Ta‟lim texnologiyalari


Download 1.96 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/101
Sana05.01.2022
Hajmi1.96 Mb.
#228249
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   101
Bog'liq
'МАЪРУЗА

4-masalaning  bayoni:  Milliy    g‗oya  nazariyasi  va  tarixi  fanini  faqat 
shu  fanni  о‗rganish  asosidagina egallash  mumkin deb qarash bir tomonlama 
va notо‗g‗ri tasavvurdir. Aksincha, milliy istiqlol  g‗oyasi bilan barcha fanlar, 
xususan,    falsafa,    ijtimoiy  iqtisod,    ijtimoiy-siyosiy    fanlar    bilan  uzviy  
bog‗liq.    Bu    fanlarning  qanday  g‗oyaga  asoslanishi,  ularni  о‗qitish  yoshlar 
ongi  va  ishonchiga,  qalbiga  qanday  g‗oyalar  singdirilishi  har  qanday  jamiyat 
uchun  ahamiyatlidir,  Ayniqsa,  mustabid  tuzum  davrida  bu  fanlarni  о‗ta 
mafkuralashtirib, xalqlar, mamlakatlar va millatlar taqdiriga, uning rivojlanish 
yо‗li,  milliy-madaniy  merosiga,  qadriyatlariga  ham  «sinfiy»  manfaatlar 
«kommunistik g‗oya» talablaridan kelib chiqib yondashilganligini aniq hisobga 
olish kerak.  Natijada,  О‗zbekiston  xalqi  hayoti,  tarixi  «о‗zga  xalqlar  tarixi»ni 
о‗rganishdak  iborat  bо‗lib  qolgandi.  Milliy  madaniyat,  qadriyatlar  о‗rnida 
soxta  baynalmilallashtirilgan,  mohiyatan  milliylikni  e‘tirof  etmaydigan, 
milliy  qadriyatlardan  begona  shaklan  milliy,  mazmunan  sotsialistik  bо‗lgan 
prinsipga  bо‗ysundirilgan  edi.  Butun  ta‘lim  va  tarbiya,  fan  va  ilmiy 
muassasalar,  madaniy-ma‘rifiy  ishlar,  adabiyot  va  san‘at,  ijod  uchun 
«sotsialistik  realizm»  muhim  mezonga  aylangan,  tо‗g‗rirog‗i,  aylantirilgan 
edi.  Shunga  javob  berish  va  shunga  amal  qilinishi  shart  edi.  Bu  barcha 
ijtimoiy-gumanitar fanlarning bir xil qolipga solinishiga, yagona kommunistik 
g‗oya va mafkuraning targ‗ibotchisiga aylanishiga olib keldi. Oqibatda, ijtimoiy-
siyosiy  fanlar  rivojlanishdan  tо‗xtadi.  Fanlarning  erkin  rivojlanmasligi 
oqibatida ularning samaradorligi keskin pasayib borganligi ma‘lum. 
                                                                 
5
 И.А.Каримов. ―Миллий истиқлол ғояси: асосий тушунча ва тамойиллар‖ рисоласидаги сўзбошидан. Т.9. -
Т.: «Ўзбекистон», 2001. – 222-бет. 
1
 Каримов И.А. Биз келажагимизни ўз қўлимиз билан қурамиз. Т.7. -Т.: «Ўзбекистон», 1999, 84-85 б. 


Bugun  Milliy    g‗oya  nazariyasi  va  tarixining  boshqa  fanlar  bilan 
munosabati  tо‗g‗risida  fikr  yuritilganda,  avnalo,  uni  kommunistik  g‗oya 
prinsiplaridan tub farqini hisobga olish muhim ahamiyatga ega. Ayni paytda, 
fikrlar  xilma-xilligi,  g‗oyalar  xilma  xilligi  prinsipiga  asoslanish,  xalqning 
milliy-madaniy  merosi  va  qadriyatlariga  tayanishi  hamda  umumbashariy 
prinsiplarni  e‘tirof  etish  qoidasi  fanlarning  rivoji  uchun  keng  imkoniyat 
beradi.  Ikkinchidan.  har  bir  fan  yо‗nalishlari  (sohalari)  orqali  milliy  istiqlol 
g‗oyasi  negizlarini  bilib  olish  mumkin.  Masalan,  milliy  istiqlol  g‗oyasining 
tarixiy  negizlarini  —  tarix  orqali,  falsafiy  jihatlarini  —  falsafa,  iqtisodiy 
asoslarini  —  iqtisod,  diniy  asoslarini  —  dinshunoslik,  adabiyot  va  san‘at  bilan 
bog‗liq  tomonlarini  о‗rganish  orqali  milliy  g‗oya  kishilarning  ishonch  va 
e‘tiqodig‗a aylanib boradi. 
Milliy    g‗oya  nazariyasi  va  tarixini  alohida  fan  sifatida  о‗rganish  esa 
uning о‗ziga xos xususiyatlarini, ishonch va e‘tiqodga aylanish byalan bog‗liq 
qonuniyatlarining mavjudligini anglatadi. Uni alohida о‗rganish yuqorida qayd 
etilgan  fanlarning  bevosita  vazifasiga  kirmaydi.  Shu  ma‘noda,  milliy    g‗oya 
nazariyasi va tarixi bilan bog‗liq bо‗lgan qonuniyatlarni о‗rganish, uning о‗ziga 
xos  jihatlarini  bilish  О‗zbekiston  xalklari  hayotida  muhim  ahamiyatga  ega.  U 
quyidagi yо‗nalishlarda о‗zining aniq ifodasini topadi; 
Milliy    g‗oya  nazariyasi  О‗zbekistonning  har  bir  fuqarosni  О‗zbekiston 
xalqlari,    о‗zbek  xalqi  hayoti      ma‘naviy-ruhiy,    madaniy  merosi,    milliy-
ma‘naviy  qadriyatlari  bilan  yaqindan  tanishtiradi,  uning  mazmun  va   
mohiyatini  anglashga  undaydi.  Bu  g‗oya  ularda  milliy-ma‘naviy  negizlariga  
tayangan  holda  rivojlanish,  uni  qadrlash  tuyg‗ularini  shakllantiradi  va   
mustahkamlaydi. 
 
Milliy    g‗oya  nazariyasi  har  bir    fuqaroning  ishonch  va    e‘tiqodiga 
aylanishi,    kishilarning  hatti-harakati  va    faoliyati  orqali  mamlakat  oldida  
turgan  maqsadlarni  birgalikda  amalga  oshirish  uchun  ularni  mushtarak 
maqsadlar atrofida  jipslashtiradi, ma‘naviy-ruhiy kuch-quvvat beradi; 
 
Milliy    g‗oya  yoshlarni  zararli,  begona    g‗oyalarning  ta‘siridan 
saqlaydi,  mafkuraviy  immunitetni    oshiradi.  Prezidentimiz    aytganlaridek,   
fikrga   qarshi fikr  bilan,  g‗oyaga   qarshi g‗oya bilan, jaholatga  qarshi  faqat 
ma‘rifat  bilan»      kurashishni  talab  etadi.    Chunki,    о‗zining  mustaqil    fikri, 
g‗oyasi  bо‗lmagan  odam  yet  va  begona,  yovuz  goyalarg‗a  qarshi  kurasha 
olmaydi; 
 
Milliy    g‗oya  nazariyasi  va  tarixini  о‗rganish  orqali  inson  turli  xil 
g‗oyaviy  ta‘sirlarning  maqsad  va  muddaolarini  bir-  biridan  farqlay  oladi. 
Fuqarolarda, xususan,  yoshlarning tarixiy xotirasi, milliy  о‗zligini anglashi  
milliy-ma‘naviy qadriyatlarga bо‗lgan sog‗lom muxitni shakllantiradi va uni 
hurmat qilish ruhida tarbiyalaydi; 
Milliy    g‗oya  nazariyasi  va  tarixi  о‗rganish,  milliy  g‗urur,  avlodlarga 
munosib 
vorislar 
bо‗lish, 
ular 
bilan 
faxrlanish 
va    ularga      о‗xshab      о‗z  Vatanining    ravnaqiga    munosib    hissa 
qо‗shish bilan bog‗liqdir. Hozirgi zamon ilm-fan yutuqlarini egallash,  fan va  


texnologiyalarni  о‗zlashtirishga    da‘vat  etadi.  Vatanparvarlik  tuyg‗ularini 
oshiradi. 

Download 1.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling