Ta‟lim texnologiyalari


Download 1.96 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/101
Sana05.01.2022
Hajmi1.96 Mb.
#228249
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   101
Bog'liq
'МАЪРУЗА

2-masalaning  bayoni:  Xar  bir  xalqning  madaniyati  uning  milliy 
ma‘naviyati  hamda  ma‘rifati  bilan  uzviy  bog‘langan.  Mustaqil  davlatimizning 
bugungi kundagi ma‘naviy-madaniy taraqqiyoti isloxotlar davrida qo‘lga kiritilgan 
yutuqlarimizning  garovidir.  Vaxolanki,  biz  bu  tarixiy  ma‘naviy  va  madaniy 
yutuqlarni  har  tomonlama  tadqiq  va  tashviq  etish  uchun  etarlicha  shart-sharoit  va 
imkoniyatlarga egamiz. 
       Madaniyat iborasi arabcha Madina (shaxar, kent) so‘zidan kelib chiqqan 
ekan.  (Vatan  tuyg‘usi.  Toshkent,  "O‘zbekiston"  1996  y.  114-115b.b.)  Shahar 
ma‘nosida  kelgan  madaniyat  so‘zining  talqini  kishilar  xayotini  ikki  turdagi 
ko‘rinishi, ya‘ni ko‘chmanchi-dashtu-sahrolarda yashovchi xalqlar hamda shaharda 
yashab,  shaxarga  xos  turmush  tarzida  yashovchi  xalqlarga  nisbatan  ishlatilib 
kelingan. 
Madaniyat  tushunchasi  keng  ma‘noni  anglatib  jamiyat  va  inson  tarixiy 
tarqqiyotining  muayyan  bir  darajasi,  kishilar  xayoti  va  faoliyatining  turli 
ko‘rinishlarida,  shuningdek  ular  yaratgan  moddiy  va  ma‘naviy  boyliklarda 
ifodalanadi. 
Madaniyat  tushunchasi  muayyan  tarixiy  davrlar,  ijtimoiy-iqtisodiy 
formatsiyalar, masalan,  antik  madaniyat,  sotsialistik  madaniyat,  shuningdek  inson 
faoliyati yoki turmushining o‘ziga xos sohalari, masalan mehnat madaniyati, diniy 
madaniyat,  san‘at  madaniyati,  turmush  madaniyatini  izohlash  uchun  qo‘llanib 
kelinadi.  Agarda  bu  so‘zni  tor  ma‘noda  ishlatadigan  bo‘lsak  bu  atamani 
kishilarning faqat ma‘naviy hayoti sohasiga nisbatan mansubligini ko‘ramiz. 
 O‘rta  asr  madaniyatining  buyuk  namayondalari  Abu  Nasr  Muxammad  ibn 
Uzlug‘  Tarxon  Farobiy,  Abu  Ali  ibn  Sino,  Abu  Rayxon  Beruniy  va  boshqalar 
shahar turmush  tarzini  yetuklik shakli sifatida  ekanligini ochib  berganlar.  (Buyuk 
allomaning quyidagi fikrlarini yodlashga harakat qiling) 
Albatta  bunday  tamoyillar  faqat  demokratik  jamiyatdagina  o‘z  ifodasini 
topishiga biz mustaqillik yillarida tushunib etdik.  
        Hazrat  Navoiy  etuk  axloq  va  obro‘da,  odob  va  insoniy  fazilatlraga 
xoslikni,  ma‘rifatli  va  adolatli  jamiyat,  jamoa  masalasini  olg‘a  surish  bilan  birga, 


ma‘naviy  yuksaklikka  erishishning  asosiy  mezoni  deb  gumanistik  ideallarga 
muvofiqlikni tushungan va o‘z asarlarida bu ta‘limotni namoyish etib kelganlar. 
Tadqiqotlardan  ma‘lum  bo‘lishicha,  Markaziy  Osiyo  kishilik  jamiyatining 
eng qadimiy markazlaridan biri bo‘lib kelgan. Bunday baxolanish mezoni, albatta 
tarixiy  arxeologik,  poleontologik  xamda  antropologik  tekshiruvlar  natijalariga 
tayanadi. Ko‘plab qazilma hamda tekshiruvlar Markaziy Osiyo zaminining barcha 
hududlarida olib borilganligini bilamiz. Eramizdan million yillar burun bu zaminda 
kishilar yashab kelganligi ham isbotlangan.  
Tarixchi,  madaniyatshunos  olimlarning  fikrlariga  asoslanib  o‘tmishdagi 
ajdodlarimiz  madaniyati  ma‘lum  darajada  rivojlanib  o‘tgaligini  asos  deb  kabul 
kiladigan  bo‘lsak,  bu  madaniyat  rivojlanish  kurtaklarini  eng  qadimiy  poleolit 
davridan,  ya‘ni  Urta  Osiyoda  odam  zoti  paydo  bo‘la  boshlagan  -  500  ming  yil 
avvalgi  davrlarga  borib  yetadi.  Shu  bilan  bir  qatorda  bu  yarim  million  yil 
doirasidagi inson hayoti, madaniyati, rasm-rusm hamda  odatlarini urganish uchun 
xozirgi  kunimizda  yetarlicha  sharoitlarga  egamiz.  (U.Qoraboev.  "O‘zbekiston 
bayramlari", Toshkent, 1991 yil. 6-7-bb.) 
Miloddan  ilgarigi  I-ming  yilliklar  boshlarida,  ya‘ni  bundan  30-26  asrlar 
muqaddam  Markaziy  Osiyoda  o‘troq  dehqonchilik  rivoj  topishi,  ibtidoiy  jamiyat 
yemirila borib quldorlik tuzumining vujudga kelishi, Sug‘d, Xorazm, Baqtriya kabi 
davlatlarning  paydo  bo‘la  boshlashi,  yangi  diniy  karashlarning  shakllanishi 
natijasida  o‘sha  davrga  xos  bo‘lgan  turmush  tarzini  ifodalovchi  an‘ana,  rasm-
rusumlar, marosim va bayramona qadriyatlar yuzaga kelgan.  
Fargona  vodiysining  So‘x  tumanida  topilgan  Sulungur  g‘oridagi  ashyoi  - 
atiqalar, 
Anov 
va 
Namozgoh, 
Sopollitepa 
qazilmalarining 
namunalari 
ajdodlarimizning  qadimgi  makonlari  qanday  bo‘lganligi,  hayot  va  turmush  tarzi, 
ma‘naviy-madaniy  xususiyatlari  to‘grisida  ma‘lum  tasavvurlar  hosil  kilishga 
imkon beradi. 
Agarda  biz  tarix  zarvaraklarini  ochishga  e‘tiborimizni  beradigan  bo‘lsak, 
Markaziy Osiyoda istiqomad qilgan ajdodlarimiz - saklar, massagetlar, baqtriylar, 
sug‘diylar, xorazimiylar o‘zlari yashayotgan qadimgi viloyatlar, tumanlarni doimo 
asrashga,  bir-birlariga  yaqin  bo‘lishga  intilishgan.  /"O‘zbekiston  xalqlari  tarixi" 
Toshkent.,"FAN", 1-jild, 4-5-bb/" "… Dexqonchilik vohalarini o‘rab olgan dashtu-
adirlarda  yashovchi  chorvador  xalqlar  saklar  nomi  bilan  mashhur  bo‘lib, ularning 
voha  xalqlari  tili,  dini,  kelib  chiqish  ildizlari,  urf-odatlari  bir-biriga  yaqin,  ular 
tashki  dushmanga  birgalashib  kurashgan.  Qavm-qarindosh,  quda-anda  bo‘lib 
yashashgan,  bir  daryodan  suv  ichishgan,  birgalashib  O‘rta  Osiyoning  qadimgi 
madaniyatini yaratganlar" degan ma‘lumotga egamiz.  
Tarixdan  kishilik  jamiyati  taraqqiyoti  ko‘rsatdiki, insonlar  uchun  tirikchilik 
manbayi  tabiatdan  berilgan  in‘omlar  tashkil  etgan  bo‘lsa,  zamonlar  o‘tishi  bilan 
kishilarning tabiat xodisalariga nisbatan faol munosabatlari uning sirlarini xolisona 
o‘rganishga  bo‘lgan  qarashlari  ham  shakllana  borib  tabiatga  bo‘lgan  xis  va 
tuyg‘ulari  hamda  qadriyatlari  o‘sgan.  Natijada  tabiat  bergan  in‘om:  nozu-
ne‘matlarni qayta ishlashga harakat qilingan, undan kelgan daromad va ehtiyojga 
bo‘lgan munosabatlari sekin asta o‘zgarib borgan. Bu xol er ishlovi madaniyatini 
yanada  rivojlantirishga,  chorvachilik  va  boshqa  soxalarda  esa  yangicha  uslub 


xamda  usullardan  tulaligicha  foyda  ko‘rish  harakatiga  olib  kelgan.  Bunday  xol 
insonda  tabiatga  bo‘lgan  munosabatlarni  tubdan  o‘zgartirib uni  tabiatga  ma‘naviy 
munosabatda  bo‘lishga  majbur  etdi,  shu  bilan  birga  ijtimoiy-xo‘jalik 
madaniyatining  tarkib  topishiga  asos  solingan.Tarixdan  bizgacha  yetib  kelgan 
manbaalarda  ta‘kidlanishicha  kishilik  jamiyati  taraqqiyotida  davrlar  mavjudligini 
ko‘ramiz.  (Neolit  davri,  tosh  davri,  bronza  davri  va  xokazolar.)  Masalan  bronza 
davrlardan boshlab o‘troq dehqonchilikning vujudga kelishi va uni tez rivojlanishi 
natijasida  bahorda  mehnat  mavsumiga  kirishish,  kuzda  hosilni  yigib  olish  kabi 
tadbirlar yillar o‘tishi bilan an‘anaga aylana boshlagan. Ma‘lumki, dehqonlarning 
hayotida eng quvonchli voqea hosilni nes-nobud qilmay yig‘ib - terib olishdir. Yil 
boyi  kutilgan  bunday  jarayon,  tabiiyki,  dehqonlarda  o‘z  mehnatlariga  bo‘lgan 
munosabat  xamda  ko‘tarinkilik  ruxidagi  kayfiyatni  vujudga  keltirib,  "Hosil 

Download 1.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling