Ta‟lim texnologiyalari


Download 1.96 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/101
Sana05.01.2022
Hajmi1.96 Mb.
#228249
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   101
Bog'liq
'МАЪРУЗА

 
3-masalaning  bayoni:  Biz  barpo  etayotgan  yangi  jamiyatda 
shakllanayotgan    milliy  g‗oyaning  mohiyati  yuksak  ma‘naviy  va  axloqiy 
qadriyatlarga tayanish va ularni rivojlantirishga katta e‘tibor qaratishdan iboratdir. 
Bu  jarayon  milliy  g‗oyaga  tayanib    о‗sib  kelayotgan  yosh  avlodni  vatanparvarlik 
ruhida  tarbiyalashga  asoslanadi.  Bugun  yoshlar  bilan  kо‗proq  ish  olib  borishimiz 
zarur.  Chunki  О‗zbekiston  yoshlar  mamlakati.  Zero,  oldingi  darslarimizda  
ta‘kidlab о‗tganimizdek,  mamlakatimiz aholisining 60 foizdan kо‗prog‗ini yoshlar 
tashkil  etadi  va  О‗zbekiston  aholisining  о‗rtacha  yosh  kо‗rsatkichi  24  yoshni 
tashkil  etadi.   Shu boisdan ham  g‗oyaviy  ishlarni  yanada  jonlantirish  eng dolzarb 
vazifa bо‗lishi lozim. Aslida, milliy g‗oyaning ikki tomoni - uning amaliy falsafasi 
va  kurash  yо‗llari  va  vositalari  bir-biriga  tamomila    mos  ravishda  ishlab 
chiqilgandagina, u kelajak  yо‗lning  asl haqiqatini о‗zida  ifodalagan  amaliy  milliy 
g‗oyaga aylanadi. 
Tabiiy  savol  tug‗iladi:    milliy  g‗oyaning  mohiyati  nimadan  iborat  va  u 
qanday  amalga  oshirilishi  kerak  yoki  yoshlarimiz  ongi  va  tafakkurida  qanday 
shakllantirilishi  lozim?  Bu  savolga  aniq  javobni    Prezident  Islom  Karimovning 
«Fidokor» gazetasi muxbiri savollariga bergan javoblaridan olamiz. Amaliy milliy 
                                                                 
1
 Хотин-қизлар қўмиталари аѐллар манфаатини ҳақиқий ифодачиси ва ҳимоячисига айланиши керак. «Халқ 
сўзи», 2004 йил 23 июнь. 


g‗oyaning  mohiyati  va  tadbiq  qilish  «yо‗li  –  odamlarimiz,  avvalambor 
yoshlarimizning iymon-e‘tiqodini mustahkamlash, irodasini baquvvat qilish, ularni 
о‗z  mustaqil  fikriga  ega  bо‗lgan  barkamol  insonlar  etib  tarbiyalash.  Ularning 
tafakkurida  о‗zligini  unutmaslik,  ota-bobolarimizning  muqaddas  qadriyatlarini 
asrab-avaylash  va  hurmat  qilish  fazilatini  qaror  toptirish.    Ularning  men  о‗zbek 
farzandiman, deb g‗urur va iftixor bilan yashashiga erishishdir».
1
 
Har  bir bola о‗ziga  xos  iktidor  egasi.  Faqat bu iste‘dod  о‗z vaqtida  avvalo, 
ota-ona,  murabbiy  hamda  о‗qituvchi  tomonidan  ilg‗ab,  uning  rivojlanishi  uchun 
zarur sharoit yaratilsa bas. Zotan, о‗zi qiziqqan fan yoki sohasi bо‗yicha ilm yoxud 
xunar sirlarini о‗rganayotgan о‗quvchining eng avvalo, о‗zida intilish bо‗ladi. Bu 
izlanish  esa  bolani  bо‗sh  vaqt  topdi  deguncha,  о‗z  ustida  ishlashga  undaydi, 
Mustaqil shug‗ullanish-bu ijod demakdir. U har kimdan mustaqil fikrlash, doimiy 
о‗qib-о‗rganishni  talab  etadi.  G‗arb  faylasuflaridan  biri  Bernard  Shou  aytadi: 
Bilimga eltuvchi yagona yо‗l-bu faoliyatdir. 
Darvoqe  ,bir  maqsad  sari  intilish  muvaffaqiyatga  eltadi.  Shu  bois  bugun 
katta  hayotga  endi  tetapoya  qilayotgan  farzandlarimizning  iqtidorlarini 
yoshlikdanoq    aniklash,  ularni  о‗z  qiziqish  va  iqtidorlariga  qarab  biror  kasbga 
yо‗naltirish,  takomillashtirish  katta  ahamiyatga  ega.  Shu  bois    ta‘lim 
muassasalaridagi о‗quv jarayoni bilan bir qatorda tarbiya jarayonini ham munosib 
tarzda olib borish davrimiz taqozosidir. 
Xulosa sifatida  aytish  mumkinki,  mustaqillik  yillarida  shakllangan  yangi  fan 
bо‗lmish  milliy    g‗oya  –  O‗zbekiston  taraqqiyoti  va  mustaqillikni 
mustahkamlashning mafkuraviy tamoyillar to‗g‗risidagi yaxlit nazariyadir. Bu fan 
qayerda    va  qachon  о‗qitilishidan  qat‘iy  nazar  biz  uchun  fuqarolarimizda 
vatanparvarlik  ruhini  rivojlantiruvchi  eng  asosiy  omil  bо‗lib  qolaveradi.  Zero,  
―Milliy  g‗oya  va  istiqlol  mafkurasi  haqida  gap  borar  ekan,  biz  nihoyatda  keng 
qamrovli,  murakkab,  serqirra,  insoniyat  tarixida  aniq  va  mukammal  ifodasi,  tugal 
namunasi  hali-hanuz  yaratilmagan  tushunchalarni  о‗zimizga  tasavvur  qilishimiz 
kerak,  deb  о‗ylayman.  Bu  tushunchalar  Vatan  ravnaqi,  yurt  tinchligi,  xalq 
farovonligi  kabi  yuksak  g‗oyalarning  ma‘no-mazmunini  teran  anglab  yetishga 
xizmat qiladi,‖
4
 – deydi yurtboshimiz Islom Karimov 
Bu  fan  ozod  va  obod  Vatan,  erkin  va  farovon  hayot  barpo  etayotgan 
xalqimizning  maqsad-muddaolari  va  orzu-intilishlarini,  bir  sо‗z  bilan  aytganda, 
jamiyatimizning  shakllanib  kelayotgan  milliy  g‗oyaning  asosiy  tushuncha  va 
tamoyillarini  о‗rgatadi.  Hozirgi  murakkab  sharoitda  xalqimiz,  avvalo,  о‗sib-unib 
kelayotgan  yosh  avlodimiz  ongi  va  qalbida  mafkuraviy  immunitet  hosil  qilish 
muhim  ahamiyatga  ega.  Bu  ishni  bamisoli  yosh  niholga  mevali  daraxt  kurtagini 
payvand  qiladigan  usta  bog‗bondek  noziklik  va  mehr  bilan,  oqilona  yо‗l  bilan 
amalga  oshirish  lozim.  Magistratura  bosqichida  ta‘lim  olayotgan  magistrantlargi 
ushbu  fanni  о‗tilishidan  kо‗zlangan  maqsadlardan  biri  esa  ularning  avvalgi 
bilimlarini  mustahkamlash  va  ular  orqali  milliy  g‗oyani  yosh  avlod  ongiga 
singdirish  dan  iborat    deb  bilamiz.  Chunki  ―Xalqni  buyuk  kelajak  va  ulug‗vor 
                                                                 
1
 «Фидокор» газетаси 2000 йил
 
4
 И.А.Каримов. ―Миллий истиқлол ғояси: асосий тушунча ва тамойиллар‖ рисоласидаги сўзбошидан. Т.9. -
Т.: «Ўзбекистон», 2001. – 221-222-бетлар. 


maqsadlar  sari  birlashtirish,  mamlakatimizda  yashaydigan,  millati,  tili  va  dinidan 
qat‘i nazar, har bir fuqaroning yagona Vatan baxt-saodati uchun doimo mas‘uliyat 
sezib  yashashiga  chorlash,  ajdodlarimizning  bebaho  merosi,  milliy  qadriyat  va 
an‘analarimizga  munosib  bо‗lishiga  erishish,  yuksak  fazilatli  va  komil  insonlarni 
tarbiyalash, ularni yaratuvchilik ishlariga da‘vat qilish, shu muqaddas zamin uchun 
fidoyilikni  hayot  mezoniga  aylantirish  –  milliy  istiqlol  mafkurasining  bosh 
maqsadidir‖
5

Milliy  istiqlol  g‗oyasini  о‗rganishni  taqoza  etadigan  umumiy  va  о‗ziga  xos 
qonuniyatlar  mavjud.  Umumiy  qonuniyatlar  turli  xalqlar,  mamlakatlar,  jamiyatlar 
hayotida  amal  qiladigan  umumiy  asosga  ega  bо‗lgan  ichki  zaruriy  bog‗lanishlar 
bо‗lib,  u  jamiyat  va  mafkuralar  (g‗oyalar)  ning  bir-birlari  bilan  uzviy  bog‗liqligi 
qonunidir.  Jamiyat  mafkurasiz,  maqsadsiz  yashay  olmaydi.  Demak,  birinchidan 
mafkura  har  qanday  jamiyat  hayotida  zarur.  Mafkura  bо‗lmasa,  odam,  jamiyat, 
davlat о‗z yо‗lini yо‗qotishi muqarrar. Ikkinchidan, qayerdaki mafkuraviy bо‗shliq 
vujudga  kelsa,  о‗sha  yerda  begona  mafkura  hukmronlik  qilishi  ham  tayin.  Buni 
isboti  uchun  xoh  tarixdan,  xoh  zamonamizdan  kо‗plab  misollar  keltirish  qiyin 
emas.
1
 U jamiyat oldidagi maqsadlar, uni amalga oshirish vositalaridir.  
Milliy  istiqlol  g‗oyasiningtushunchalari  bilan  bir  qatorda  uning  namoyon 
bо‗lish qonunlari ham mavjud. 
 

Download 1.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling