Ta‟lim texnologiyalari


Download 1.96 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/101
Sana05.01.2022
Hajmi1.96 Mb.
#228249
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   101
Bog'liq
'МАЪРУЗА

3-masalaning  bayoni:  Etnomadaniyat  faniga  oid  tushuncha  va  tamoyillar  
to‗g‗risida talabalarga  zamonaviy  talablar  asosida  har  taraflama  chuqur  bilim 
berish  bilan  birga  ularning  umuminsoniy  dunyoqarashlarini  shakllantirish  muhim 
ahamiyat kasb etadi.  
Etnomadaniyat  fani orqali yosh avlodni milli y va umuminsoniy qadriyatlar 
ruhida  tarbiyalash  masalasi    Prezidentimiz  Islom  Karimovning  asarlarida  har 
tomonlama  ochib  berilgan.  Ammo,  Prezidentimiz  tomonidan  ishlab  chiqilgan 
konseptual  g‗oyalar  asosida  mazkur  mavzuni  mustaqil  tadqiqot  sifatida 
fundamental tarzida respublikamiz olimlari kam о‗rganganlar. 
Ayni  paytda  etnomadaniyat  va  milliy  mentalitet  uyg‗un  holatda  emas  balki 
har biri alohida ma‘lum darajada о‗rganilib kelinmoqda. 
Mazkur  masalani  о‗rganib  kelayotgan  tadqiqotchilarni  shartli  ravishda  uch 
guruhga  bо‗lish  mumkin.  Birinchi  guruhga  etnomadaniyatning  turli  tarmoqlarini 
ijtimoiy-falsafiy  va  sotsiologik  jihatdan  о‗rganib  kelayotgan,  F.R.Abduraxmonov, 
A.Ashirov,  Q.B.Bо‗ronov,  M.B.  Bekmurodov,  SH.Valiyev,  SH.Gayupova, 
U.X.Qoraboyev,  I.Karimov,  V.Qо‗chqorov,  N.Mamanazarov,  A.S.Ochildiyev, 
S.Otamuratov,  I.S.Saifnazarov,  J.T.Tо‗lanov,  F.Turg‗unov,  Q.X.Xanazarov, 
S.SH.Shermuhamedov, E.Y.Yusupov va boshqalarni kiritish mumkin. 
Jumladan,  F.R.Abdurahmonov  mamlakatimiz  о‗z  mustaqilligini  qо‗lga 
kiritgandan keyin millatimiz ongida milliy manfaatlarning shakllanish jarayonlari, 
milliy ma‘naviy tiklanishda sodir bо‗layotgan ijobiy о‗zgarishlarni va shu jarayon 
bilan bog‗liq bо‗lgan masalalarni kо‗rsatib bergan
7
 A.Ashirov о‗zining maqolasida 
oilaviy  marosimlarining  ba‘zi  falsafiy-axloqiy  jihatlarini  ochib  berishga  harakat 
qilgan
8
  .  U  asosiy  e‘tiborni  о‗zbeklarning  an‘anaviy  oilaviy  marosimlaridan  bola 
tug‗ilishi va tarbiyasiga oid masalalarni etnografik jihatdan tahlil qilishga qaratgan. 
                                                                 
7
 Qarang: Abduraxmonov F.R. Mustaqillik va milliy manfaatlar. - Toshkent: Fan, 1994;  
8
 Ashirov A. Oilaviy marosimlarning ba‘zi falsafiy-ahloqiy masalalari // Falsafa va huquq. – Toshkent: 2006. - № 3. 
– B. 49-51; 


Uning fikricha, oilaviy marosimlarga kiruvchi-tug‗ilish, nikoh va о‗lim bilan 
bog‗liq marosimlarda zanjiriy tarzdagi bog‗lanish aks etganligini kuzatish 
mumkin. 
SH.Gayupova ―Mentalitet‖ni falsafa sohasida о‗rganilishining umumnazariy 
asoslarini  tahlil  qilishga  harakat  qilgan
9
.  Prof.Q.B.Bо‗ronov  о‗z  monografiyasida 
keng  ma‘noda  о‗zbek  milliy  ma‘naviyatining  ildizlarini  ochib  bergan.  Uning 
fikricha,  ―ma‘naviyat  doimo  harakatda,  о‗sish  о‗zgarishda  rivojlanishda 
bо‗ladi...‖
10

Mamlakatimizda  mentalitet  va  о‗zbek  milliy  mentalitetining  о‗ziga  xos 
jihatlari,  uning  takomillashuv  jarayonlarini  birinchilardan  bо‗lib  sotsiolog  olim 
professor  M.B.  Bekmurodov  ochib  bergan.  U  asosiy  e‘tiborini  о‗zbek 
mentalitetidagi  jamoviylik  xususiyatiga  qaratgan
11
.  Shuning  bilan  birga  u  bozor 
munosabatlari  shakllanayotgan  bir  paytda  yuzaga  kelayotgan  ayrim  salbiy  xatti-
harakatlarni  ham  aniq  misollarda  kо‗rsatib  bergan.  U.О‗tanova  о‗z  maqolasida 
etnomadaniyatni  an‘anaviy  xalq  madaniyati  tarzida  tahlil  qilgan  va  uning  asosiy 
xususiyati  sifatida  ―muqimligi  va  innovatsiyaga  (yangilikka)  moyilligidir‖
12
,  - 
degan fikrni ilgari surgan. 
Mavzuimizga 
yaqin 
bо‗lgan  etnomadaniyat  masalalarining  yirik 
mutaxassisi, 
prof. 
U.H.Qoraboyev, 
о‗zining 
о‗quv 
qо‗llanmasida 
etnomadaniyatning  nazariy  asoslari,  etnik  madaniyatning  sohalari  va  uning 
negizlarini  kо‗rsatib  bergan.  U  о‗zining  ―О‗zbek  xalqi  bayramlari‖  asarida 
fundamental  tarzda  milliy  bayramlarimizning  shakllanishi,  uning  evolyusiyasi  va 
shakllarini ilmiy asoslab bergan
13

Xulosa  qilib  quydagilarni  aytish  mumkin: Etnomadaniyat  fani  asoslariga 
kirish 
jarayonida,-fanning 
tarixiy 

ilmiy 
moxiyatini 
o‘rganish; 
        -universitetda  o‘tiladigan  barcha  ijtimoiy  hamda  insonshunoslik  fanlarni 
o‘zlashtirishni  takomillashtirish;        -fanning  nazariy  hamda  amaliy  bo‘limlarini 
mukammal  o‘rganish;        -bo‘lg‘usi  mutaxassis  kadrlarning  ma‘naviy  dunyosini 
shakllantirish, ma‘naviy – ma‘rifiy faoliyatni yuzaga chiqarishning omillarini ilmiy 
jihatdan  tadqiq  yetish;        -yuksak  e‘tiqodga  munosib  qilib  tarbiyalash; 
        -  o‘tmish  ajdodlarimizning  ravnaq  togan  tarixiy  merosini  mukammal 
o‘rganishga qaratilgandir. 
―Etnomadaniyat‖  faniga  oid  bilimlarni  berishda      о‗qituvchi  pedagogik 
tamoyillardan,  dars  berish  usullaridan  unumli  foydalanishi,  dars  berish 
tamoyillariga  amal  qilishi  zarur.  Ma‘lumki,  pedagogik  texnologiyalarning  asosiy 
vazifasi  –  о‗qitish  jarayonining  maqsadlarini  amalga  oshirish  va  shaxsni  har 
tomonlama  rivojlantirishidir.  Bu  esa  nafaqat  ta‘lim  jarayonining  mazmunan 
yangilanishiga,  balkim,  pedagogik  jarayonning  asosiy  boshqaruvchisi  bо‗lgan 
                                                                 
9
  Gayupova  SH.  Mentalitetning  ijtimoiy-falsafa  sohasida  o‗rganilishining  nazariy  asoslari.-Falsafa  sohasida 
o‗rganilishining nazariy asoslari // Falsafa va huquq, – Toshkent: 2005, №3. – B. 15-19; 
10
 Bo‗ronovQ.B. Xalqimiz ma‘naviyati va ma‘rifatining teran ildizlari. - Toshkent: Fan, 2003; 
11
 Bekmurodov M.B.O‗zbek mentaliteti. – Toshkent: 2004.; Mamanazarov N. Mustaqillik va milliy-etnik jihatlari. – 
Toshkent:  2004;  Karimov  I.  Millat  sha‘ni.  -  Toshkent:  Yangi  asr  avlodi,  2005;  Qo‗chqorov  V.  Milliy  o‗zlikni 
anglash va ijtimoiy-siyosiy jarayonlar. - Toshkent: Akademiya, 2007; 
12
 O‗tanova U. Etnomadaniyatning yashovchanlik siri // Tafakkur. – Toshkent: 2006, №3. – B. 122-123; 
13
 Qoraboyev U.X. О‗zbek xalqi bayramlari. - Toshkent: Sharq, 2002; Shu muallifniki. Etnokultura. (traditsionnaya 
narodnaya kultura). - Toshkent: Sharq, 2005; 


о‗qituvchi shaxsi, uning boshqaruv mazmuni va harakat yо‗nalishiga ham sezilarli 
о‗zgartirishlar  kiritishni  talab  etadi.  Shuningdek,  innovatsion  о‗qitishda  bilimlar 
vazifasi  ham  о‗zgarib,  ya‘ni,  avvalgi  doimiy  yod  olishdan  mantiqiy  fikrlash, 
izlanishga  о‗tiladi.  Bunday  faoliyat  ta‘lim  oluvchi  faoliyatidagi  ijodkorlikni 
rivojlantiradi.  U  о‗z  tengdoshlari  va  о‗qituvchisi  bilan  о‗zaro  faol  «subyekt-
subyekt» munosabatlariga kirishadi.  
Shu  sababdan,  mazkur  jarayonda  о‗qituvchi  nafaqat  bilim  beruvchi,  axborot 
tashuvchi  sifatidagina  emas,  balki  bо‗lajak  mutaxassis  shaxsini  shakllantirish  va 
rivojlantirishga yordam beruvchi boshqaruvchi sifatida namoyon bо‗ladi. Natijada 
о‗qituvchining  о‗quvchiga  ta‘sir  etish  va  boshqarish  xarakteri  ham  о‗z-о‗zidan 
о‗zgaradi. Bunday о‗qitishni amalga oshirish esa ta‘limni tashkil etishning shakl va 
metodlariga  nisbatan  xam  yangicha  о‗zgartirishlar  kiritish  bilan  belgilanadi.  Shu 
о‗rinda dars berish usullarining о‗ziga ham tо‗xtalib о‗tish maqsadga muvofiq. 
Dars  berish  usullari  —  ta‘lim  beruvchining  faoliyatini  tashkillashtirish 
vositasidir,  о‗qish  usullari  esa,  ta‘lim  oluvchining  faoliyatini  tashkil  qilish 
vositasidir. 
Usullar tizimi, ya‘ni, о‗quvchi va о‗qituvchining birgalikdagi ish faoliyatini 
tashkil qilish usullari quyidagi belgilari bо‗yicha bir necha  guruhlarga bо‗linadi: 
Ta‘lim berish tamoyili - bu ta‘lim berish nazariyasining asos qilib olinadigan 
qoidalari  bо‗lib,  bunda    о‗qituvchilar  о‗quv-tarbiyaviy  ishlar  jarayonini  tashkil 
etish  hamda  dars  berishda  ularga  amal  qilishlari  lozim.  Ta‘lim  berish 
nazariyasidagi  qoidalar  -  ta‘lim  berishning  didaktik  tamoyillari    bо‗lib,  bularga 
tarbiyaviy  о‗qitish,  о‗quv  materialining  ilmiy  jihatdan  tо‗g‗riligi,  о‗qitishning 
kо‗rgazmali  bо‗lishi,  о‗qitishni  amaliyot  -  ishlab  chiqarish  bilan  (aloqasi) 
bog‗langanligi,  ilmlarning  ongli  ravishda  о‗zlashtirilishi,  о‗quv  materialini 
tushuntirish  va  о‗rgatishning  izchilligi  va  muntazamligi,  о‗qitishning  sodda  va 
tushunarli  bо‗lishligi,  ijodiy  qobiliyatlarni  о‗stirish,  о‗quv  va  tarbyaiviy 
jarayonlarni  bozor  munosabatlari  qoidalari  asosida  tashkil  etish  (qurish),  bilimlar 
о‗zlashtirishdagi  puxtalik,  har  bir  о‗quvchiga  yakka  tartibda  yondoshish  kiradi. 
Tarbiyaviy  о‗qitish-bakalavrlar  tayyorlashdagi  yetakchi  tamoyil.    Bu  borada  fan 
о‗qituvchilarining vazifasi faqat о‗qitilayotgan fan sohasi tarixini bayon qilishdan 
iborat  bо‗lmay,  balki  fanning  har  bir  jabhada  erishgan  yutuqlarini  (ilg‗or  va 
qimmatli  tomonlarini)  kо‗rsatishdan  iboratdir.  Tarbiya  masalalari  har  qanday 
shakldagi  о‗quv  mashg‗ulotlarining  (ma‘ruza,  laboratoriya-amaliy  mashg‗ulot, 
maslahat,  ishlab  chiqarish  ta‘limi  va  amaliyoti,  reyting-imtihon)  asosini  tashkil 
qilishi  lozim.  Har  bir  dars  oldidan  sharq  mutafakkirlarining  ta‘lim-tarbiyaga  oid 
g‗oyalarini,  milliy  istiqlol  mafkurasining  ilmiy  asoslarini,  jamiyatimizning 
ma‘naviy  yangilanish  tamoyillarini  qiziqarli  suhbatlarda  qisqacha  tushuntirish 
maqsadga muvofiqdir. 
 Tabiiyki,  dars  jarayonida  va  darsdan  tashqari  holatlarda  о‗qituvchining 
ibratomuz  xatti-harakati  katta  rol  о‗ynaydi.  Ayniqsa,  interfaol  usullarni  qо‗lash 
jarayonida о‗qituvchidan juda katta mahorat, bilim va tajriba talab etiladi.  
 Interfaol  sо‗zi  inglizcha  sо‗z  bо‗lib,  «inter»  –  о‗zaro  va  «act»  –  harakat 
qilmoq  ma‘nolarini  bildirib,  ularning  umumiy  mazmuni  interfaol  –  ya‘ni  о‗zaro 
harakat  qilmoq  ma‘nosini  anglatadi
1
.  Bunday    о‗zaro  harakat  turlariga  о‗quvchi 


(о‗quvchi)  va  о‗qituvchining  maqsadli  harakatini  kiritish  mumkin.  Interfaol 
о‗qitishda  о‗qituvchi  о‗quv  faoliyatninig  faol  tashkilotchisi  bо‗lib,  о‗quvchi  bu 
faoliyatning  subyekti  sifatida  namoyon  bо‗ladi.  Interfaol  usullar  о‗quvchilardan 
axborotlarni  о‗zlashtirish  jarayonidagi  faollikni,  ijodkorlik,  mustaqillikni 
shakllantiribgina  qolmay,  о‗qitish  maqsadlarining  tо‗laqonli  amalga  oshishiga 
yordam beradi.  Bugungi kunda о‗qitish tizimidagi eng samarali interfaol о‗qitish 
metodlari va texnikalariga quyidagilarni kiritishimiz mumkin bо‗ladi: «Sinkveyn», 
«Klaster»,  «Charxpalak»,  «Aqliy  hujum»,  «Skrabey»,  «Ikki  qismli  kundalik», 
«Venn Diagrammasi», «Tushunchalar tahlili», «Debatlar», «6-3-5», «Akvarium», 
«Davra  suhbati»,  «Insert»,  «Assesment»,  «Fidbeyk»,  «Pinbord»,  «Juftliklarda 
ishlash», «Beshinchisi ortiqcha», «Chorraha» texnikasi v.h.k. 
 
 
 

Download 1.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling