Ta‟lim texnologiyalari


Download 1.96 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/101
Sana05.01.2022
Hajmi1.96 Mb.
#228249
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   101
Bog'liq
'МАЪРУЗА

 
2-masalaning  bayoni:  Milliy  g‗oya  keng mazmunga  ega.  U  ijtimoiy 
hamkorlik,  millatlararo  totuvlik  va  milliy,  diniy  bag‗rikenglik  g‗oyalari  bilan 
о‗zaro  mushtarak.  Shu  nuqtai  nazardan  aytish  mumkinki,  milliy  g‗oya  bu  faqat 
birgina  millatning  emas,  balki  jamiyat  taraqqiyotiga,  ravnaqiga  umumiy  maqsad 
yо‗lida  baholi  qudrat  hissa  qо‗shayotgan  mamlakat  fuqarolarining  millati,  irqi, 
diniy e‘tiqodidan qat‘iy nazar barchaning maqsad va manfaatlarini ifoda etadi.  
Milliy g‘oya - barcha sohalarda mavjud millatlar manfaatlarini о‗zida ifoda 
etgan holda orzu qilingan kelajak jamiyatning asosini yara-tish, mustahkamlash va 
rivojlantirish  uchun  bо‗lgan  umummaqsad  yо‗nalishi-dagi  harakatlar  majmuini, 
milliy  va  diniy  bag‗rikenglikni  uyg‗otuvchi  fikrlar,  qarashlar,  g‗oyalarni  ham 
о‗zida ifoda etadi.  
 
Millatlararo  totuvlik  va  hamjihatlikka  rahna  soluvchi  illat  bu  -  tajavvuzkor 
millatchilik  va  shovinizmdir.  Bunday  zararli  g‗oyalar  ta‘siriga  tushgan  jamiyat 
beqarorlik  holatiga  yuz  tushishi  muqarrar.  XX  asrda  Yevropa  xalqlarini  asoratga 
solgan  va  ayrim  davlatlarning  tanazzuliga  sabab  bо‗lgan  fashizm  yoki  milliy 
xususiyatlar bilan hisoblashmagan va soxta baynalmilalchilik g‗oyasiga asoslangan 
kommunizm g‗oyasi bunga yaqqol misol bо‗ladi. 
О‗zbekiston  hududida  qadim-qadimdan  kо‗plab  millat  va  elat  vakillari 
bahamjihat  istiqomat  qilib  keladi.  Ular  о‗rtasida  asrlar  davomida  milliy  nizolar 
bо‗lmagani xalqimizning azaliy bag‗rikengligini kо‗rsatadi. 
 
Shu  bois,  bugungi  kunda  mamlakatimizda  yashab  kelayotgan  millatlarni 
о‗zaro  hamjihatlik  ruhida  tarbiyalash  maqsadi  istiqlol  mafkurasining  asosiy 
maqsadlaridan  biridir.  U  xalqimizga  bо‗lgan  olijanoblik  va  insonparvarlik 
fazilatlariga asoslanadi. 
U  dо‗stona  munosabatlar  ustun  bо‗lgan  sharoitda  ijtimoiy  taraqqiyotning  omili 
sifatida maydonga chiqadi. 
Adolatli  milliy  siyosat  olib  borilganida  kо‗p  millatlilik  maqsadimiz  yagonaligini, 
taqdirimiz  birligini,  xamjihatlik  zarurligini  tushunishga  yordam  beradi, 
umuminsoniy  g‗oyalarning  ustuvor  bо‗lishini,  shaxsiy  manfaatlarni  tо‗g‗ri  anglab 
olishni osonlashtiradi. 
 
Aksincha, milliy munosabatlarga ziyraklik va noziklik bilan yondoshmaslik, 
umummilliy  tamoyillarga  biroz  e‘tiborsizlik  ham  tinchlik  va  barqarorlikka  salbiy 
ta‘sir kо‗rsatishi mumkin. 
Millatlararo  hamjihatlik  qaror  topmasa,  tajovuzkor  millatchilik  va 
shovinizmning halokatli g‗oyalari tarqalishi uchun qulay vaziyat yaratiladi. Milliy 
istiqlol  g‗oyasining  amal  qilishiga,  kishilar  qalbi  va  ongiga  singdirilishiga  jiddiy 
zarar  yetkazadi.  Shuni  hisobga  olib,  mamlakatimizda  bu  muammo  ilmiy  xolisona 


hal  qilinmoqda.  Millatlar  о‗rtasida  mojarolarga  yо‗l  qо‗ymaslik  uchun:    etnik 
siyosatda shaxs huquqlari himoya qilinishining ustuvor bо‗lishini, mamlakatlararo 
ziddiyatlarni amaliy tarzda hal qiladigan usullarga asoslanishi bosh yо‗limiz 
ekanligiga,  bozor  munosabatlarini  iqtisodiy  taraqqiyotda  barcha  millatlarga 
mansub aholining manfaatlariga mos kelishiga, har bir millat madaniyati, tili, urf-
odat  va  an‘analari,  madaniy  merosini  rivojalantirib  berishlariga  alohida  ahamiyat 
berilmoqda.  
Turli  millat  vakillarining  badiiy,  ijodiy  tadbirlari,  kо‗rgazmalari,  bir 
tomondan,  ayni  millatning  О‗zbekiston    fuqarosi  sifatida  о‗z  о‗rni  borligini 
kо‗rsatsa,  ikkinchi  tomondan,  shu  zaminda  yashovchi  barcha  millatlarning 
О‗zbekiston  xalqi  -  О‗zbekiston  fuqarosi  ekanligini  namoyon  etuvchi, 
mustahkamlovchi milliy g‗oya atrofida birlashuviga olib boradi. 
Bashariyat tushunchasi rango-rang millatlar va elatlar, shuningdek, turli din 
va irqqa  mansub  insonlarni  о‗ziga qamrab oladi.  Demak,  har bir  inson bashariyat 
va  ayni  vaqtda  о‗z  xalqi  о‗z  Vatanining  farzandi  hamdir.  xar  bir  kishida  о‗z 
xalqining tili, ruhiyati, an‘analari, qadriyatlari barq urib turadi. 
 
Milliy  istiqlol  g‗oyasi  о‗z  mazmun-mohiyatiga  kо‗ra  barcha  millatlarning 
umumiy  manfaatlarini  rо‗yobga  chiqaradi.  Mamlakatda  fuqarolararo  va 
millatlararo totuvlik va ijtimoiy barqarorlik muhitini ta‘minlashga xizmat qiladi. 
Zotan,  har  qanday  polietnik  davlatda  turli  millatlar  о‗rtasidagi  munosabatlar 
davlat va jamiyat taraqqiyotiga zamin yaratuvchi omillardan hisoblanadi. 
Yer  yuzida 6,5  milliardga  yaqin  aholi, 3 mingga  yaqin  millat mavjud.  Ular 
о‗z qatorida insoniyatning о‗rta hisob bilan 96 foizini birlashtiradi. 4 foizi elatlar 
va  qabilalardir.  Har  bir  millatning  soni  10  mingdan  bir  necha  yuz  minggacha 
boradi. Millatlar son jihatidan 5 ta guruhga bо‗linadi:  
1. Buyuk millatlar: aholisi har biri 100 milliondan ortiq songa ega.  
2. Katta millatlar: aholisi 50-100 million atrofida.  
3. Yirik millatlar: aholisi 10-50 million atrofida (О‗zbekiston ham) 
4. О‗rta sonli  millatlar: aholisi 1-10 million atrofida.  
5. Kichik millatlar: aholisi har biri bir necha mingdan 1 milliongacha. 
Sayyoramizda  1600  dan  ortiq  etnik  guruh  yashaydi.  Ammo  ularning 
kо‗pchiligi  о‗z  milliy  davlatchiligiga  ega  emas.  Dunyo  siyosiy  xaritasida  200  ga  
yaqin davlatlar bо‗lib, ular 2 turga: 1) polietnik (kо‗p elatli) va 2)  monoetnik (bir 
elatli) davlatlarga bо‗linadi. О‗zbekiston kо‗p millatli, polietnik davlatdir.  
Yer  yuzidagi  1600  dan  ortiq  millatdan  bor-yо‗g‗i  200  ga  yaqini  о‗z  dav-
latchiligiga  ega,  xolos.  Bunday  sharoitda  butun  dunyoda  milatlararo  totuv-likni 
ta‘minlash  uchun  ularning  manfaatlari,  ruhiyati,  intilishlarini  muntazam  о‗rganib 
borish, siyosiy-ijtimoiy hayotda buni doimo e‘tiborga olish zarur. 
  Har  qanday  millatning  taraqqiyoti  jamiyatdagi  yoshlar    qatlamining    milliy 
g‗oya    va    qadriyatlarga    munosabati,    uning  yoshlar  ongiga  qanday  ta‘sir 
etayotganligiga  hamda  amaliy  faoliyatlariga  qanday  tarzda  tayanishlariga  bog‗liq. 
Yoshlar  respublikamiz  aholisining  yarmidan  kо‗pini  tashkil  etadi.  Shuningdek, 
yoshlarning milliy g‗oyani anglashi, ishonch va e‘tiqodiga aylanishi, qanday yangi 
qadriyatlar  shakllantirilganligi  bilan  ham  bog‗liq  bо‗ladi.  Shu  bois  ham  komil 


inson  tarbiyasi  azaldan  Sharqda    muhim  masala  hisoblangan  va  bugungi  kunda 
ham  dolzarblik ahamiyat kasb etadi. 
 Shu  о‗rinda  О‗zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2004  yil  25  maydagi 
«О‗zbekiston  xotin-qizlar  qо‗mitasi  faoliyatini  qо‗llab-quvvatlash  borasidagi 
qо‗shiimcha  chora-tadbirlar  tо‗g‗risida»gi  Farmoni  va  21  iyun  kuni  Oqsaroyda 
ushbu Farmonda belgilangan vazifalarni hal etish yо‗llariga bag‗ishlangan majlisla 
ta‘kidlanganidek,  «Yoshlar  о‗rtasida  diniy  ekstremizm,  aqidaparastlik, 
giyohvandlik  kabi  illatlarning  oldini  olishda,  farzandlarimizni  bunday  balo-
qazolardan  asrash  uchun  kurashda,  doimo  sezgir  va  ogoh  bо‗lib  yashashda 
hokimliklar,  vazirlik  va  idoralar,  xususan,  Oliy  va  о‗rta  maxsus,  xalq  ta‘limi 
vazirliklari,  Din  ishlari  bо‗yicha  qо‗mita,  «Kamolot»  yoshlar  ijtimoiy  harakati, 
«Oila» markazi, keng jamoatchilik, barchamiz ma‘sulmiz»
1

Shuning  uchun  yoshlar  tarbiyasi  va  bu  tarbiya  zaminida  ularning 
ma‘naviyatini  harakatga  keltiruvchi  mustaqillik  g‗oyalari,  milliy  qadriyatlarni 
asrab-avaylash  va  rivojlantirish  tuyg‗usi,  Vatan  istiqboli  yо‗lida  halol  va  pok 
mehnat qilish singari milliy mafkuraning о‗zak tomirlarini singdirish yotadi. 
Mustaqillik  davri  yoshlari  ana  shunday  xalqimizning  XXI  asrdagi  buyuk 
bunyodkorlik  ishlariga  о‗zlarini  safarbar  aylaydigan  fidoyi  inson  bо‗lib 
yetishayotganini  hayotning  о‗zi  isbotlab  bermoqda.  Ular  umuminsoniy 
qadriyatlarni  ijodiy  о‗rganib,  zamonamizga  tatbiq  etgan  holda,  milliy  о‗ziga 
xosligimizni,  asrlar  sinovidan  о‗tgan  an‘analarimizni,  hamisha  imon-e‘tiqod bilan 
yashash  singari  hayotiy  tamoyillarimizni  ham  saqlab,  yuksaltirib  borgan  holda 
bunday sharafli ishlarni bajarishga harakat qilmoqdalar. 
Bugun  yoshlar  mustaqillik  tufayli  «or»,  «andisha»,  «nomus»,  «vijdon», 
«insof», «g‗urur» kabi tushunchalarning haqiqiy ma‘nosini anglab yetmoqdalar. 
 

Download 1.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling