaqillik  milliy  g‗oyasi  deganda  esa,  milliy  voqeligimizdan,  mavjudlik 
qonuniyatlarimizdan  kelib  chiqadigan  iqtisodiy,  ijtimoiy,  madaniy,  siyosiy 
ehtiyojlari  va  manfaatlarining  tub  ustuvor  va  salohiyatli  muammolarini  ilmiy 
asosda  hal  etib,  taraqqiyotimizning  maqsad  va  vazifalarini  belgilash,  ularni 
rо‗yobga chiqarishda insonparvar, adolatli yо‗l, usul  hamda vositalarni belgilovchi 
g‗oya va fikrlar majmuini tushunish mumkin. 
Nima  uchun  milliy  g‗oyani  shakllantirish  bugungi  kun  talabi?  -  deya  savol 
tug‗ilishi tabiiy. 
Birinchidan,  jamiyatning  rivojlanishi,  olg‗a  intilishi  va  millatimiz,  hamda 
mamlakatimizdagi  barcha  fuqarolar  shu  maqsad  yо‗lida  birlashishi  uchun,  yur 
tinchligi, xalqimiz farvonligini ta‘minlash uchun  ham milliy g‗oya zarur; 
Ikkinchidan, vatandoshlarimizda milliy madaniyat, milliy ong, milliy g‗urur 
va  iftixor,  Vatanni  sevish  va  uni  asray  bilish,  tinchlikning  qadriga  yetish  va  
saqlash  kabi    fazilatlarning  shakllanishida  milliy  g‗oya  muhim  ahamiyat  kasb 
etadi; 
Uchinchidan,  milliy  g‗oya  xalqimizning  kuch-qudrati  va  imkoniyatlariga, 
g‗oyaviy-siyosiy  jihatdan  bir  butun  va  yaxlitligiga  salbiy  ta‘sir  etishi  mumkin 
bо‗lgan  mahalliychilik,  guruhbozlik,  qabila-urug‗chilik  munosabatlariga  qarshi 
kurash  olib  borishga  keng  jamoatchilikni  da‘vat  eta  oladi;  Tо‗rtinchidan, 
mamlakatimiz  fuqarolarida,  xususan  yoshlarda  sog‗lom  tafakkurni  shakllantirish, 
har  xil  yovuz  oqimlar  ta‘siridan  himoyalash  uchun  ham  milliy  g‗oyani 
shakllantirish zarur; 
Beshinchidan,  bugungi  kunda  jamiyatimizga  jiddiy  xavf  solayotgan 
tahdidlar,  uyushgan  jinoyatchilik,  giyohvandlik,  terrorizmga  qarshi  kurashish 
uchun  ham    fuqarolar,  xususan  yoshlar  milliy  g‗oya  ruhida  tarbiyalangan 
bо‗lishlari lozim. 
Milliy  g‗oyani  faqatgina  bir  millat  yoki  xalqning  milliy  g‗oyasi  deb 
tushunish tо‗g‗ri emas. U muayyan davlat yoki jamiyatning umumiy milliy g‗oyasi 
ham  bо‗lishi  mumkin.  Milliy  nafaqat  muayyan  etnik  birlik,  balki  «davlat»  


ma‘nosini  ifodalash uchun ham xizmat qiladi. Masalan, «milliy daromad», «milliy 
qurolli  kuchlar»  birikmalarida  u  aynan  «davlat»  sо‗zining  ma‘nodoshi  sifatida 
ishlatilmoqda.  Millat  hududiy,  iqtisodiy,  siyosiy  va  etnik  aloqalar  (madaniyat,  til, 
о‗z-о‗zini  anglash)  umumiyligi  zamirida  yuzaga  keladigan  etnosotsial  birlikdir. 
Shuning uchun ham milliy g‗oyaning  ta‘rifida ham ana shu xususiyat о‗z ifodasini 
topgan.  
Tarixdan  ma‘lumki,  о‗zbek  xalqi  siyosiy  va  iqtisodiy  qaramlikka  tushgan 
davrlarda  ham  hech  qachon  ma‘naviyat  sohasida  о‗zg‗oyaviy  mustaqilligini 
yо‗qotgan  emas.    Lekin    teran  tomirlarga  ega  bо‗lgan  bu  ma‘naviy 
sarchashmalarimiz  kо‗p  asl  xalq  farzandlarini  va  ziyolilarini  qurbon  qilishlari 
evazigagina saqlanib qolindi. Ana shu ajdodlarimizning jasoratini unutmaslik, ular 
xotirasini ulug‗lash va yoshlarga о‗rnak qilib kо‗rsatish, haqiqiy vatanparvar  yosh 
avlodni    tarbiyalab  voyaga  yetkazish,  mustaqillikni  mustahkamlash  uchun  ham 
milliy g‗oyani izchillik bilan rivojlantirib borish zarur.  
Mamlakatimiz  miqyosida    keng  kо‗lamda  islohotlar  olib  borilar  ekan,  eng 
avvalo    bu  islohotlarni  fuqarolar  ruhiyatidan  boshlash  kerak.  Chunki,  inson 
ruhiyatida islohotlar  boshlanmas ekan,  jamiyatdagi islohotlar tо‗g‗risida sо‗z ham 
bо‗lishi  mumkin  emas.  g‗oyaviy  muammolarning  sodir  bо‗lishi  ham  aynan 
ruhiyatimizdagi  islohotlar darajasi bilan bog‗liqdir.  g‗oyaviy  muammolarga   chek 
qо‗yish–  ya‘ni  g‗oyaviy  beqarorlikka  chek  qо‗yish,g‗oyaviy  bо‗shliqni tо‗ldirish,  
turlig‗oyaviy  tahdidlarning  oldini  olish,g‗oyaviy  immunitet  hosil  qilish  uchun  
inson    ongi  va  tafakkuri,  ruhiyati  shunga  mos  tarzda    ma‘naviy  jihatdan 
qurollangan  bо‗lishi  lozim.  Yaqin  о‗tmishimizdagi:  «Davlat  boqadi,  yeb-ichiradi, 
davlat kiyintiradi. U о‗ylasin, fikrlasin, reja tuzsin. Men ishga boraman, kelaman: 
vazifam shu! Davlat yasha desa yashayman, о‗l desa о‗lishim kerak!» -  qabilidagi 
xom-xayollar  barbod  bо‗ldi.    Fikriy  tanballik,  fikriy  boqimandalik  asos  bо‗lgan 
tobelik  va  mutelik,  ruhiyatidagi  iqtisodiy  va  ijtimoiy  boqimandalik  mohiyati 
butunlay ochib tashlandi.  Uning inson va insoniyat kushandasi, taraqqiyot va tom 
ma‘nodagi  svilizatsiya  kushandasi  ekanligi  ma‘lum  bо‗ldi.    «Davlat  –  bu  men,  
jamiyat-  bu men! Men boy bо‗lsam davlat boy bо‗ladi, men tо‗q bо‗lsam jamiyat 
tо‗q  bо‗ladi.  Men  kuch  qudratga  tо‗lsam,  davlat  kuch-qudratga  tо‗ladi»,  -  degan 
komil  insonga  xos  bо‗lgan  kayfiyat  ma‘naviy  ruhiy  holat  turmush  tarziga  aylana 
boshladi. 
 
«Men ma‘rifatli jamiyat qurmoqchiman» - degan  da‘vatning zamirida ham 
yuksak,  botiniy  ma‘no  mujassam.    Chunki,  ma‘rifatli    xalqni  yengib  bо‗lmaydi. 
Ma‘rifatli xalqni yо‗ldan ozdirib, boshqa yо‗lga solib bо‗lmaydi. Chunki ma‘rifatli 
xalq,  о‗z  hayotini  aql-idrok  bilan  quradi.  О‗z  hayot  yо‗lini  aql  bilan  tanlaydi.  
Xalqni  juda  katta  aql,  juda  katta  tafakkur  orqali  tanlagan  yо‗lidan  ozdirish  uchun  
esa  albatta unga teng keladigan va hatto undan kuchliroq bо‗lgan aql-idrok kerak 
bо‗ladi.  Shuning  uchun  ma‘rifatli  jamiyat,  ma‘rifatli  xalq,  hamisha    о‗z  ahdiga 
sodiqlik,  tanlagan  yо‗liga  sobitlik,  istiqboliga  esa    katta    ishonch  bilan  yashaydi. 
Ma‘rifatli insonning yuragida esa yuksak Vatan tuyg‗usi yotadi.  
 
Milliy  ong,  milliy  о‗ziga  xoslik    -  millatga  mansublikni  yuqori  darajada 
anglashdan  kelib  chiqadi.  Xalq  о‗z  tarixiy  taraqqiyoti  davrida  millat  bо‗lib 
shakllanib,  unga  mansublikni  oriyat,  qadr-qimmat  va  qadriyat  darajasida  anglasa, 


uni  himoya  qilishga,  asrab  avaylashga  intiladi.  Bu  о‗rinda      mas‘uliyat  yuki 
birinchi  galda  ertangi  kun  bunyodkorlari  bо‗lgan  yoshlar  zimmasiga  tushadi.  Shu 
boisdan ham bugungi kunda mamlakakatimizda aynan yoshlar tarbiyasiga alohida 
e‘tibor  qaratilib,  ularning  tо‗laqonli  bilim  olishlari  uchun  har  taraflama 
imkoniyatlar  yaratilmoqda.  Buni  yoshlar,  ayniqsa,  bugungi  kun  farzandlari  
qalbdan,  yurakdan  his  etishlari  kerak.  Ruhiyatdagi  islohotlar  ana  shu  tariqa 
boshlanadi,  shundagina  ular  islohotlarning  chinakkam  ma‘nosini  tushunib 
yetadilar.   

Download 1.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling